Bugun
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20 martda nishonlanadi
+16°
пасмурно ветер 3 м/с, СЗ

Prezidentning yangi Farmoni qabul qilindi

Oʻzbekiston
30

Prezidentning yangi Farmoni qabul qilindi
Kambag‘al oilalar toifalarga ajratiladi. “Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 15 maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.

“Qizil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

- a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
- parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;
- boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila;

“Sariq” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan hamda a’zolari sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan oilalar kiritiladi.

“Yashil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

- oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo‘lsa;
- oilaning Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo‘lsa.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20 martda nishonlanadi
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20 martda nishonlanadi
O‘zbekistonda muborak Ramazon hayiti 20 mart sanasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali orqali rasmiy xabar
Oʻzbekiston Bugun, 19:43
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20 martda nishonlanadi
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20 martda nishonlanadi
Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda Ramazon hayiti rasman 20 mart kuni nishonlanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu hujjatda bayramni butun mamlakat bo‘ylab ko‘tarinki ruhda o‘tkazish,
Oʻzbekiston Bugun, 18:45
Toshkentda uy-joy ijarasi narxi hududlarga qarab oshdi
Toshkentda uy-joy ijarasi narxi hududlarga qarab oshdi
Poytaxtda yangi uy-joy ijarasi narxi fevral oyida sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara narxi taxminan 8,7
Oʻzbekiston Bugun, 18:15
Mirziyoyev Samarqandda milliardlik loyihalarni ishga tushirdi
Mirziyoyev Samarqandda milliardlik loyihalarni ishga tushirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga amaliy tashrif bilan kelib, hududda yirik investitsiya va qurilish loyihalarini ishga tushirish marosimida faol ishtirok etdi. Bu haqda Zamin.uz
Oʻzbekiston Bugun, 17:48
Toshkentda 2026 Navro‘z bayrami keng ko‘lamda o‘tkaziladi
Toshkentda 2026 Navro‘z bayrami keng ko‘lamda o‘tkaziladi
Toshkent shahar hokimligi 2026 yilgi Navro‘z bayramini poytaxtning turli hududlarida katta ommaviy va ko‘ngilochar tadbirlar bilan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bayram
Oʻzbekiston Bugun, 17:44
O‘zbekiston Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga yordam berdi
O‘zbekiston Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga yordam berdi
Bugun, 18-mart kuni O‘zbekiston nomidan birodar Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yordam Ramazon hayiti munosabati bilan amalga oshirildi
Oʻzbekiston Bugun, 15:40