Bugun
Isroil Livan janubida katta quruqlik harbiy amaliyotini boshladi
+15°
небольшая облачность ветер 2.1 м/с, СЗ

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?

Oʻzbekiston
169
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?
“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2025 yil 1 apreldan:

“Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sogʻliqni saqlash boʻyicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila a'zolarining har biriga minimal iste'mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarga ham taqdim etiladi.

Bunda madaniy-ma'rifiy, ta'lim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari tushumlarining 25 foizidan koʻp boʻlmagan qismini yoʻnaltirishga ruxsat beriladi;

“Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordamlar quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
  • oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada kambagʻal oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qoʻshimcha murojaat talab etmagan holda “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishiga asos boʻladi;
  • “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan shaxslarning ijtimoiy holatini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini esa – idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekistonda haftaning boshida asosan quyoshli va quruq ob-havo bo'ladi
O'zbekistonda haftaning boshida asosan quyoshli va quruq ob-havo bo'ladi
O'zbekiston hududining katta qismida haftaning dastlabki uch kunini asosan quyoshli va yog'ingarchiliksiz ob-havo belgilaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Sinoptik xodimlarning taqdim
Oʻzbekiston Bugun, 12:34
Metan stansiyalari bugun qisqartirilgan rejimda ishlaydi
Metan stansiyalari bugun qisqartirilgan rejimda ishlaydi
Oltinchi mart kuni respublika bo'ylab metan yoqilg'i bilan ta'minlovchi stansiyalar belgilangan qisqartirilgan rejimda ishlaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu borada
Oʻzbekiston Bugun, 11:54
Toshkent 2026 yilda Osiyo Gran-pri nard turniriga mezbon bo'ladi
Toshkent 2026 yilda Osiyo Gran-pri nard turniriga mezbon bo'ladi
Toshkent shahri kelasi yilning mart oyida dunyodagi eng nufuzli sport tadbirlaridan biriga mezbonlik qiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yirik musobaqa Osiyo Gran-pri 2026 nomini olgan
Oʻzbekiston Kecha, 17:30
Chilonzorlik kapitan narkokurerlarni to'xtatib mayor unvoniga sazovor bo'ldi
Chilonzorlik kapitan narkokurerlarni to'xtatib mayor unvoniga sazovor bo'ldi
Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida narkokurerlarning qonunbuzarlik faoliyatini samarali to'xtatgan profilaktika inspektori, kapitan Laziz Abdukarimov xizmatdagi jasorati va qahramonligi
Oʻzbekiston Kecha, 15:34
Oltinchi martda O'zbekistonda bahoriy iliqlik hukm suradi
Oltinchi martda O'zbekistonda bahoriy iliqlik hukm suradi
Oltinchi mart kuni O'zbekistonning deyarli barcha hududlarida havo harorati sezilarli darajada ko'tarilib, bahorning ilk kunlari kabi iliq va yoqimli bo'ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Oʻzbekiston Kecha, 14:42
Mamlakatda haftalik ob-havo prognozi e'lon qilindi
Mamlakatda haftalik ob-havo prognozi e'lon qilindi
O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati joriy yilning o'n beshinchi kunidan o'n ikkinchi kuni gacha bo'lgan haftalik ob-havo prognozini elon qildi. Bu haqda Zamin.uz
Oʻzbekiston Kecha, 13:24