Yurak-qon tomir kasalliklari bugungi kunda dunyo bo‘yicha bevaqt o‘limga olib keluvchi eng asosiy sabablardan biri bo‘lib qolmoqda. Har yili 18 milliondan ortiq inson aynan shu kasalliklar sabab hayotdan ko‘z yumadi. Mutaxassislarning aytishicha, yurak kasalliklari yoshi tobora kichikroq bo‘lgan insonlarda ham keng tarqalmoqda.
Afsuski, ko‘pchilik insonlar organizmida paydo bo‘lgan muhim signallarga e’tibor qilmaydi yoki juda kech tushunib yetadi. Haqiqatda esa, yurak bilan bog‘liq muammolar faqatgina ko‘krak og‘rig‘i yoki nafas qisilishi bilan emas, balki kutilmagan hollarda va organizmning boshqa qismlarida ham yuzaga chiqishi mumkin. Amerika Dermatologiya akademiyasi olimlari yurak kasalliklari haqida avvaldan ogohlantiruvchi uchta noodatiy belgini aniqladi.
Barmoqlardagi qattiq va og‘riqli tugunchalar (Osler tugunlari)
Osler tugunlari deb ataluvchi bu alomat oyoq yoki qo‘l barmoqlari ustida paydo bo‘lishi mumkin. Ular kichik, qattiq va og‘riqli bo‘lib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi va ba’zida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Biroq bu alomatning paydo bo‘lishi organizmdagi jiddiy infeksion muammodan darak beradi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu holat ko‘pincha yurak ichki qavatining yallig‘lanishi — infeksion endokardit bilan bog‘liq bo‘lib chiqadi. Bunday vaziyatda, albatta, antibiotiklar bilan davolash talab etiladi. Agar davolanmasa, holat murakkablashib, hatto operatsiya zarurati ham yuzaga kelishi mumkin.
Oyoqlarning shishib ketishi
Yurak xastaligining yana bir jiddiy belgisi — oyoqlarning shishishi. Amerika Dermatologiya akademiyasi mutaxassislari bu holat yurakning noto‘g‘ri ishlashi natijasida qon va boshqa suyuqliklar organizmda to‘planib qolishidan kelib chiqishini ta’kidlamoqda. Yurak-qon tomir tizimidagi muammolar sababli paydo bo‘lgan shishlar asosan oyoq panjalari, to‘piqlar va oyoqlarning boshqa qismlarida ko‘zga tashlanadi. Bu turdagi shishlarning muntazam kuzatilishi vaziyatning jiddiyligidan ogohlantiruvchi belgidir va darhol shifokorga murojaat qilishni talab qiladi.
Barmoqlarning ko‘karib qolishi (sianoz)
Ba’zan barmoqlarning ko‘karishi shunchaki sovuq havo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, bu tabiiy hol. Ammo agar sovuq bo‘lmagan holatlarda ham barmoqlar ko‘k yoki binafsha tusga kiradigan bo‘lsa, bu juda jiddiy signal hisoblanadi. Bu alomat qon tarkibida kislorodning yetarli darajada emasligidan darak beradi. Olimlar bunday vaziyatni tibbiyotda “sianoz” deb atashadi va bu alomat qon aylanishi tizimidagi jiddiy muammolarni ko‘rsatadi. Agar sianoz o‘z vaqtida davolanmasa, bu teri ostidagi to‘qimalarning nobud bo‘lishigacha olib kelishi mumkin.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson o‘z organizmidagi shunday noodatiy belgilarni kuzatsa, bunga e’tiborsiz qaramasligi va shifokorga murojaat qilishi lozim. Chunki o‘z vaqtida diagnostika qilingan kasalliklarni davolash imkoniyati yuqori bo‘ladi.
Shunday ekan, yuqoridagi uchta belgidan biri yoki bir nechtasi paydo bo‘lganda zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak. Sog‘liqni saqlashda e’tiborli va ehtiyotkor bo‘lish o‘z vaqtida yordam olishning eng muhim kalitidir. Yuragingizni asrang, sog‘lom hayot tarziga amal qiling!
O‘xshash yangiliklar

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni

«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
Bugun, 21 may kuni Bilbaoda Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Angliyaning ikki jamoasi – «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» nufuz jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan yevrokubok uchun o‘zaro

Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda

Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda va aktrisa Manzura 21 fevral kuni 47 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan muvaffaqiyatga erishguniga qadar katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ijodkorning hayot yoʻllariga nazar