Bugun
Toshkent va Farg'onada yangi milliy tabiat bog'lari tashkil etiladi
+21°
пасмурно ветер 1.3 м/с, З

Abbosbek Fayzullayev xavotirga solyapti!

Sport
108
Abbosbek Fayzullayev xavotirga solyapti!
Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimiz orasida eng yorqin oʻyin koʻrsatayotgani, shubhasiz, Abbosbek Fayzullayev hisoblanadi.

21 yoshli hujumkor futbolchimiz tom ma'noda SSKAning etakchisiga aylanib qolgan. “Armiyachilar”ning aksariyat hujumlari aynan oʻzbek legioneri orqali tashkil etiladi. Abbosning oʻzi turli pozitsiyalarda oʻynay oladigan universal futbolchilar toifasiga kiradi.

SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich qishki tanaffusdan foydalanib, jamoaning oʻyin uslubini oʻzgartirdi. Qishki yigʻinlarda “armiyachilar” yangi sxemada toʻp tepdi. Serbiyalik mutaxassis Abbosbek Fayzullayevning pozitsiyasini oʻzgartirdi.

Rossiya futboli mutaxassislari Nikolichning bu qaroriga turlicha munosabat bildirmoqda. Xususan, taniqli murabbiy Igor Shalimov bu borada oʻz fikr-mulohazalarini ma'lum qildi.

- SSKA yangi oʻyin sxemasiga oʻtganidan keyin jamoa harakatlarida katta oʻsish koʻzga tashlangani yoʻq. Bu uslub top-jamoalarga qarshi uchrashuvlarda samara keltirishi mumkin. Bunda raqibga kengroq maydon beriladi, “armiyachilar” esa, payt poylab tezkor qarshi hujumga oʻtib ketadi. Bu vaziyatda gol urish imkoniyati oshadi.

Oʻrtamiyona va autsayder jamoalar bilan oʻyinda SSKA himoya chizigʻini pozitsion hujum yordamida yorib oʻtishi talab etiladi. “Armiyachilar” oʻyinida aynan mana shu uslub yaxshi ishlab chiqilmagan.

Miralem Pyanich kelganidan beri oʻyinida oʻsish boʻlgani yoʻq, kuzda qanday harakat qilgan boʻlsa, hozir ham shunday. Balki unga yana vaqt kerakdir.

Koʻpchilik qatori meni yangi sxemada Abbosbek Fayzullayev oʻzini juda qulay his qila olmayotgani xavotirga solmoqda. Abbosning oʻziga boʻlgan ishonchi avvalgidek emas, maydonda qabul qilayotgan qarorlari ham, - dedi Igor Shalimov.

Ta'kidlash joizki, avvalroq Abbosbek Fayzullayevning oʻzi ham maydondagi joyi oʻzgargani, yangi pozitsiyada oʻynashga koʻnikishi kerakligini aytgandi.

- Qishki oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari doim qiyin oʻtadi, chunki yuklamalar koʻp, mashgʻulotlar juda murakkab. Biz yangi oʻyin sxemasiga oʻtdik va hozir uni oʻzlashtirishga e'tibor qaratganmiz, unga koʻnikish uchun biroz vaqt talab etiladi. Yangi sxema boʻyicha biz toʻpga koʻproq egalik qilamiz.

Oʻzimning pozitsiyam oʻzgardi. Ilgari men bu darajada maydon ichkarisiga tushib, hujum qilmaganman. Bu usulda bir Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynab koʻrgan edim.

Oʻyinda borimni berishga harakat qilaman, ayni paytda murabbiy meni 8-raqam pozitsiyasida oʻynatyapti. Bolaligimdan 10-raqam oʻrnida oʻynab kelganman va bu joyda oʻzimni ancha qulay his qilardim. Hozir oʻzimning yangi qirralarimni kashf qilyapman, deyishim mumkin. Vaqt berilsa, hujum sxemasida bu pozitsiyada ham samarali oʻynashni oʻrganib olaman, - degan edi Abbosbek Fayzullayev.

Eslatib oʻtamiz, Abbosbek Fayzullayev 2023 yilning avgust oyida “Paxtakor”dan SSKAga koʻchib oʻtdi. Shundan beri “armiyachilar” safida barcha turnirlarda 55 marotaba maydonga tushib, sakkizta gol va 20 ta assist muallifi boʻldi.

O‘xshash yangiliklar

Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Madridning mashhur Real klubi Angliyaning Manchester Siti jamoasidagi yarim himoyachi Rodri futbolchisini o'z safiga qo'shish bo'yicha ilgari belgilangan rejalarini o'zgartirdi.
Sport Bugun, 08:07
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Oxirgi kungacha futbol dunyosida katta ahamiyatga ega bo'lgan xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliyalik iste'dodli yarim himoyachi Bernardu Silva joriy mavsum
Sport Bugun, 08:03
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Barselona futbol klubi himoyachisi va Portugaliya terma jamoasi a'zosi Joau Kanselu kelgusi Jahon chempionati oldida o'z millatining kuchli da'vogarligiga chuqur ishonch bildirmoqda.
Sport Bugun, 07:43
Bernardu Silva Barselonaga o'tishni orzu qilmoqda
Bernardu Silva Barselonaga o'tishni orzu qilmoqda
Britaniya matbuotida e'lon qilingan so'nggi xabarlarga ko'ra, mashhur portugaliyalik futbolchi Bernardu Silva o'yin faoliyatini Kataloniya jamoasi Barselona safida davom
Sport Bugun, 07:43
Pep Gvardiola ketganda uning o'rniga Vensan Kompani kelishi mumkin
Pep Gvardiola ketganda uning o'rniga Vensan Kompani kelishi mumkin
Manchester Siti klubi joriy mavsum yakunlanganidan so'ng bosh murabbiy Pep Gvardiolaning jamoadagi kelajagi haqida qiziqishlar ortib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ispaniyalik
Sport Bugun, 07:06
Dana Uayt Maxachev bilan Makgregor jangi haqida gapirdi
Dana Uayt Maxachev bilan Makgregor jangi haqida gapirdi
Birlashgan Boks Tashkiloti prezidenti Dana Uayt hozirgi kunda sport olamida eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzu bo'lgan Islom Maxachev va Konor Makgregor o'rtasidagi yozgi jang
Sport Bugun, 06:57