Bugun
Peterburgda o‘zbek migrantlari huquqlari himoyasi kuchaytiriladi
+6°
небольшой дождь ветер 3.3 м/с, СЗ

Metro Toshkent traktor zavodi dahasigacha uzaytiriladi

Oʻzbekiston
161
Metro Toshkent traktor zavodi dahasigacha uzaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Mamlakatimizda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi oshib bormoqda. To‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyalar kiritilib, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko‘rsatish sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilgan «High Town City» majmuasi shulardan biri. U keng qamrovli bo‘lib, savdo va ko‘ngilochar markazi, biznes markazi, mehmonxona va zamonaviy turar joylarni o‘z ichiga olgan. Bunga 510 million dollar to‘liq xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan.

Davlatimiz rahbari savdo markazidagi zamonaviy tijorat va xizmat turlarini ko‘zdan kechirdi. 4 qavatli binoda savdo do‘konlari, jumladan, mashhur brendlarning shoxobchalari ochilgan. Restoran va kafelar, ko‘ngilochar o‘yingohlar, sport maydonlari, kinoteatrlar el xizmatida. Yer ostida avtoturargoh bor.

Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda odamlar savdo qilishi, dam olishi, sport bilan shug‘ullanib, vaqtini chog‘ o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Majmua bir kunda 5 ming kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Unda 1 ming 500 kishi ish bilan ta’minlandi.

Prezidentimiz majmuaning iqtisodiy ahamiyati va aholi uchun qulayligini e’tirof etib, investor va tadbirkorlarga ko‘mak berish bundan keyin ham davlatimiz siyosatining strategik yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi. Milliy mahsulotlarimizni brendga aylantirish, ularni tashqi bozorlarda tanishtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Savdo markazida shinam kitob do‘koni ham ochilgan. Shavkat Mirziyoyev bu tashabbusni olqishlab, metro bekatlari, kutish joylarida ham mo‘jaz kitob do‘konlari tashkil etish maqsadga muvofiqligini aytdi.

Davlatimiz rahbari o‘yin maydonchasidagi bolajonlarni ko‘rib, samimiy mehr-e’tiborini izhor etdi. Bugungi barcha sa’y-harakatlar mamlakatimiz kelajagi uchun qilinayotgani, buning uchun bolalar yaxshi o‘qib, aqliy va ijodiy salohiyatini rivojlantirib borishi kerakligini ta’kidladi.

Yaqinda 24 qavatli, besh yulduzli mehmonxona ham barpo etilishi rejalashtirilgan. Unda 250 ta xona bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 430 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Katta va kichik konferensiya zallari, suzish havzalari, restoran va do‘konlarda zamonaviy qulayliklar yo‘lga qo‘yiladi.

Davlatimiz rahbariga shu yerda quriladigan zamonaviy uy-joylar loyihasi taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, 1 ming 500 ta xonadondan iborat 28 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi. Majmua hovlisi avtomobillar uchun yopiq va yashil hudud bo‘ladi. Bolalar bog‘chasi, o‘yin maydonchasi, tennis korti, yerosti avtoturargoh tashkil etiladi. Majmua hududi to‘liq Wi-Fi bilan qamrab olinadi hamda binolarda shovqinsiz liftlar o‘rnatiladi.

Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish loyihalari ham ko‘rib chiqildi. Ma’lumki, Toshkent metropolitenini Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Prezidentimiz avval taqdim qilingan loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, boshqa muqobil takliflar kiritish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shunga muvofiq tayyorlangan yangi loyihaga ko‘ra, Buyuk ipak yo‘li metrosidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha 10 ta bekat quriladi. Bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.

Yana bir loyihaga ko‘ra, Bektemir tumanida Chirchiq daryosi yaqinida ko‘p qavatli uylar, savdo va xizmat binolari qurish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida tumanda urbanizatsiya jadallashib, yangi markaz paydo bo‘ladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 dekabr
Bugungi reyslar jadvali — 10 dekabr
10 dekabr kuni aeroportdan jami 37 reys amalga oshiriladi, eng erta jo‘nash vaqti soat 07:00da, eng kech esa 23:05da belgilangan. Ushbu kunning mashhur yo‘nalishlari orasida Moskva (Vnukovo va
Oʻzbekiston Bugun, 00:10
Toshkentga 93 tonna nasldor qoramol olib kelindi
Toshkentga 93 tonna nasldor qoramol olib kelindi
8-dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida muhim yuk operatsiyasi amalga oshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uzbekistan Airports ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 01:15 da Air
Oʻzbekiston Kecha, 21:19
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi oshdi
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) 10–12 dekabr kunlari ob-havo sharoitlari bilan bog‘liq xavf haqida ogohlantirish berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 18:17
10-dekabr kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
10-dekabr kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) 10-dekabr kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat
Oʻzbekiston Kecha, 17:29
Qimor o‘yinlarini targ‘ib qilgan 70 sayt bloklandi
Qimor o‘yinlarini targ‘ib qilgan 70 sayt bloklandi
O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi tomonidan qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi internet saytlar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Monitoring davomida jami 86 ta
Oʻzbekiston Kecha, 15:49
O‘zbekistonda ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi joriy qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Yaqinda qabul qilingan «Davlat ijtimoiy
Oʻzbekiston Kecha, 15:22