Bugun
AQSH mudofaa vaziri Rossiyaga Eronda aralashmaslikni so'radi
-5°
пасмурно ветер 3.6 м/с, С

Kamoliddin Tojiyev: "Moreyra shtabida ishlashim kerak bo‘lgandi"

Sport
32
Kamoliddin Tojiyev: "Moreyra shtabida ishlashim kerak bo‘lgandi"
Superliganing 9-turi doirasida "Buxoro" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Paxtakor" vaqtinchalik bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

- Bugun o‘yin oldidan yigitlarga berilgan rejalarning barchasi ishladi. Hamma o‘z darajasida o‘ynadi. O‘yindan oldin futbolchilarga, barcha terma jamoa darajasidagi futbolchilar ekanligini aytdik. Ularni shu orqali ruhiyatini ko‘tarmasak, ruhiy tushkunlikdan olib chiqib bo‘lmaydi. Ruhiyatni ko‘tarib olsak, bu yigitlarning barchasi yuqori darajada o‘yin ko‘rsatadigan futbolchilar. Ular bugun o‘z saviyasini namoyish qilishdi.

- Bugun futbolchilar erkin o‘ynadi, xotirjamlikni namoyish qildi. Bu "Buxoro" kabi kuchsiz jamoaning fonida shunday ko‘rindimi yoki Sizning o‘tgan yilda jamoani qo‘lingizga olganingizdan keyingi kabi futbolchilar yana kuchli o‘yin ko‘rsatishni boshladimi?

- "Buxoro"ni kuchsiz raqib deb bo‘lmaydi. Superligada hozir kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Yigitlar men kelganimga zo‘r o‘ynadi emas, shunchaki ruhiy tomonlama ko‘tarilish qilishga harakat qildik. Menimcha bu yerda menmi yoki boshqa murabbiy bo‘lsa ham, ular o‘zlarini ko‘rsatishadi.

- Moreyra davrida "Paxtakor"ga nima yetishmadi?

- Ayrim o‘yinlardagi mag‘lubiyatlardan keyin futbolchilar bilan gaplashib ko‘rdim, ular o‘zlarini yeyishni boshlashdi. Shu orqali o‘yin ham chiqmadi. 2-3 kun ichida futbolchilar bilan gaplashib, ruhiy tomonlama ko‘tarishga intildim. Tarkibdagi barcha futbolchilar termaga nomzod. Ularga o‘zlaridagi ishonchni qaytarish kerak.

- Siz uzoq yildan beri "Paxtakor"dasiz. Sizga adolatsizlik qilishayotgandek tuyulmayaptimi? Ya’ni, o‘tgan yili Maksim Shatskix ijodiy ta’tilga chiqqanida Sizning qo‘l ostingizdagi jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va keyinchalik Shatskix yana qaytdi. Bu yil ham shunday bo‘lib qolsa, adolatsizlik bo‘lmaydimi? Siz futbolchilar bilan ishlaysiz, natijalarga erishasiz. Keyin esa yana vaziyatni chigallashtirishadi. Yoki rahbariyat bilan barchasini gaplashib oldingizmi?

- Men "Paxtakor"dan ketmagandim, U19 jamoa bilan ishlayotgan edim. Moreyra boshchiligidagi murabbiylar shtabida bo‘lishim kerak edi, biroq ularning o‘zlari meni olmaslikka qaror qilishdi. Yoshlar jamoasida ishlab turib ham murabbiylar shtabi bilan gaplashib turardim. Endi buyog‘ini ko‘ramiz, barchasi rahbariyatga bog‘liq. Ular qayerda deyishsa, o‘sha yerda ishlaymiz.

- Klub xabarida Pedru Moreyra ta’tilga chiqdi deyildi. U iste’foga chiqarildimi yoki ta’tilga ketdimi?

- Bu savolga klubda ishlaydiganlar javob bera oladi.

O‘xshash yangiliklar

Galatasaroy Liverpulni Istanbulda mag'lub etdi
Galatasaroy Liverpulni Istanbulda mag'lub etdi
Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining eng qiziqarli bosqichi bo'lmish sakkizlik finalida Istanbul shahrida janjalli va kutilmagan kechgan o'yin bo'lib o'tdi. Bu haqda
Sport Bugun, 01:20
Neftchi Andijonni mag'lub etib g'alaba qozondi
Neftchi Andijonni mag'lub etib g'alaba qozondi
Superliganing uchinchi turida o'tgan muhim bahsda Neftchi jamoasi Andijonni qat'iy mag'lub etib, muxlislarni quvontirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Farg'onaliklar raqibiga
Sport Bugun, 00:50
Navbahor Paxtakorni safarda maglub etib uzoq yillik ananani uzdi
Navbahor Paxtakorni safarda maglub etib uzoq yillik ananani uzdi
Superliganing uchinchi turida muxlislar kutgan markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Toshkentda maydonga tushgan “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi
Sport Bugun, 00:48
Abduqodir Husanov Real Madridga qarshi o'yinda maydonga tushadi
Abduqodir Husanov Real Madridga qarshi o'yinda maydonga tushadi
Yevropa Chempionlar ligasi bahslarining eng qiziqarli va kutilgan uchrashuvlaridan biri 1/8 final bosqichida bo'lib o'tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu safar dunyoning eng kuchli
Sport Kecha, 23:51
Qizilqum Navoiyda Mashalni mag'lub etib ikki gol urdi
Qizilqum Navoiyda Mashalni mag'lub etib ikki gol urdi
O'zbekiston Superligasining uchinchiga o'tgan turida Navoiy shahrida katta ahamiyatga molik futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mash'al jamoasi bu
Sport Kecha, 23:40
Navbahor qorli maydonda Paxtakorni mag'lub etdi
Navbahor qorli maydonda Paxtakorni mag'lub etdi
O'zbekiston futbol Superligasining uchinchi turidagi eng diqqatga sazovor o'yin Toshkent shahrida bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu uchrashuvda qor yog'ib
Sport Kecha, 23:27