Bugun
AQSh va Britaniya Ukrainada rahbarlarni almashtirmoqchi
+34°
ясно ветер 3.1 м/с, Ю

O‘zbekistonda Xitoyning Temu marketpleysi bloklanadimi?

Iqtisodiyot
206
O‘zbekistonda Xitoyning Temu marketpleysi bloklanadimi?
Foto: SOPA Images/LightRocket via Getty Images
O‘zbekistonda Xitoyning Temu marketpleysi faoliyati to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda 27 fevral kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi elektron tijorat bo‘limi boshlig‘i Kamronbek Muhammadiyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Spot.

2025 yilning 1 iyulidan O‘zbekistonda xalqaro platformalar uchun yangi qoidalar, jumladan, bildirishnomalar reyestri va elektron tijorat subyektlarining maxsus reyestri kuchga kiradi. 2024 yil 28 dekabrdan kuchga kirgan tartibga ko‘ra, elektron tijorat operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari faoliyat yurita oladi.

Kamronbek Muhammadiyev Temu'ning xorijda yangi bozorlarga chiqish uchun agressiv marketing strategiyasini qayd etgan. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Xitoy bozori marketing va narxlarni tushirish uchun 4 milliard dollar sarflagan, bu yil ularning xarajatlari 10 milliard dollarga yetishi mumkin.

“Biz ularning huquq va qonuniy tadbirkorlik manfaatlari himoyasini ta’minlashga va O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelishiga yordam berishga tayyormiz, biroq ular murojaat qilishlari kerak. Temu tomonidan hali bunday [qiziqish] bo‘lmagan, ammo siljish bor. Bungacha shartlar bajarilmasa, ularning faoliyati to‘xtatilishini, hatto bloklash darajasida bo‘lishini aytgan edik”, – dedi Muxammadiyev.

Spot muxbiri ehtimoliy blokirovka sanasi haqida so‘raganida agentlik elektron tijorat bo‘limi boshlig‘i “bu tez orada bo‘ladi” deb javob bergan.

O‘z navbatida, agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak xorijiy marketpleyslarning “noqonuniy faoliyati” O‘zbekiston iqtisodiyotiga “zarar yetkazishi”ni ta’kidladi. Unga ko‘ra, mahalliy bozorga tovarlarni yetkazib berishda soliq va bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi, yuk tashish va to‘lov uchinchi tomon kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmaydi, shuningdek, valyutaning chiqib ketishi ham kuzatilmoqda. Birgina Temu sabab valyutaning chiqib ketishi hajmi 2024 yilda 10 million dollardan oshgan.

“Yoki ular O‘zbekistonga kelib, shu yerda shu’ba korxonasini ochadi yoki soliq idoralaridan ro‘yxatdan o‘tib, QQS to‘lovchiga aylanadi”, – deydi Pak.

Uning fikricha, respublikada xorijiy bozorlarning vakolatxonalari mavjud emasligi mahalliy iste’molchilarni nuqsonli tovarlarni qaytarish yoki shikoyat qilish imkoniyatidan mahrum etadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oxiridan buyon Temu mobil ilovasi O‘zbekistonda eng ommabop ilovalar qatoridan joy olgan.

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan xorijiy elektron savdo platformalarining faoliyati cheklanishiga oid Vazirlar Mahkamasi qarori esa 2025 yil boshida qabul qilingandi. Bu yerda gap faqat Temu'ga aloqador emas, balki AliExpress, Amazon va Ozon kabi boshqa qator marketpleyslar, Netflix va Spotify kabi striming servislari, Booking.com va Airbnb kabi buyurtma agregatorlarini O‘zbekistonda soliq to‘lashga majburlash haqida ketmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni
Dunyo 21:55, 2-03-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025