
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025 yil 1 iyuldagi PQ-209-sonli qaror qabul qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Ushbu qaror Toshkent arxitektura-qurilish universitetining ta’lim tizimini samaradorligini oshirish hamda ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan integratsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi. Qaror haqida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Hujjatda arxitektura va qurilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning asoslari belgilangan. Universitetning samaradorlik mezonlari sifatida ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va ilmiy salohiyatni eksport qilish dasturi asosida 2028 yil oxirigacha universitet brendini shakllantirish hamda kamida 1000 nafar xorijiy talabani jalb qilish ko‘zda tutilgan.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish universiteti to‘liq duall ta’lim shakliga o‘tadi. Bu ta’lim kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib, o‘quv jarayoni qurilish sohasidagi korxonalar bilan yaqindan bog‘lanadi.
Birinchi kurs talabalari uchun 60 foiz nazariy ta’lim auditoriyada, 40 foiz amaliyot esa korxonalarda o‘tkaziladi. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi kurslarda esa nazariy ta’lim 40 foiz, amaliyot 60 foizni tashkil etadi.
Asosiy maqsadlardan biri Toshkent arxitektura-qurilish universitetini 2029 yilga borib QS va THE reytinglarida dunyoning eng yaxshi 1000 universiteti qatoriga kiritishdir. Keng ko‘lami islohotlar uchun kamida 10 million AQSh dollari investitsiya jalb qilinadi.
Ushbu mablag‘lar universitetning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, «Maktab – texnikum – universitet» uzluksiz ta’lim yo‘nalishi tashkil etiladi.
2025 yil 1 sentabrdan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Yunusobod tumani 250 va 273-maktablar biriktiriladi. 7-9-sinf o‘quvchilari uchun universitet laboratoriyalarida oyma-oy maxsus darslar o‘tkaziladi.
Bu darslarda geometriya, chizmachilik va fizika fanlari arxitektura, muhandislik hamda sun’iy intellekt texnologiyalariga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, profil texnikum va litsey talabalari ham kafedralarga biriktirilib, muntazam amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.
Ilmiy va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish maqsadida «Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik» ekotizimi joriy etiladi. Har yili talabalar va yosh olimlar o‘rtasida «20 ta eng yaxshi g‘oya» tanlovi o‘tkaziladi.
G‘oliblar loyihalarini universitetning zamonaviy laboratoriyalarida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadqiqot natijalari biznes vakillari ishtirokidagi ilmiy-texnik kengashda taqdim etiladi, savdo-sanoat palatasi esa ularni haqiqiy qurilish obyektlarida sinovdan o‘tkazadi.
Muvaffaqiyatli ishlab chiqarishga joriy etilgan ishlanmalar mualliflari sanoq bahosi asosida 35 bazaviy hisoblash miqdorida (taxminan 13,125 million so‘m) mukofotlanadi. Bundan tashqari, eng samarali loyihalar asosida Qurilish va kommunal xo‘jalik vazirligi amaldagi normativ hujjatlarni takomillashtirish huquqiga ega bo‘ladi.
Universitetda «yashil qurilish» fanlari va texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kengash tashkil etiladi. Uning faoliyati energiya tejamkor va ekologik toza qurilish materiallari hamda texnologiyalarini mintaqa sharoitlariga moslashtirish, shuningdek, shahar hududlarini obodonlashtirish standartlari va modellarini ishlab chiqishga qaratiladi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida boshqaruv va ta’lim jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi. Qog‘oz hujjatlar aylanmasi bekor qilinadi.
Ta’lim dasturlari va amaliyot samaradorligini baholashda sun’iy intellekt keng qo‘llaniladi. O‘qituvchilarning ish haqi tizimi ham avtomatlashtiriladi, bu esa faoliyat ko‘rsatkichlarini aniq tahlil qilish va inson omilini chetlab o‘tishni ta’minlaydi.
Shuningdek, 2025/