
Sobiq Sovet Ittifoqi terma jamoasi va Moskva shahri CSKA klubi sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi yarim himoyachisi Maksim Glushenkov haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, ilgari agar biror futbolchi asosiy tarkibga kira olmasa va jamoada turli guruhlar tuza boshlasa, uni jamoadan chetlatishgan. Ponomaryov "Zenit" rahbariyatiga Glushenkov o‘zini shunday tutishda davom etsa, uni zaxira o‘rindig‘iga o‘tqazib, sotishni tavsiya qildi.
Ma’lumot uchun, Maksim Glushenkov o‘tgan mavsum boshida "Zenit" jamoasiga qo‘shilgan va dastlab yuqori darajadagi o‘yini hamda samaradorligi bilan ajralib turgan. Biroq, ketma-ket ikki marta jarohat olganidan so‘ng, uning natijalari pasaydi.
Ommaviy axborot vositalarida esa Glushenkov va bosh murabbiy Sergey Semak o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Hozirda klub rahbariyati ushbu muammoni hal qilish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda.
Shu sabab, Glushenkovning kelajagi jamoada qolish-qolmasligi ochiq qolmoqda.