Bugun
AQSH Eron va Yaqin Sharq uchun tinchlik rejasini taqdim etdi
+17°
ясно ветер 2.9 м/с, СВ

O‘zbekistonlik harbiylar AQSHdagi musobaqadan g‘alaba bilan qaytishdi

Oʻzbekiston
126
O‘zbekistonlik harbiylar AQSHdagi musobaqadan g‘alaba bilan qaytishdi
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjant Abdullayev Alishox va 3-darajali serjant Jovkashev Shoxruh joriy yilning 17–20 mart kunlari AQSHning Missisipi shtati «Camp Shelby» harbiy-o‘quv bazasida bo‘lib o‘tgan «Eng ilg‘or jangchi–2025» musobaqasida ishtirok etishdi.

Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va maxsus bo‘linmalarda xizmat qilish nufuzini oshirish kabi maqsadlarda tashkil etilgan musobaqada harbiy xizmatchilarimiz AQSH Milliy gvardiyasining Maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bilan kuch sinashdi.

Musobaqa davomida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar yakka tarkibda jismoniy tayyorgarlik sinovlari (6 ta mashqni o‘z ichiga olgan Fitnes test), jismoniy va ruhiy zo‘riqish yo‘lagidan o‘tish, tunda 15 kilometr masofaga oriyentirlash, 15 kilogram yuk bilan 20 kilometr masofaga marsh yugurish, jangovar va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha test sinovlari, insho yozish (harbiy hamkorlik mavzusida 500 tadan kam bo‘lmagan so‘z), artilleriya olovini boshqarish, AQSH namunasidagi o‘qotar qurollarni noto‘liq qismlarga yoyish, yig‘ish va jangovar holatga keltirish, shuningdek, ulardan turli usul va sharoitlarda o‘q otish, tibbiy tayyorgarlik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, kutilmagan (syurpriz) mashqlar kabi shartlarni muvaffaqiyatli bajardilar.

Jumladan, harbiy xizmatchilarimiz jamoaviy bahs — 15 kilogram yuk bilan 20 kilometr masofaga marsh yugurish shartini 1 soat 50 daqiqa ichida bajardi. Shunindek, yakka tartibdagi bahslarda 3-darajali serjant Jovkashev Shoxruh 3 kilometr 219 metr masofani 11 minut 18 soniyada bosib o‘tgan bo‘lsa, kichik serjant Abdullayev Alishox 250 metr masofaga yugurish davomida majmuaviy mashqlarni 1 daqiqa 18 soniyada bajarib, 5 kilogram og‘irlikdagi koptokni 12,3 metr masofaga uloqtirishga muyassar bo‘ldi. E’tiborli jihati shundaki, mazkur shartlarning barchasida harbiy xizmatchilarimiz musobaqa rekordini yangiladi.

Yakunda harbiy xizmatchilar musobaqaning maxsus sovrini bilan taqdirlanishdi. Bu dastlabki yutuq emas, albatta. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 2019 yildan beri muvaffaqiyatli qatnashib, har birida ishtirokchilardan mutlaq ustunlik bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib keladi.

23 mart kuni g‘oliblar Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Islomiy moliya tizimi O'zbekistonda joriy etilmoqda
Islomiy moliya tizimi O'zbekistonda joriy etilmoqda
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 25 mart kuni mamlakatimizda islomiy moliya tizimini joriy etish bo'yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Bugun, 22:39
O'zbekistonda 26 mart kuni quruq va quyoshli ob-havo kutilmoqda
O'zbekistonda 26 mart kuni quruq va quyoshli ob-havo kutilmoqda
O'zbekiston gidrometeorologiya xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 26 mart kuni mamlakatimizning aksariyat hududlarida quruq va quyoshli ob-havo hukm surishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Oʻzbekiston Bugun, 18:42
O'zbekistonga xorijiy sayyohlar tashrifi keskin ortib bormoqda
O'zbekistonga xorijiy sayyohlar tashrifi keskin ortib bormoqda
O'zbekiston turizm sohasida yangi va ijobiy natijalarga erishmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026 yilning yanvar va fevral oylarida mamlakatimizga jami bir million yettinga ming nafarga
Oʻzbekiston Bugun, 17:35
Nurafshon va Bektemir o'rtasida ekspress avtobuslar harakatlanadi
Nurafshon va Bektemir o'rtasida ekspress avtobuslar harakatlanadi
Nurafshon shahri bilan Toshkentning Bektemir tumani o'rtasida tezkor va qulay avtobus xizmatini yo'lga qo'yish uchun maxsus transport tizimi joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Oʻzbekiston Bugun, 13:01
Boysunda Yoshlar bogiga Shukur Xolmirzayev nomi berildi
Boysunda Yoshlar bogiga Shukur Xolmirzayev nomi berildi
Boysun tumanidagi xalqqa ma’lum va sevimli bo‘lgan Yoshlar bog‘iga taniqli yozuvchi, xalqimizning buyuk farzandi Shukur Xolmirzayev nomi berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu muhim qaror Xalq
Oʻzbekiston Bugun, 12:28
Prezident Yangi Toshkent futbol stadionining qurilish holatini ko'rib chiqdi
Prezident Yangi Toshkent futbol stadionining qurilish holatini ko'rib chiqdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o'tgan 24 mart kuni Yangi Toshkent shahrida qurilayotgan zamonaviy futbol stadionining holatini o'z ko'zi bilan ko'rib chiqdi. Bu haqda Zamin.uz
Oʻzbekiston Bugun, 00:59