Bugun
Qoraqalpog‘istonda xazina topildi degan xabar rad etildi
+20°
пасмурно ветер 2.1 м/с, Ю

Buxoro shahrida 3 ta avtomobil yonib ketdi

Jamiyat
37

Buxoro shahrida 3 ta avtomobil yonib ketdi
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buxoro shahrida uchta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 12 may kuni soat 11:45 da «Fitrat» MFY, Mirakon ko‘chasida joylashgan avtoturargohda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga uchta yong‘in-qutqaruv avtoekipaji jalb qilingan va ular yong‘inni bartaraf etgan.

Hodisa oqibatida Lacetti, Captiva va Nexia-2 rusumli avtomobillari qisman yongan.

«Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi», — deyiladi xabarda.

Foto: Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar