Bugun
Nagelsmann Goreskaga Milliy Jamoada Ishonch Bildirmoqda
+10°
пасмурно ветер 1.4 м/с, Ю

Qatar yulduzi O‘zbekistonga qarshi muhim o‘yin haqida keskin gapirdi!

Sport
50
Qatar yulduzi O‘zbekistonga qarshi muhim o‘yin haqida keskin gapirdi!
Qatar terma jamoasi himoyachisi, 27 yoshli futbolchi Tariq Salmon jahon chempionati 3-saralash bosqichining 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘ziga xos fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz uchun Eronga qarshi so‘nggi o‘yin juda qiyin va muhim ahamiyat kasb etardi. Bu o‘yin yangi murabbiyimiz qo‘l ostidagi ilk jiddiy imtihon edi. Garchi to‘g‘ridan to‘g‘ri Jahon chempionatiga chiqish maqsadimizga erishmagan bo‘lsak-da, hali imkoniyatlarimiz bor. Endi biz pley-off bosqichida kurash olib boramiz va bu imkoniyatni hech qanday qiymat evaziga qo‘ldan boy bermaslikka harakat qilamiz", — dedi u.

Futbolchi, shuningdek, O‘zbekistonga qarshi bo‘ladigan o‘yinning o‘ziga xos jihatlariga ham to‘xtalib o‘tdi:

"Shubhasiz, O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yin oson kechmaydi. Ular tarixida birinchi marta jahon chempionatiga yo‘llanma olib, hali ham bayram kayfiyatida yurishibdi. Tabiiyki, o‘z muxlislari oldida mag‘lub bo‘lishni xohlashmaydi. Bu vaziyat bizga ham tegishlidir, chunki biz o‘z guruhimizda Eron kabi qudratli raqibni mag‘lub etgan yagona jamoamiz. Shuningdek, O‘zbekistonga nisbatan ham xuddi shunday fikrni ishlatish mumkin, chunki biz ularni ham guruhda yenggan yagona terma jamoamiz. Bu natijalar Qatar terma jamoasining juda kuchli va jiddiy raqib ekanligini ko‘rsatadi".

Salmon o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rilganini ta’kidlab, qo‘shimcha qildi:

"Inshaalloh, bo‘lajak bellashuvga to‘liq tayyormiz. Murabbiyimiz bu uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashimizni istamaydi va biz ham o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz yuqori. Muxlislarimizni quvontiradigan natija bilan maydonni tark etamiz".

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Qatar o‘rtasidagi o‘yin 10 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan oldin jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qatar jamoasi saralash bosqichining pley-offida ishtirok etish uchun yana bir bor kuch sinashadi. Bu o‘yin har ikki terma jamoa uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Premer-ligada Standart Vaziyatlar Bo'yicha Murabbiylar Bahsi Qiziyapti
Premer-ligada Standart Vaziyatlar Bo'yicha Murabbiylar Bahsi Qiziyapti
Angliya Premer-ligasida standart vaziyatlar orqali urilgan gollar mavzusi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu borada murabbiylar o'rtasida bahslar
Sport Bugun, 23:06
Nagelsmann Goreskaga Milliy Jamoada Ishonch Bildirmoqda
Nagelsmann Goreskaga Milliy Jamoada Ishonch Bildirmoqda
Germaniya terma jamoasining bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreskaga hali ham katta ishonch bildirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Bugun, 22:55
Gallardo "Banfield" ustidan g'alaba bilan xayrlashdi
Gallardo "Banfield" ustidan g'alaba bilan xayrlashdi
Marselo Gallardo murabbiy sifatida so'nggi uchrashuvini o'tkazdi va uning jamoasi «Banfield»ga qarshi o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 22:47
FIFA 2026 yilgi chempionatni AQShdan olmaydi
FIFA 2026 yilgi chempionatni AQShdan olmaydi
RFSning faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskovning fikricha, FIFA 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatini AQShdan olib qo'yishi ehtimoli juda kam. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 22:38
"Shanxay Shenxua" Chempionlar ligasi pley-offidan chetda qoldi
"Shanxay Shenxua" Chempionlar ligasi pley-offidan chetda qoldi
"Shanxay Shenxua" jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 8-turda ular "Buriram
Sport Bugun, 22:11
Ronaldu jarohatlandi: "Al-Nasr" g'alaba qozondi
Ronaldu jarohatlandi: "Al-Nasr" g'alaba qozondi
"Al-Nasr" jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al-Feyha"ga qarshi shanba kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda majburan almashtirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 22:04