ENRU

O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish ishlari jadallashmoqda

O‘zbekiston
26
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish ishlari jadallashmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekistonning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini amalga oshirish jarayoniga oid ma’lumotlarni o‘rganish maqsadida tegishli vazirliklarga so‘rov yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Parlament majlisida ta’kidlanishicha, energetika sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida issiqxona gazlari chiqindilari 6,3 million tonnaga qisqargan. Ushbu qisqarishning bir qismi, ya’ni 500 ming tonnasi xalqaro uglerod bozorida sotilib, mamlakatga 7,5 million dollar miqdorida grant mablag‘lari jalb qilingan.

Shuningdek, islohotlar natijasida 6,3 million kVt/soat elektr energiyasi, 82 ming kub metr suv va 1050 tonnadan ortiq xomashyo tejashga erishilgan. 140 dan ortiq yirik sanoat va sement zavodlarida zamonaviy filtrlash tizimlari o‘rnatilib, havo va gazni tozalash ishlari yaxshilangan.

2024-yilning bahor va kuz fasllarida sanoat korxonalari hududlarida "yashil kamar"lar tashkil etilib, 11,8 million daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan. Davlat o‘rmon fondining 7 ming gektar foydalanilmagan yer maydonlari o‘zlashtirilib, mamlakat o‘rmonlilik darajasini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, deputatlar atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yechimini topmagan muammolar mavjudligini qayd etishdi. Xususan, havo ifloslanishi, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik nazorat va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalari tizimli yondashuvni talab qilmoqda.

Aholi ushbu masalalarni deputatlar bilan uchrashuvlarda bir necha bor ko‘targan. Endi vazirliklardan korxonalarning ifloslantiruvchi darajasini qanday baholayotgani, zararli moddalar chiqindilarini kamaytirish, "yashil sertifikat" tizimini joriy etish va kichik biznesni ekologik standartlarga o‘tishda qanday qo‘llab-quvvatlayotgani borasida batafsil ma’lumot berishlari talab etiladi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 11 oktabr
11 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 10 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 10 oktabr
10 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 oktabr
9 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25 763
O‘zbekiston00:10, 09-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 8 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 oktabr
8 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 08-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 7 oktabr
7 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 07-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 oktabr
6 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY421 Deli 01:25 767
O‘zbekiston00:10, 06-10-2026