Bugun
Rossiya terma jamoasi Mali bilan o‘ynashi kutilmoqda
+8°
пасмурно ветер 4.3 м/с, СЗ

Soriyano Holand va Ronaldu xarakterini solishtirdi

Sport
20
Soriyano Holand va Ronaldu xarakterini solishtirdi
“Manchester Siti” futbol klubi bosh direktori Ferran Soriyano hujumchi Erling Holandning xarakteri haqida fikr bildirdi va uni mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslab o‘tdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu jamoadoshi gol urganida ko‘pincha quvonmaydi, chunki u “Bu golni men urishim kerak edi” deb o‘ylaydi. Bu uning yomon odam ekanini anglatmaydi, shunchaki, Ronaldu shunday dunyoqarashga ega.

Erling Holand esa boshqacha. U ko‘plab gollar muallifi bo‘lsa-da, jamoadoshlari ham gol urganda bundan mamnun bo‘ladi va ular uchun xursand bo‘ladi, deydi Soriyano.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Erling Holand Angliyada uch yil davomida “Manchester Siti” safida 146 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 124 ta gol urgan. Shuningdek, uning hisobida 21 ta golli uzatma ham bor.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Holandning transfer qiymati hozirda 180 million yevroga baholanmoqda. Norvegiyalik futbolchi jamoasi bilan yangi Angliya Premer-ligasi mavsumini 16-avgust kuni “Vulverxempton”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya terma jamoasi Mali bilan o‘ynashi kutilmoqda
Rossiya terma jamoasi Mali bilan o‘ynashi kutilmoqda
Rossiya terma jamoasining bahorgi yig‘ini boshlanishiga bir oydan ham kam vaqt qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq, Rossiya futbol ittifoqi hali o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘yicha raqiblar
Sport Bugun, 13:13
Kurtua: «Sporting» kuchli, «Siti» bilan uchrashuv ehtimoli yuqori
Kurtua: «Sporting» kuchli, «Siti» bilan uchrashuv ehtimoli yuqori
«Real Madrid» darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi oldidan ehtimoliy raqiblar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, bu
Sport Bugun, 12:18
Ronaldu yozda «Chelsi»ga o‘tishi mumkinmi?
Ronaldu yozda «Chelsi»ga o‘tishi mumkinmi?
Krishtianu Ronaldu haqida transfer mish-mishlari yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hozirda «An Nasr» hujumchisi bo‘lgan portugaliyalik yulduz yozda Yevropaga qaytishi
Sport Bugun, 12:00
Nikolаs Jekson "Bavariya"dagi holatidan norozi
Nikolаs Jekson "Bavariya"dagi holatidan norozi
Myunxenning "Bavariya" futbol klubi hujumchisi Nikolаs Jekson o‘zining jamoadagi holatidan norozi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda "Euro-football.ru" xabar beradi.
Sport Bugun, 11:50
«Real» «Benfika»ni mag‘lub etib, keyingiga o‘tdi
«Real» «Benfika»ni mag‘lub etib, keyingiga o‘tdi
Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Benfika»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘yin yakunidan so‘ng jamoa bosh
Sport Bugun, 11:38
«Galatasaray» futbolchilari uch oydan beri maosh olmagan
«Galatasaray» futbolchilari uch oydan beri maosh olmagan
Kuni kecha «Galatasaray» klubi atrofida noxush xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchilar uch oydan beri o‘z maoshlarini ololmayapti. Bu haqda TR24 portali
Sport Bugun, 11:34