Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 oktabr
+9°
небольшая облачность ветер 3.1 м/с, Ю

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi

Jamiyat
155

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi
Tojikistonning Xo‘jand shahridagi sammit madaniy dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xo‘jand qal’asiga tashrif buyurib, uning tarixi bilan tanishdi.

Qayd qilinishicha, bu noyob majmuaning qurilishi miloddan avvalgi IV-V asrlarga borib taqaladi. Arxeologik qazishmalar natijasida o‘sha davrda birinchi qal’a bunyod etilganligi aniqlangan.

1999 yilda qayta ta’mirlash ishlaridan so‘ng qal’a yonida 28 mingdan ortiq eksponatni o‘z ichiga olgan o‘lkashunoslik muzeyi ochildi.

So‘nggi restavratsiya ishlari jarayonida qal’a devorlari, arki va darvozalari qayta tiklandi, ma’muriy bino, hunarmandchilik do‘konlari qurildi, Xo‘jandning qadimiy hovlilari namunalari yaratildi.

Hududda tojik xalqi tarixi va madaniyatiga oid 5 ta ko‘rgazma zalidan iborat majmua barpo etilgan. 8 ta hovlida hunarmandlar xattotlik, rassomchilik, adras to‘qish, so‘zana tikish, tosh o‘ymakorligi, temirchilik va kulolchilik bilan shug‘ullanmoqda.

Davlat rahbarlari uch mamlakatning hunarmandchiligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va milliy taomlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirib, badiiy chiqishlarni tomosha qildi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga
Jamiyat 11:50, 31-03-2025
Tez yordamda Call-back tizimi joriy etildi
Tez yordamda Call-back tizimi joriy etildi
Sog‘liqni saqlash sohasida xizmat sifatini oshirish maqsadida O‘zbekistonda Respublika tez tibbiy yordam markazi barcha hududiy filiallarida Call-back (qayta qo‘ng‘iroq) tizimi joriy etildi. Bu
Oʻzbekiston 15:43, 23-07-2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi (foto)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9 may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
Jamiyat 16:41, 9-05-2025
Prezident Rahmon mustaqillik bayramida taqdirladi Ozodani
Prezident Rahmon mustaqillik bayramida taqdirladi Ozodani
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mustaqillik bayrami arafasida katta tadbirlar tashkil etdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. 25 avgust kuni Dushanbedagi “Millat” saroyida bo‘lib o‘tgan rasmiy
Dunyo 20:42, 26-08-2025
Bill Geyts 200 milliard dollar boyligini xayriyaga sarflaydi
Bill Geyts 200 milliard dollar boyligini xayriyaga sarflaydi
Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri, dunyo miqyosidagi eng mashhur milliarderlardan bo‘lgan Bill Geyts o‘z hayotidagi eng ulkan va muhim qarorlardan birini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kelasi 20
Dunyo 21:53, 8-05-2025