Bugun
Markaziy bank: Inflyatsiya 2026 yilda 7,2 foizga tushdi
+11°
пасмурно ветер 1.5 м/с, С

Manchesterlik muxlislarning Abduqodir Husanov haqidagi fikrlari...

Sport
105

Manchesterlik muxlislarning Abduqodir Husanov haqidagi fikrlari...
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Manchester Siti” futbolchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchi “Nottingem Forest” mehmoni bo‘lib, raqibga kichik hisobda yutqazdi.

Shu tariqa, Xosep Gvardiola shogirdlari uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. “O‘rmonchilar” esa, bitta gol evaziga “shaharliklar” bilan oradagi farqni to‘rttaga yetkazib, musobaqa jadvalining uchinchi qatoridagi pozitsiyasini mustahkamladi.

Manchesterlik muxlislar bu mag‘lubiyatni juda og‘ir qabul qildi. Ular “Manchester Siti”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘z fikr-mulohazalari va e’tirozlarini bildirib o‘tmoqdalar.

Fanatlar faqat Abduqodir Husanovning harakatlaridan qoniqish hosil qilayotganini ochiqdan ochiq aytishmoqda.

Thoccoh Steven Jumpha:
Futbolchilarimiz bu gal yaxshi ishtirok eta olmadi. Ularning aksariyati iroda ko‘rsatgani yo‘q. Hatto Umar Marmushga ham ortiqcha baho berilgan ekan. Yana faqat Abduqodir Husanov ishonchimizni oqladi. Himoyani mustahkam ushladi.

Kipngetich Rono:
Husanov ayni paytda jamoada har tomonlama faollik ko‘rsatayotgan yagona futbolchi. Qolganlari og‘ir oyoqqa o‘xshaydi.

Anearst Kvaratskhelia II:
Yana Gvardiolaning taktikasi va “o‘g‘illari” – Fil Foden va Bernardu Silva tufayli mag‘lub bo‘ldik. Lekin, Husanov deganlari haqiqiy monstr ekan. Unga kimligingni farqi yo‘q. Bu futbolchi o‘sishda davom etib, eng yuksak cho‘qqilarga chiqishiga tilakdoshman.

Victor Ngure:
Husanovni olib qolib, qolganlarni sotib yubor!

Alexander Muduva:
Husanov bu uchrashuvda yagona jiddiy o‘yinchi bo‘ldi.

My time:
Biz maydonda faqat Abduqodirni ko‘rdik, qolganlarga ish qolmabdi!

Trapkid Balo:
Husanov maydondagi yagona foydali o‘yinchi...

De Lionell Lucky:
Bu uchrashuvda yutqazdik. Maydonda eng yuqori darajada o‘ynagan futbolchi Abduqodir Husanov bo‘ldi.

Loise Loise Jontyez:
Mag‘lubiyatlar jonga tegdi. Husanov ishonsa bo‘ladigan yagona futbolchi ekan...

Abdul Doma:
Husanov bugungi kunda “Siti”ning eng yaxshi o‘yinchisi. Gvardiola Bernardu Silvaga ishonib, katta xato qilyapti.

Dancun Kimulwo:
Boy berilgan o‘yindan olgan yagona foydamiz –Husanovning o‘yini bo‘ldi. Abduqodir – himoya qiroli!

Moses Musa:
Bernardu Silva o‘ynagan 90 foiz uchrashuvda yutqazyapmiz. Bu gal Gvardiol ham bo‘shlik qildi. Endi Husanov va Nikolarning davri keldi.

Adams Suleiman:
Husanov bo‘lmaganida yanada ko‘proq gol urishardi. Zo‘r himoyachi ekan. Qolganlar yaxshi harakat qilmadi.

Emmanuel Andrew:
Husanov uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Endi qariya yulduzlarga javob berib, yoshlarini o‘ynataverish kerak.

O‘xshash yangiliklar

"Barselona" g'alaba qildi, ammo finalga "Atletiko" chiqdi
"Barselona" g'alaba qildi, ammo finalga "Atletiko" chiqdi
Ispaniya Kubogining yarim final javob uchrashuvida "Barselona" o'z maydonida "Atletiko Madrid"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu
Sport Bugun, 03:05
2026 Jahon Chempionati uchun rasmiy poster taqdim etildi
2026 Jahon Chempionati uchun rasmiy poster taqdim etildi
FIFA matbuot xizmati AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionatining rasmiy turnir posterini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu afisha musobaqa
Sport Bugun, 01:18
O‘zbekiston terma jamoasi AQShda qarorgohini tashkil etadi
O‘zbekiston terma jamoasi AQShda qarorgohini tashkil etadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati davomida o‘z qarorgohini AQShning Atlanta shahrida tashkil etadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qaror jamoamiz uchun nafaqat
Sport Bugun, 01:03
"Bashakshehir" "Trabzonspor"ga 2:4 hisobida yutqazdi
"Bashakshehir" "Trabzonspor"ga 2:4 hisobida yutqazdi
Turkiya kubogining 4-turida "Bashakshehir" o'z maydonida "Trabzonspor"ni qabul qilib, serg'ol va shiddatli bahsda 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu haqda
Sport Bugun, 00:48
Infantino: Meksika 2026 Jahon Chempionatiga tayyor bo'ladi
Infantino: Meksika 2026 Jahon Chempionatiga tayyor bo'ladi
Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino Meksikada xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlarga qaramay, mamlakat 2026 yilgi jahon chempionati uchrashuvlarini munosib darajada qabul qila
Sport Kecha, 22:38
Rodrigo og'ir jarohati sabab uzoq muddat safdan chiqdi
Rodrigo og'ir jarohati sabab uzoq muddat safdan chiqdi
Madridning "Real" jamoasi uchun noxush xabarlar davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jamoa vingeri Rodrigo "Xetafe"ga qarshi o'yinda olgan og'ir jarohati
Sport Kecha, 22:26