Bugun
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari muloqoti bo‘lib o‘tdi
+6°
пасмурно ветер 1.8 м/с, З

Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston
13
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi 25 iyun kuni yakuniga yetdi. Tarixdagi birinchi bo‘lgan ushbu tashrif O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p qirrali hamkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar ochdi.

Davlat rahbari 24 iyun kuni Ulan-Bator shahrida prezident Uxnaagiyn Xurelsux bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi. Amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va sanoat sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Prezidentlar rafiqalari bilan ikki mamlakat san’at ustalarining qo‘shma konsertida ishtirok etdi.

25 iyun kuni davlat rahbari rafiqasi bilan «Ix Tenger» majmuasiga tashrif buyurdi. Prezidentlar va birinchi xonimlar birgalikda daraxt ekdi. An’anaviy «Naadam» o‘yinlari tomosha qilindi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda mart oyi o'rtasida sovuq kutilmoqda
Toshkentda mart oyi o'rtasida sovuq kutilmoqda
Mart oyining o'rtalarida Toshkent shahrida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ob-havo ma'lumotlariga ko'ra, 11-12 mart kunlari kechasi havo
Oʻzbekiston Bugun, 21:55
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari muloqoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari muloqoti bo‘lib o‘tdi
5-mart kuni Ozarbayjonning Naxichevan Muxtor Respublikasi hududiga dronlar orqali hujum qilinganligi haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu hodisa mintaqada katta xavotir uyg‘otdi.
Oʻzbekiston Bugun, 21:36
O'zbekistonda mol-mulk taqiqlarini bekor qilish tartibi o'zgardi
O'zbekistonda mol-mulk taqiqlarini bekor qilish tartibi o'zgardi
O'zbekistonda mol-mulkka qo‘yilgan taqiqlarni bekor qilish bo'yicha yangi tartib joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu yangilik 2026-yil 4-martda qabul qilingan O‘RQ–1119-sonli
Oʻzbekiston Bugun, 20:56
O'zbekistonda ko'p kvartirali uylar qurilishi jadallashmoqda
O'zbekistonda ko'p kvartirali uylar qurilishi jadallashmoqda
O'zbekistonda ko'p kvartirali uy-joy qurilishi yangi bosqichga o'tmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026 yil 1 martdan 2028 yil 1 martgacha Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo
Oʻzbekiston Bugun, 13:51
Yaqin Sharqdagi Parvozlar To'xtadi: 1681 O'zbekistonlik Qolib Ketdi
Yaqin Sharqdagi Parvozlar To'xtadi: 1681 O'zbekistonlik Qolib Ketdi
Yaqin Sharqdagi siyosiy va harbiy vaziyatning keskinlashuvi dunyo aviatsiyasi uchun katta sinov bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mintaqadagi davlatlar havo hududlarini yopib qo'ygani
Oʻzbekiston Bugun, 10:34
O‘zbekistonda metan gaz shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadi
O‘zbekistonda metan gaz shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadi
O‘zbekistonda sovuq va nam havo kirib kelishi bilan tabiiy gazga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Energetika vazirligi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, bu holat
Oʻzbekiston Kecha, 19:39