Bugun
Tojikiston prezidenti O'zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi
+25°
пасмурно ветер 0.4 м/с, ЮЗ

Raneri Shomurodov yordamida “Yuventus” himoyasini "parokanda" qilmoqchi

Sport
141
Raneri Shomurodov yordamida “Yuventus” himoyasini "parokanda" qilmoqchi
Klaudio Raneri qo‘l ostida A Seriyada mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan “Roma” yakshanba kuni o‘ta muhim uchrashuvni o‘tkazadi.

Rimliklar chempionatda qariyb to‘rt oydan beri yutqazgani yo‘q va jamoaning g‘alabali seriyasi yettita o‘yinga yetdi. Bu ko‘rsatkichlar musobaqa jadvalining quyi pog‘onalariga tushib qolgan jamoaning yuqoriga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi va endi “Roma” Yevropa Chempionlar ligasining kelasi mavsumi uchun yo‘llanma olish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

6 aprelga belgilangan 31-turda oltinchi pog‘onada turgan “Roma” o‘zidan uch ochko ko‘p jamg‘arib, beshinchi o‘rinni egallagan “Yuventus”ni qabul qiladi. Bo‘lajak to‘qnashuvda zafar quchgan jamoaning kuchli to‘rtlikka kirish imkoni sezilarli darajada oshadi.

O‘ta muhim uchrashuv oldidan Klaudio Raneri jamoasining o‘yin sxemasini o‘zgartirishga qaror qilgani aytilmoqda. Bunga sabab jamoa yetakchisi Paulo Dibalaning jrohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanidir.

Italiya futbolini yoritayotgan manbalar 73 yoshli murabbiy Turin klubiga syurpriz tayyorlayotganini yozmoqda.

- Klaudio Raneri “Yuventus”ning himoya qo‘rg‘onini yorib o‘tish uchun Eldor Shomurodov va Artyom Dovbik tandemini ilk daqiqadan o‘ynatishga qaror qildi. Bu ikki hujumchi A Seriyada shu paytgacha faqat to‘rttagina uchrashuvda birga o‘ynagan. Ayniqsa, avvalgi turda “Lechche” bilan bo‘lgan bahsda Artyom Dovbik maydonga Eldor Shomurodov tushganidan keyin aynan uning yordamida g‘alaba to‘pini kirita oldi. O‘zbek legioneri raqib himoyachilari e’tiborini o‘ziga tortib, ukrainalik forvardni ularning ta’qibidan qutqardi va Dovbik darvozani ishg‘ol qildi.

Raneri Eldorning xizmatlarini inobatga olib, “Men jamoaga Artyomga qanday to‘p uzatishni aytdim. Shomurodovdek tezkor o‘yinchi unga gol urish uchun sharoit yaratib berdi, Dovbik uning yordamini yoqqol sezdi”, dedi.

Ukrainalik hujumchi oldingi chiziqda ko‘pincha yolg‘iz va yordamsiz qolib ketardi. Shomurodov ega bo‘lgan o‘yin xarakteristikasi Dovbikka erkin harakat qilish va paslarni qabul qilish imkonini bermoqda. “Yuventus” bilan bo‘ladigan bahsda ikki hujumchining o‘ynashi foyda keltirishi kutilmoqda. Shomurodovning harakatlari natija qo‘lga kiritilishida muhim omil bo‘lmoqda, - deb yozdi vocegiallorossa.it sayti eksperti Mauritsio Rasa.

“Roma” faoliyatini yoritayotgan yana bir manba – laroma24.it sayti ham Eldor Shomurodovning o‘yin uslubi va harakatchanligi Turin superklubi bilan bo‘ladigan bellashuvda poytaxt “bo‘rilari”ga qo‘l kelishini ta’kidlamoqda.

- “Roma” ikki markaziy hujumchi bilan o‘ynasa, Eldor Shomurodov keng maydon bo‘ylab harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. O‘zbek legioneri hujum markazida Dovbikning ortida va qanotlarni almashtirib hujum uyushtirishi mumkin. Dovbik bo‘lsa, asosiy e’tiborini raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, darvozani nishonga olishga qaratadi.

O‘zbek hujumchisi yuqoridan keladigan to‘plar uchun kurashda ishonchli harakat qiladi, bosh bilan zarba yo‘llashi yoki Dovbikka to‘pni olib berishi mumkin, - deb izoh berdi laroma24.it sayti.

“Roma” hamda “Yuventus” o‘rtasidagi uchrashuvga mashhur “Olimpiko” arenasi mezbonlik qiladi. Bellashuv 6 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Manchester Siti tarkibini tubdan yangilash jarayonini boshladi
Manchester Siti tarkibini tubdan yangilash jarayonini boshladi
«Manchester Siti» klubi rahbariyati o‘tgan mavsumdagi kutilmagan natijalar ortidan jamoani tubdan isloh qilish ishlarini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Sport
Sport Bugun, 12:36
Desham o'rinbosar haqidagi mish-mishlardan norozi ekanligini aytdi
Desham o'rinbosar haqidagi mish-mishlardan norozi ekanligini aytdi
Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Didiye Desham yaqinda matbuotda tarqalgan uning ehtimoliy o‘rinbosari haqida savollarga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U
Sport Bugun, 10:37
Futbol klublari uchun soliq yuklamasi jiddiy yengillashtirildi
Futbol klublari uchun soliq yuklamasi jiddiy yengillashtirildi
O'zbekiston futbolida jiddiy va ijobiy yangilik e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Davlat rahbarining imzolagan qaroriga binoan, Superliga va Pro ligasida faoliyat yuritayotgan
Sport Bugun, 10:35
Jahon chempionatiga yo'l olgan futbolchilar uchun vizaga garov summasi belgilandi
Jahon chempionatiga yo'l olgan futbolchilar uchun vizaga garov summasi belgilandi
2026 yilda AQSH hududida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'l olgan besh mamlakatning fuqarolari Amerikaga kirish uchun vizani olish jarayonida qo'shimcha moliyaviy
Sport Bugun, 10:24
Lamin Yamal otasi uning salohiyati hali to'liq ochilmaganini aytdi
Lamin Yamal otasi uning salohiyati hali to'liq ochilmaganini aytdi
Ispaniya futbolining yosh va eng sovg'a qilingan iste'dodi Lamin Yamalning kelajagi haqida dunyo e'tiborini tortmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning otasi Munir Nasrauining
Sport Bugun, 10:07
Real Madrid Ronalduning o'g'ilini akademiyasiga qabul qilishni inkor etdi
Real Madrid Ronalduning o'g'ilini akademiyasiga qabul qilishni inkor etdi
Yevropa futbol muhitida so'nggi kunlarda eng ko'p muhokama qilingan mavzulardan biri dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning to'ng'ich o'g'ilining Ispaniyaning
Sport Bugun, 09:51