Bugun
Rossiya terma jamoasi Mali bilan o‘ynashi kutilmoqda
+8°
пасмурно ветер 4.3 м/с, СЗ

Brunu Fernandesh “Al-Hilol”dan taklif oldi — javob kutilayapti!

Sport
68
Brunu Fernandesh “Al-Hilol”dan taklif oldi — javob kutilayapti!
Yevropa futbolida porlagan yulduzlar Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olayotgani yangilik emas. Endi esa navbat “Manchester Yunayted”ning o‘yinlarni boshqaruvchi yetakchisi Brunu Fernandeshga yetib kelgan ko‘rinadi. Taniqli jurnalist Ben Jeykobs tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi Saudiyaning eng nufuzli klublaridan biri — “Al-Hilol”ning jiddiy e’tiborida.

Manbalarga ko‘ra, Fernandeshning agenti Migel Pinyu shu haftaning boshida Riyodga borib, “Al-Hilol” rahbarlari, jumladan klub prezidenti Fahad bin Nafal bilan muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuv davomida tomonlar futbolchining transferi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishishgan.

“Al-Hilol” Jahon klublar chempionati boshlanishidan avval yulduz futbolchilarni jamoasiga jalb qilishni maqsad qilgan. Shu sababli, ular Brunu Fernandeshdan javobni uzog‘i bilan payshanbagacha berishini so‘rashgan. So‘nggi 48 soat ichida klub vakillari transferni amalga oshirish bo‘yicha faol harakatlarni boshlagan.

Ayni paytda “Al-Hilol” manbalari Brunu Fernandesh bu taklifni rad etmaganini ma’lum qilgan. Bu esa futbolchi ushbu yangi chaqiriqni jiddiy qabul qilayotganini ko‘rsatadi. Ammo “Manchester Yunayted” rahbariyati ushbu vaziyatda o‘z sardorini qo‘ldan chiqarishni mutlaqo istamayapti va futbolchining ketishiga rozi emas.

Brunu Fernandesh joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasiga 6 ta gol va 10 ta aniq golli uzatma bilan yordam berdi. Uning faoliyati “Yunayted” uchun nafaqat statistika jihatidan, balki taktik va ruhiy jihatdan ham alohida ahamiyatga ega.

Fernandeshning “Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Mutassaddilarning baholashicha, Transfermarkt portalida uning transfer qiymati 55 million yevro atrofida baholanmoqda. Bu summa “Al-Hilol” uchun to‘siq bo‘lmasligi mumkin — chunki klub transfer bozorida yirik sarmoyalar bilan faol harakat qilmoqda.

Endi esa barcha diqqat Brunu Fernandeshning shaxsiy qarorida. U kelgusi faoliyatini Yevropa futbolida davom ettiradimi yoki Saudiya ligasida yangi sahifa ochadimi — buni yaqin kunlar ko‘rsatadi.

Zamin.uz tahririyati Fernandeshning qarorini sabrsizlik bilan kutayotgan millionlab futbol ishqibozlari qatorida. Batafsil yangiliklar va rasmiy ma’lumotlar esa bizning saytimizda!

O‘xshash yangiliklar

Rossiya terma jamoasi Mali bilan o‘ynashi kutilmoqda
Rossiya terma jamoasi Mali bilan o‘ynashi kutilmoqda
Rossiya terma jamoasining bahorgi yig‘ini boshlanishiga bir oydan ham kam vaqt qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq, Rossiya futbol ittifoqi hali o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘yicha raqiblar
Sport Bugun, 13:13
Kurtua: «Sporting» kuchli, «Siti» bilan uchrashuv ehtimoli yuqori
Kurtua: «Sporting» kuchli, «Siti» bilan uchrashuv ehtimoli yuqori
«Real Madrid» darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi oldidan ehtimoliy raqiblar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, bu
Sport Bugun, 12:18
Ronaldu yozda «Chelsi»ga o‘tishi mumkinmi?
Ronaldu yozda «Chelsi»ga o‘tishi mumkinmi?
Krishtianu Ronaldu haqida transfer mish-mishlari yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hozirda «An Nasr» hujumchisi bo‘lgan portugaliyalik yulduz yozda Yevropaga qaytishi
Sport Bugun, 12:00
Nikolаs Jekson "Bavariya"dagi holatidan norozi
Nikolаs Jekson "Bavariya"dagi holatidan norozi
Myunxenning "Bavariya" futbol klubi hujumchisi Nikolаs Jekson o‘zining jamoadagi holatidan norozi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda "Euro-football.ru" xabar beradi.
Sport Bugun, 11:50
«Real» «Benfika»ni mag‘lub etib, keyingiga o‘tdi
«Real» «Benfika»ni mag‘lub etib, keyingiga o‘tdi
Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Benfika»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘yin yakunidan so‘ng jamoa bosh
Sport Bugun, 11:38
«Galatasaray» futbolchilari uch oydan beri maosh olmagan
«Galatasaray» futbolchilari uch oydan beri maosh olmagan
Kuni kecha «Galatasaray» klubi atrofida noxush xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchilar uch oydan beri o‘z maoshlarini ololmayapti. Bu haqda TR24 portali
Sport Bugun, 11:34