Bugun
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari keyinga qoldirildi
+11°
пасмурно ветер 4.7 м/с, В

15 ta tuman va shaharlarda davlat idoralari bitta binoga ko‘chiriladi

Oʻzbekiston
141

15 ta tuman va shaharlarda davlat idoralari bitta binoga ko‘chiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Uchrashuvda davlat rahbari 2025 yil uchun sohadagi asosiy maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:

– kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55 foizga ko‘tarib, 70 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish;
– yangi bozorlarga kirib borishda transport, sertifikat va standart masalalariga ko‘maklashib, kichik biznes eksportini o‘tgan yilgi 9 milliarddan 12 milliard dollarga olib chiqish;
– ichimlik suvi, kanalizatsiya, yo‘l, qurilish, kommunal xo‘jalik, yetkazib berish, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini 2-3 karra oshirish;
– 1,5 million doimiy ish o‘rni tashkil qilib, sohada band aholi ulushini 75 foizga yetkazish;
– 100 nafardan ko‘p ishchisi bor korxonalarni 4 mingtaga olib chiqish;
– kichik biznesda yangi 100 ta brend mahsulot chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
– kichik biznes ishtirokida 200 ta startap loyihalarni moliyalashtirish.

Qayd etilishicha, yaratilgan sharoitlar hisobiga uch yilda 250 mingta yangi korxona ish boshlagan. Ularning ko‘pchiligi “oyoqqa turib”, faoliyatini kengaytirishi uchun yer va bino kerak.

“Hokimlar yerlarni tanlashda, eng avvalo, kengayish istagida yurgan, loyihasi tayyor tadbirkorlar so‘ragan joylarni auksionga chiqarishi zarur”, deya ta’kidladi prezident.

Masalan, Yunusoboddagi “Mingboyev robotiks” korxonasi nogironligi borlar uchun protez va ekzo-skeletlar yasab, 100 ga yaqin odamni faol ijtimoiy hayotga qaytargan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish uchun nogironligi bo‘lgan odamlar bemalol kirib-chiqishi uchun qulay joy so‘ragan.

Bunday yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlarga 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat obyektlari 5 yilga bepul ijaraga berilishi belgilandi.

Shu bilan birga, bu borada yangi tizim joriy qilinadi: 15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi. Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi.

Ushbu tumanlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi. Bu yil kichik va o‘rta biznes loyihalari infratuzilmasiga ajratilishi belgilangan 1 trln so‘mga qo‘shimcha 500 mlrd so‘m ajratiladi.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekistonda gaz narxlari oshdi: yangi tariflar joriy etildi
O'zbekistonda gaz narxlari oshdi: yangi tariflar joriy etildi
Bugun O'zbekistonda tabiiy gaz uchun yangi tariflar amal qila boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Havo hali sovuq, ko'plab xonadonlar isitishni yoqib qo'ygan, shuning uchun gaz
Oʻzbekiston Bugun, 08:57
O‘zbekistonning mart oyi boshida turli ob-havo kutilmoqda
O‘zbekistonning mart oyi boshida turli ob-havo kutilmoqda
O‘zbekistonning mart oyining birinchi kunida ob-havo turli xil bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim hududlarda bahor nafasi aniq seziladi, boshqa joylarda esa shamol va salqinlik o‘z
Oʻzbekiston Bugun, 08:38
O‘zbekistonda 2026 yilda raqamli xizmatlar kengayadi
O‘zbekistonda 2026 yilda raqamli xizmatlar kengayadi
2026 yilning 1 martidan boshlab O‘zbekistonda qonunchilik va amaliyotning turli sohalarida yangi tartiblar kuchga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘zgarishlar raqamlashtirish, biznes,
Oʻzbekiston Bugun, 08:04
Toshkentda Sovuq Havo Oqimi Havoni Yomonlashtirmoqda
Toshkentda Sovuq Havo Oqimi Havoni Yomonlashtirmoqda
Toshkent shahri va viloyatida havo harorati pasayishi natijasida atmosferaning holati yomonlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. "O‘zgidromet" tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, 28
Oʻzbekiston Bugun, 07:53
Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab umra safarlari to'xtatildi
Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab umra safarlari to'xtatildi
Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo bo'shlig'ida joriy etilgan cheklovlar sababli bir qator aviareyslar to'xtatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shu munosabat bilan,
Oʻzbekiston Bugun, 07:51
O'zbekistonda haftalik ob-havo: Yomg'ir va salqinlik kutilmoqda
O'zbekistonda haftalik ob-havo: Yomg'ir va salqinlik kutilmoqda
O'zbekistonda 2 martdan 8 martgacha bo'lgan hafta davomida ob-havo asosan yog‘ingarchilik bilan kechadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Haftaning aksariyat kunlarida yomg‘ir yog‘ishi
Oʻzbekiston Bugun, 07:40