Bugun
Shahram G‘iyosov Las-Vegasda WBA kamariga da’vogar
+11°
пасмурно ветер 2.4 м/с, В

Vitaliy Levchenko: "Nasaf" juda kuchli raqib, biz mezbonlar bilan tengma-teng o‘ynay oldik"

Sport
139
Vitaliy Levchenko: "Nasaf" juda kuchli raqib, biz mezbonlar bilan tengma-teng o‘ynay oldik"
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalambor O‘zbekiston ahlini Ramazon hayit ayyomi bilan tabriklayman. Bugun faqat g‘alaba uchun maydonga chiqqandik. Qayerlardadir omad yetishmadi. Jamoani stabil o‘yin ko‘rsatishi uchun ishlayapmiz. Vaziyatlarni yakunlashda kamchiliklarimiz bor. Ehtimol bunday holatlar o‘yin tonusi bilan bog‘liqdir. Mashg‘ulotlarda jiddiy ishlaymiz, oldinda bizni oson o‘yinlar kutmayapti.

- "Neftchi"ning hozirgi tarkibida kuchli futbolchilar jam bo‘lgan. Ketma-ket 3 ta turdagi duranglar nima bilan bog‘liq?
- Aytib o‘tganimdek, bizga o‘yin tonusi yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. O‘yindan-o‘yinga kamchiliklarni bartaraf etib boramiz. "Nasaf" juda kuchli raqib, biz mezbonlar bilan tengma-teng o‘ynay oldik. Vaziyatlardan foydalanganimizda ehtimol g‘alaba ham qozonishimiz mumkin edi.

- Ko‘pchilikda "Neftchi" o‘tgan mavsumdagi "Navbahor"ni takrorlayapti degan fikr paydo bo‘layapti...
- Jamoalar bir-biriga o‘xshashi mumkin. Bizning oldimizda aniq maqsad va vazifa bor. Biz bu borada jiddiy ishlayapmiz. Futbolchilar bir-birlarini tushunib borgani sayin o‘yinimiz kuchayib boraveradi.

- Vladimir Yovovich zaxirada qolganiga sabab nima?
- Futbolchidagi holatni murabbiylar shtabi yaxshiroq biladi. Biz unga bir oz dam berishga qaror qildik, biroq rejamizga ko‘ra u ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilib, raqib uchun kutilmagan hujumlarni tashkil etishi lozim edi. Aytib o‘tganimdek, o‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz.

O‘xshash yangiliklar

Abduqodir Husanov jahon futbolida yorqin yulduzga aylandi
Abduqodir Husanov jahon futbolida yorqin yulduzga aylandi
Meksikaning yirik sport media platformasi balonypie.com portali 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng mashhur futbolchisi Abduqodir Husanov
Sport Bugun, 05:25
Shahram G‘iyosov Las-Vegasda WBA kamariga da’vogar
Shahram G‘iyosov Las-Vegasda WBA kamariga da’vogar
Ikkinchi may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida professional boks bo‘yicha katta kecha tashkil etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston sharafini himoya
Sport Bugun, 04:03
Senegal Afrika chempionlik unvonidan mahrum qilindi
Senegal Afrika chempionlik unvonidan mahrum qilindi
Afrika futbol konfederatsiyasi tomonidan muhim qaror qabul qilindi va Senegal milliy terma jamoasi qit’a chempionlik unvonidan mahrum etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu voqea futbol olamida
Sport Bugun, 03:52
Abduqodir Husanov Realga qarshi samarali o‘yin ko‘rsatdi
Abduqodir Husanov Realga qarshi samarali o‘yin ko‘rsatdi
Yevropa Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 1/8 final javob uchrashuvi Manchester shahrida o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yinda “Manchester Siti” va “Real Madrid”
Sport Bugun, 03:48
Arsenal Bayerni mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
Arsenal Bayerni mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida Germaniyaning “Bayer” klubini qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ilk o‘yin 1:1 hisobida
Sport Bugun, 03:22
PSJ Chelsi ustidan aniq g‘alaba bilan chorak finalga chiqdi
PSJ Chelsi ustidan aniq g‘alaba bilan chorak finalga chiqdi
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob o‘yinida Londonda “Chelsi” va “PSJ” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv katta qiziqish bilan kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuv boshidan
Sport Bugun, 03:10