Bugun
Italiyada jamoat joylarida burqa taqiqi taklif qilindi
+15°
дымка ветер 2.1 м/с, СВ

Milliy gvardiyaning ikki xodimi firibgarlik jinoyati bilan ushlandi

Jamiyat
110
Milliy gvardiyaning ikki xodimi firibgarlik jinoyati bilan ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qonunbuzilish holatlari fosh etildi.

Jumladan, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi otryad komandiri katta leytenat T.A. 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali uning tanishini Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga M.Ulug‘bek tumanidagi «Ekobozor» savdo majmuasi avtoturargohida 5500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga qarashli sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari podpolkovnik A.R. xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, o‘zining vakolatli tanishlari yordamida uni Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatidagi qo‘riqlash bo‘linmalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Universal studiyasi Jeyson Born franshizasi huquqidan mahrum bo‘ldi
Universal studiyasi Jeyson Born franshizasi huquqidan mahrum bo‘ldi
Gollivudning eng mashhur franshizalaridan biri — Jeyson Born seriali bo‘yicha huquqlar endi Universal studiyasiga tegishli emas, deb xabar beradi The Hollywood Reporter. Franshiza taqdiri noma’lum,
Madaniyat 22:26, 21-03-2025
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health kompaniyasi bemorlar bilan muloqotni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu startap B seriyasi investitsiya
Texnologiya 17:37, 27-08-2025
Thomas Myuller Yevropada Rapid klubiga o‘tishi mumkin
Thomas Myuller Yevropada Rapid klubiga o‘tishi mumkin
Thomas Myuller uzoq yillar davomida "Bavariya" klubida o‘ynagach, jamoani tark etdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. So‘nggi paytlarda tajribali hujumchini matbuot MLS klublari
Sport 19:54, 11-07-2025
Toshkentda inspektorni haqorat qilgan erkak qamoqqa olindi
Toshkentda inspektorni haqorat qilgan erkak qamoqqa olindi
Toshkent shahrida 43 yoshli erkak Poytaxt Parking kompaniyasining eshitish va nutq qobiliyati cheklangan inspektorini haqorat qilgani uchun uch kunga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqida Upl.uz xabar
Jamiyat 08:07, 26-08-2025