Bugun
Leonardo Spinazzola Italiya terma jamoasining mag‘lubiyatini tan oldi
+25°
облачно с прояснениями ветер 1.8 м/с, С

Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?

Oʻzbekiston
264
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod etdi.


Davlat rahbari xorijiy mamlakatlarda ona yurt mehri va sog‘inchi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham tabriklab, samimiy tilaklarini izhor etdi. Prezident nutqida yoshlar siyosatiga ham to‘xtalib, ular Yangi O‘zbekistonning ilg‘or va qudratli kuchiga aylanib borayotganini ta’kidladi. Ulkan natijalarga erishib, yurtimiz rivoji va obro‘sini oshirayotgan aql-idrokli, bilim va malakali, serg‘ayrat va ishbilarmon o‘g‘il-qizlarni sharafladi, bayramda ishtirok etayotgan elchilar va xalqaro tashkilotlar vakillarini xalqaro Navro‘z kuni bilan qutlab, ularning xalqlariga do‘stlik salomini yo‘lladi.


Bayram katta konsert dasturi bilan davom etdi. Unda mahalliy san’atkorlaridan tashqari Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qardosh o‘lkalarning taniqli xonandalari ham qatnashgani diqqatga sazovor bo‘ldi.


“Yangi O‘zbekiston” bog‘i bayram shukuhiga burkangan. Maydonchalar alvon gullar va bayroqlar bilan bezatilgan. Milliy madaniyat markazlarining ko‘rgazmalarida yurtimizdagi totuvlik va boy madaniy xilma-xillik namoyon. Prezident ushbu ko‘rgazmalarni va folklor-etnografik jamoalarning kuy-qo‘shiqlarini tomosha qildi.













O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
2026 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 767
Oʻzbekiston Bugun, 07:49
O'zbekistonda birinchi aprel ob-havosi: yomg'ir va issiq kutilmoqda
O'zbekistonda birinchi aprel ob-havosi: yomg'ir va issiq kutilmoqda
O'zgidromet xizmati birinchi aprel kuni O'zbekiston hududida kutilayotgan ob-havo sharoitlari haqida rasmiy ma'lumotlarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Toshkent
Oʻzbekiston Kecha, 21:39
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish rejalashtirilmoqda
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish rejalashtirilmoqda
Toshkent shahrida havo sifati yaxshilanishi va qurg'oqchilik muammosini hal etish maqsadida sun'iy yomg'ir yog'dirish usulini joriy etish bo'yicha aniq reja ishlab
Oʻzbekiston Kecha, 20:34
Global terrorizm indeksi bo'yicha Markaziy Osiyo xavfsizlik darajasi
Global terrorizm indeksi bo'yicha Markaziy Osiyo xavfsizlik darajasi
Markaziy Osiyo davlatlari o'zining barqarorligi va xavfsizlik darajasi bilan dunyoda terrorchilik ta'siri eng kam bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 20:23
Mirziyoyev va Kosherbayev ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama qildi
Mirziyoyev va Kosherbayev ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama qildi
O'ttiz bir mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev
Oʻzbekiston Kecha, 19:17
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish texnologiyasi joriy etiladi
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish texnologiyasi joriy etiladi
Toshkent shahrida atmosfera havosini tozalash va miqdori jihatdan yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbus bo‘lib, sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda
Oʻzbekiston Kecha, 18:44