Bugun
Tohir Sodiqov: Oila muqaddas va mas'uliyatli tushuncha
+14°
пасмурно ветер 4 м/с, З

O‘zbekiston Nauru bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

Oʻzbekiston
175
O‘zbekiston Nauru bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
Nyu York shahrida O‘zbekiston va Nauru o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Nauruning BMTdagi doimiy vakili Lara Erab Daniyel imzolagan.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

«Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hujjatning imzolanishi O‘zbekiston bilan xorijiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishda muhim qadam bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Shu tariqa, Nauru O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 159-davlat bo‘ldi. Bundan oldin O‘zbekiston fevral oxirlarida Surinam bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan edi.

Ma’lumot uchun, Nauru Tinch okeanning janubi-g‘arbiy qismidagi orolda joylashgan davlat. Maydoni 21 kvadrat kilometrni, aholisi esa 12,3 ming kishini tashkil etadi.
Foto: Dunyo

O‘xshash yangiliklar

O'zbekistonda 27-fevralda tuman tushishi kutilmoqda
O'zbekistonda 27-fevralda tuman tushishi kutilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi, "O'zgidromet", 27-fevral, juma kuni uchun mamlakatimizdagi ob-havo ma'lumotlarini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz
Oʻzbekiston Bugun, 10:59
O'zbekistonda 28 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'ladi
O'zbekistonda 28 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'ladi
Fevral oyining oxirgi kuni O‘zbekistonning turli hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ba'zi joylarda bahorning iliq nafasi sezilsa, boshqa hududlarda shamol
Oʻzbekiston Bugun, 10:34
O'zbekistonda Tog'li Hududlarda Sel Havfi E'lon Qilindi
O'zbekistonda Tog'li Hududlarda Sel Havfi E'lon Qilindi
"O‘zgidromet" 2-martdan 6-martgacha bo‘lgan davrda yomg‘irlar tufayli O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligini e'lon qildi. Bu
Oʻzbekiston Bugun, 09:57
Eron inqirozi sababli Umra reyslari to'xtatildi
Eron inqirozi sababli Umra reyslari to'xtatildi
Eron hududida boshlangan harbiy harakatlar sababli Yaqin Sharq mintaqasida parvozlar cheklab qo‘yildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayniqsa, Erondagi keskin vaziyat tufayli O‘zbekistondan Saudiya
Oʻzbekiston Bugun, 09:19
O'zbekistonda gaz narxlari oshdi: yangi tariflar joriy etildi
O'zbekistonda gaz narxlari oshdi: yangi tariflar joriy etildi
Bugun O'zbekistonda tabiiy gaz uchun yangi tariflar amal qila boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Havo hali sovuq, ko'plab xonadonlar isitishni yoqib qo'ygan, shuning uchun gaz
Oʻzbekiston Bugun, 08:57
O‘zbekistonning mart oyi boshida turli ob-havo kutilmoqda
O‘zbekistonning mart oyi boshida turli ob-havo kutilmoqda
O‘zbekistonning mart oyining birinchi kunida ob-havo turli xil bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim hududlarda bahor nafasi aniq seziladi, boshqa joylarda esa shamol va salqinlik o‘z
Oʻzbekiston Bugun, 08:38