Bugun
"Real" Endrikni sotish masalasini ko'rib chiqmoqda
+7°
пасмурно ветер 0.3 м/с, В

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etdi

Oʻzbekiston
61
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban raisligida o‘tgan tadbirda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘izistion prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hamda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida jahonda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuchayib borayotgan bugungi murakkab vaziyat shiddat bilan o‘zgarib borayotganini qayd etdi.

Prezident dolzarb xalqaro muammolarni hal etishda, birinchi navbatda, xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozitsiyalarini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston yetakchisi bu borada ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi va qator yangi takliflar bildirdi.

Siyosiy jihatdan O‘zbekiston tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu hujjat xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikning uzoq muddatli huquqiy bazasini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Prezident savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, tashkilot a’zolarining umumiy tashqi savdo aylanmasida o‘zaro savdo ulushini oshirish maqsadida «Turk-treyd» onlayn platformasini yaratish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dastur qabul qilish taklif etildi.

Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida davlat rahbari ushbu yo‘nalish bo‘ylab «yagona darcha» va «yashil yo‘laklar» tizimini tez fursatda joriy etishga chaqirdi. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida turkiy davlatlarning multimodal transport va logistika xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy investitsiya jamg‘armasi ta’sis etilganini olqishlab, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma venchur kompaniyasi va Tashkilotga a’zo mamlakatlarning investitsiyaviy imkoniyatlarini taqdim etadigan yagona portal tashkil etish muhim ekanini ta’kidladi.

Sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmatsevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklif qilindi.

Davlat rahbari iqlim kun tartibiga to‘xtalar ekan, yaqinda Samarqand shahrida o‘tgan Xalqaro iqlim forumi davomida «yashil» taraqqiyot sohasida global va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Budapesht shahrida Qurg‘oqchilikning oldini olish institutini ishga tushirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Uning faoliyatiga ko‘maklashish va maqsadli loyihalarga kengroq jalb qilish uchun qurg‘oqchilik va ekologik muammolarning oldini olish bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish taklif qilindi.

O‘zbekiston prezidenti fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetining ochilishi tashkilotga a’zo mamlakatlarning ta’lim dasturlarini amalga oshirish va iqtidorli yoshlarni tayyorlashga munosib hissa bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Turkiy madaniyat jamg‘armasi kengashining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida turkiyalik atoqli olim, biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi.

Sammit yakunida Budapesht deklaratsiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa qator hujjatlar qabul qilindi.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekistonda Ayollar Pensiya Yoshi Imtiyozlari O'zgarmoqda
O'zbekistonda Ayollar Pensiya Yoshi Imtiyozlari O'zgarmoqda
2026 yil 1 iyundan boshlab, O'zbekistonda yangi qonun kuchga kiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qonunga ko'ra, 20 yil ish stajiga ega bo'lgan ayollar pensiya yoshiga doir
Oʻzbekiston Bugun, 13:22
O‘zbekistonda qishki gaz me’yori 2026 yilgacha uzaytirildi
O‘zbekistonda qishki gaz me’yori 2026 yilgacha uzaytirildi
O‘zbekiston bo‘ylab qishki mavsumda tabiiy gaz iste’moli uchun belgilangan bazaviy me’yor 2026 yil 15 martgacha uzaytirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu me’yor har bir hududda 500 kub metrni
Oʻzbekiston Bugun, 11:43
O‘zbekistonda 21 yoshdan keyin nikoh rag‘batlantiriladi
O‘zbekistonda 21 yoshdan keyin nikoh rag‘batlantiriladi
O‘zbekistonda 21 yoshga yetgan shaxslar o‘rtasida oila qurishni rag‘batlantirish maqsadida qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu
Oʻzbekiston Bugun, 05:39
Prezident ayollar va bolalar himoyasini kuchaytiradi
Prezident ayollar va bolalar himoyasini kuchaytiradi
3 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan yangi
Oʻzbekiston Kecha, 23:33
O'zbekistonda yog'ingarchilik va tuman kutilmoqda
O'zbekistonda yog'ingarchilik va tuman kutilmoqda
O‘zgidromet 4 mart, chorshanba kuni O‘zbekiston hududida kutilayotgan ob-havo haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatning turli hududlarida
Oʻzbekiston Kecha, 21:46
4 martda O‘zbekistonda turli ob-havo kuzatiladi
4 martda O‘zbekistonda turli ob-havo kuzatiladi
4 mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo turlicha bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, havo salqin saqlanadi, boshqa joylarda esa kun biroz iliqroq o‘tadi. Eng
Oʻzbekiston Kecha, 18:44