Mirjalol Qosimov: "Hisob katta, ammo bu "Navoiy FA" uchun katta dars bo‘ladi"

Sport
32
Mirjalol Qosimov: "Hisob katta, ammo bu "Navoiy FA" uchun katta dars bo‘ladi"
O‘zbekiston kubogi musobaqasining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan OKMK hamda "Navoiy FA" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yirik hisob qayd etildi. Uchrashuv Olmaliq shahridagi "OKMK" stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 12:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindan keyin OKMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar bilan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Haqiqatdan ham, bugungi bellashuv oldidan guruhdagi vaziyat aniq emasdi, har qanday natija yuz berishi mumkin edi. Shu bois ham biz maydonga deyarli asosiy futbolchilarimiz bilan tushdik. Biroq, ayrim yetakchilarimiz – Islom To‘xtaxo‘jayev, Xurshid G‘iyosov va Datsi Kleydini bugungi o‘yinda zaxirada qoldirishni lozim ko‘rdik. Bunday qarorga kelishimizdan maqsad yosh futbolchilarimizga imkon berish, ularni katta o‘yinlarga ruhan va jismonan tayyorlash edi.

O‘yin o‘z maydonimizda bo‘lgani uchun muxlislarimizga chiroyli bayram sovg‘a qilishni rejalashtirgandik. Gollarning ko‘pligi ham muxlislarimizni xursand qilish va guruh bosqichida oxirgi turdagi hisob-kitoblarimiz uchun muhim ahamiyatga ega edi. Nazarimda, shu jihatdan maqsadimizga erishdik.

Albatta, raqibimiz "Navoiy FA" uchun bu mag‘lubiyat ancha og‘riqli bo‘lgani tabiiy. Lekin men raqib jamoaning yosh va iqtidorli futbolchilaridan ko‘ngillarini cho‘ktirmasliklarini, ruhan sinmasliklarini so‘rab qolardim. Ha, hisob katta bo‘ldi, ammo bu yosh futbolchilar uchun kelajakka qo‘yiladigan ilk qadam va muhim dars bo‘ladi. Ular shunday o‘yinlarda toblanib, katta futbolda kuchliroq va tajribaliroq bo‘lib yetishadilar.

Hozir O‘zbekiston futbolida yoshlar va akademiyalarga katta imkoniyatlar yaratilayotgan bir paytda, shu imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, o‘z ustilarida ishlashni davom ettirishlari kerak. Ushbu o‘yin "Navoiy FA" jamoasidagi yosh yigitlar uchun yaxshi tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonaman", – deb fikrlarini yakunladi Mirjalol Qosimov.

Ushbu natija bilan OKMK jamoasi O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida muhim g‘alabaga erishib, keyingi bosqich uchun katta qadam tashladi.

O‘xshash yangiliklar

Real Madrid futbolchilari Arbeloa tarafini qat'iy tomon tutmoqda
Real Madrid futbolchilari Arbeloa tarafini qat'iy tomon tutmoqda
Ispaniyalik Marca nashri xabar berishicha, Real Madrid futbol klubi tarkibining katta qismi joriy mavsumda bosh murabbiy lavozimini egallagan Alvaro Arbeloa tarafini tutmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 12:41
Yurgen Klopp Real Madrid mish-mishlarini rad etdi
Yurgen Klopp Real Madrid mish-mishlarini rad etdi
"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp yaqinda "Real" Madrid bilan bog‘liq tarqalgan mish-mishlar haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 11:39
Gvardiola ketishi mumkin Kompani Manchester Sitiga tayinlanadi
Gvardiola ketishi mumkin Kompani Manchester Sitiga tayinlanadi
«Manchester Siti» futbol klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum oxirida lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ispaniyalik mutaxassis 2016
Sport Bugun, 11:27
Klopp Real Madridga o'tish xabarlarini asossiz deb rad etdi
Klopp Real Madridga o'tish xabarlarini asossiz deb rad etdi
Jurgen Klopp o'zini Ispaniyaning mashhur Real Madrid klubi boshqaruviga o'tishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu mish-mishlarni asossiz deb bilib,
Sport Bugun, 09:04
Enzo Fernandes Real Madridga o'tishni 2026 yilgacha kechiktirdi
Enzo Fernandes Real Madridga o'tishni 2026 yilgacha kechiktirdi
Argentina terma jamoasi futbolchisi Enzo Fernandes o'zining bugungi kelajagi va "Real Madrid" klubiga o'tish haqidagi mish-mishlar borasida ochiq bayonot berdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 08:50
Ryudiger agressiv o'yin uslubi haqida tanqidlarga javob berdi
Ryudiger agressiv o'yin uslubi haqida tanqidlarga javob berdi
Real Madrid jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger o'zining maydondagi agressiv uslubiga oid tanqidlarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ko'plab muxlislar va mutaxassislar uning
Sport Bugun, 08:25