Bugun
"Real" Endrikni sotish masalasini ko'rib chiqmoqda
+7°
пасмурно ветер 0.3 м/с, В

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban tor doirada muzokara o‘tkazdi

Oʻzbekiston
71

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban tor doirada muzokara o‘tkazdi
Budapeshtdagi «Karmelita» saroyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar, idora va hududlar darajasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. BMT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlik qilinmoqda.

O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda. Tovar ayirboshlash hajmini, shu jumladan import o‘rnini bosish va "GSP+" maqomi hisobiga birinchi bosqichda 500 million yevroga yetkazish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda laboratoriyalar Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkaziladi, tovarlarni oldindan sertifikatlash dasturi va eksport qiluvchi kompaniyalarga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma platforma ishga tushiriladi. Bugungi kunda qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli 500 million dollarni tashkil etadi. Bu galgi tashrif uchun yana 1,5 milliard yevrolik yangi loyihalar tayyorlangan.

Vengriyaning “OTP” banki O‘zbekiston moliya bozoriga chiqqani Vengriya va Yevropa biznesi uchun kuchli rag‘bat bo‘lgani ta’kidlandi. Bank bilan moliyalashtirish vositalarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Avtokreditlashni rivojlantirish uchun qo‘shma kompaniya tashkil etish va biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirish shular jumlasidan. Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish ham faol bosqichda.

Ertalab ishbilarmon doiralar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, avtomobil yo‘llari va logistika markazlarini qurish, kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, kimyoviy tovarlar, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar, baliqchilik kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bunday ishlab chiqarishlarni O‘zbekistonda joylashtirish uchun Vengriyaning "Inpark" operatori boshqaruvida Yevropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

Umuman, shu yil iyul oyida Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida Investitsiyaviy sheriklik dasturini tayyorlash va qabul qilishga kelishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini qayta tiklash va yaqin fursatda uning navbatdagi yig‘ilishini biznes vakillarining keng ishtirokida o‘tkazish taklif etildi.

O‘tgan yil oktyabr oyida Qo‘qon shahrida o‘tgan birinchi Hududlar forumining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Hududlararo aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida Vengriyada ikkinchi forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ishbilarmonlik, turizm va madaniy almashinuvlarni faollashtirish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Madaniy-gumanitar sohadagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Lakitelek shahrida buyuk shoir Alisher Navoiy byusti ochildi. Joriy yilning yanvar oyida Budapeshtda O‘zbek kinosi kunlari o‘tkazildi.

Kelgusi yilni O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilish taklifi bildirildi. Vengriya davlat opera teatri sahnasida "Lazgi" baletini sahnalashtirish va Budapeshtdagi Etnografiya muzeyida o‘zbek madaniyati ko‘rgazmasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ta’lim almashinuvi bo‘yicha "Stipendium Hungaricum" dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Shuningdek, ikki mamlakatda tan olinadigan diplomlar berish tizimini joriy etish va mamlakatimizda Vengriya oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shu ma’noda, joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchin forumini o‘tkazish taklif qilindi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida mutasaddi vazirliklarga qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash topshirildi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Viktor Orbanni javob tashrifi bilan O‘zbekistonga taklif etdi.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekistonda Ayollar Pensiya Yoshi Imtiyozlari O'zgarmoqda
O'zbekistonda Ayollar Pensiya Yoshi Imtiyozlari O'zgarmoqda
2026 yil 1 iyundan boshlab, O'zbekistonda yangi qonun kuchga kiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qonunga ko'ra, 20 yil ish stajiga ega bo'lgan ayollar pensiya yoshiga doir
Oʻzbekiston Bugun, 13:22
O‘zbekistonda qishki gaz me’yori 2026 yilgacha uzaytirildi
O‘zbekistonda qishki gaz me’yori 2026 yilgacha uzaytirildi
O‘zbekiston bo‘ylab qishki mavsumda tabiiy gaz iste’moli uchun belgilangan bazaviy me’yor 2026 yil 15 martgacha uzaytirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu me’yor har bir hududda 500 kub metrni
Oʻzbekiston Bugun, 11:43
O‘zbekistonda 21 yoshdan keyin nikoh rag‘batlantiriladi
O‘zbekistonda 21 yoshdan keyin nikoh rag‘batlantiriladi
O‘zbekistonda 21 yoshga yetgan shaxslar o‘rtasida oila qurishni rag‘batlantirish maqsadida qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu
Oʻzbekiston Bugun, 05:39
Prezident ayollar va bolalar himoyasini kuchaytiradi
Prezident ayollar va bolalar himoyasini kuchaytiradi
3 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan yangi
Oʻzbekiston Kecha, 23:33
O'zbekistonda yog'ingarchilik va tuman kutilmoqda
O'zbekistonda yog'ingarchilik va tuman kutilmoqda
O‘zgidromet 4 mart, chorshanba kuni O‘zbekiston hududida kutilayotgan ob-havo haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatning turli hududlarida
Oʻzbekiston Kecha, 21:46
4 martda O‘zbekistonda turli ob-havo kuzatiladi
4 martda O‘zbekistonda turli ob-havo kuzatiladi
4 mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo turlicha bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, havo salqin saqlanadi, boshqa joylarda esa kun biroz iliqroq o‘tadi. Eng
Oʻzbekiston Kecha, 18:44