Bugun
Jim Kerri Fransiyada faxriy "Sezar" mukofotini oldi
+10°
пасмурно ветер 1.9 м/с, С

“Roma”ning xaloskori: Shomurodov ekspertlar tomonidan qanday baholandi?

Sport
130
“Roma”ning xaloskori: Shomurodov ekspertlar tomonidan qanday baholandi?
Italiya chempionatida 31-turning eng muhim o‘yinlaridan biri poytaxt Rimdagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblar – “Roma” hamda “Yuventus” o‘zaro to‘qnashdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishiga yaqin Manuel Lokatelli gol urib, Turin superklubini hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusda Klaudio Raneri o‘yin taktikasini o‘zgartirishga qaror qildi va maydonga Eldor Shomurodovni tushirdi. O‘zbek legioneri 49-daqiqada “Yuventus” darvozasini ishg‘ol qilib jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi.

Nufuzzli manba – laroma24.it portali ekspertlari rimlik futbolchilarning muhim uchrashuvdagi harakatlarini quyidagicha baholadi.

SVILAR 7:
Juda ishonchli o‘ynadi. Niko Gonsalesning murakkab zarbasini qaytardi. Hatto burchakka yo‘naltirilgan to‘plarni ham qaytardi.

MANCHINI 6:
Butun uchrashuv davomida himoyani mustahkam ushlashga harakat qildi va buni uddaladi ham.

XUMMЕLS 5,5:
Turinlik futbolchilar nemis himoyachisining qarshiligini deyarli sezmadi. Tanaffusda o‘rnini o‘yinning bo‘lajak qahramoni Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

SHOMURODOV 7:
“Roma”ning dahshatli quroliga aylanib bormoqda. Birinchi imkoniyatdanoq gol urdi. Hujumchi sifatida o‘yinini kuchaytirib bormoqda va pressing bo‘yicha haqiqiy professionalga aylandi. Joriy mavsumda urgan oltita golidan beshtasini zaxiradan maydonga tushganidan keyin kiritdi. Eldor – Rim qiroli!

NDIKA 6,5:
Himoyaning mustahkam qo‘rg‘oni.

ChЕLIK 6:
Ancha faol o‘ynadi.

NЕLSSON 6:
72-daqiqada Chelik o‘rniga tushgan Nelsson murabbiy ishonchini oqlay oldi.

KONЕ 6,5:
Yarim himoyaning barcha hududlarida faollik ko‘rsatdi. Juda ko‘p harakat qildi va eng faol o‘yinchilardan bo‘ldi.

KRISTANTЕ 6:
To‘p nazoratini qo‘lga oldi. Raqib hujumchisi Lokatelliga nisbatan ancha samarali o‘ynadi va uni qiynab qo‘ydi. 61-daqiqada o‘rnini Leandro Paredesga bo‘shatib berdi.

PARЕDЕS 6:
Tajribali yarim himoyachi to‘p nazoratini davom ettirdi. Biroq xavfli hujumlar uyushtira olmadi.

ANJЕLINO 6:
Odatdagidek to‘p tepdi, lekin yorqin o‘yin ko‘rsatgani yo‘q.

SULЕ 5,5:
Hujumda samarasiz o‘ynadi. Oldingi chiziqdagi o‘yinchilarga yetarli yordam bera olmadi.

EL-SHAARAVI 6:
O‘yin davomida harakatlari bilan ko‘zga tashlanib turdi. Dovbik va Kristante hududlarini bog‘lab turdi.

DUAT 6:
61-daqiqada El-Shaaravi o‘rniga maydonga tushgan futbolchi jamoasining jismoniy ustunligini ta’minladi.

DOVBIK 6:
O‘yin davomida jarima maydonchasi tashqarisidan bergan birgina zarbasi bilan esda qoldi.

RANЕRI 6,5:
Raneri qo‘l ostida “Roma”ning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 15 taga yetdi. Ikkinchi bo‘lim oldidan Shomurodovni o‘yinga tushirgani o‘z samarasini berdi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda “Roma” safida A Seriya, Italiya kubogi va Yevropa ligasida jami 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

O‘xshash yangiliklar

Ronaldu "Al-Nasr"da qoladi: Yangi yulduzlar kelishi kutilmoqda
Ronaldu "Al-Nasr"da qoladi: Yangi yulduzlar kelishi kutilmoqda
Krishtianu Ronaldu yaqinda "Al-Nasr" jamoasining bir qator uchrashuvlarida maydonga tushmaganidan so'ng, klub rahbariyatidan norozi ekanligini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 05:46
"Liverpul" burchakdan uch gol urib tarix yaratdi
"Liverpul" burchakdan uch gol urib tarix yaratdi
Angliya chempionatining 28-tur uchrashuvida "Liverpul" jamoasi "Vest Xem" ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuvda mersisaydliklar
Sport Bugun, 04:35
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Kecha, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Kecha, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15