Bugun
Laporta Xavini oilaviy hayot va ishni muvozanatda ushlay olmaganlikda aybladi
+3°
пасмурно ветер 1.5 м/с, ЮЗ

Eldor Shomurodovning faoliyatida katta oʻzgarish!

Sport
122
Eldor Shomurodovning faoliyatida katta oʻzgarish!
Klaudio Raneri bosh murabbiy etib tayinlanganidan bir necha oy oʻtib, “Roma” Italiya chempionatining qudratli jamoalaridan biriga aylandi.

Chempionat boshida autsayderlar qatoriga tushib qolgan rimliklar nihoyat 26-turga kelib, Evropa miqyosidagi musobaqalarga yoʻllanma beradigan kuchli oltilikka yaqinlashib oldi. Ayni paytda oltinchi oʻrinda borayotgan “Fiorentina” bilan toʻqqizinchi pogʻonaga koʻtarilgan “Roma” oʻrtasidagi farq ikki ochkoni tashkil qilmoqda. Oʻrtada rimliklar bir ochko koʻp toʻplagan “Milan” va “Bolonya” bor.

Bundan tashqari, “Roma” Evropa Ligasida bosh sovrin uchun kurashni davom ettirayotgani ham poytaxtlik futbol ishqibozlarini xursand qilyapti.

Ahamiyatli tomoni shundaki, “boʻrilar”ning soʻnggi paytlardagi muvaffaqiyatlarida Eldor Shomurodov juda katta rol oʻynamoqda. Legionerimiz oʻz gollari, assistlari va oʻyin natijasiga harakat qilayotgan harakatlari bilan jamoasi muvaffaqiyatini ta'minlab kelmoqda.

Italiya futboli afsonalaridan Anjelo Di Livio Klaudio Raneri qoʻl ostida “Roma” qayta shakllanayotgani va bu jarayonda Eldor Shomurodovning roliga baho berdi.

- "Menga “Roma”ning “Montsa” bilan oʻyinda gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi, oʻziga xos oʻyini va yondashuvi juda ma'qul kelganini aytishim kerak. Jamoa uchrashuvni zoʻr oʻtkazdi va bundan hamma rohat oldi.

Mavsumning birinchi qismida inqirozni boshidan oʻtkazgan futbolchilar endi maydonda yana javlon urmoqda. Bunda ajoyib murabbiy Klaudio Ranerining hissasi katta. Bu mutaxassis menga “Lester”ni qanday qilib tarixda ilk bor Angliya chempioniga aylantirganini tushuntirib berishi kerak.

“Roma”ning hozirgi tarkibi A Seriya jadvalida yanada yuqoriga koʻtarilishga va Evropa ligasida bosh sovrin uchun kurashishga qodir.

Keyingi uchrashuvlarda hujum chizigʻida Eldor Shomurodovning oʻynayotgani juda toʻgʻri qaror boʻldi. Agar men Klaudio Ranerining oʻrnida boʻlganimda oʻzbek futbolchisini muntazam boshlangʻich tarkibda maydonga tushirgan boʻlardim", - dedi Anjelo Di Livio.

Eldor Shomurodovning jamoadagi ahamiyati va roli oshib borayotganini Italiya futbolini tahlil qilib borayotgan boshqa manbalar ham e'tirof etmoqda.

- "Shomurodov “Roma” tizimida ideal darajadagi muhim figuraga aylandi. Bu futbolchini yozda va yanvarda sotib yubirmoqchi boʻlishgan edi. Endi u Artyom Dovbikning asosiy tarkibdagi joyini olib qoʻymoqda.

Kuni kecha oʻzbek futbolchisi “Montsa”ga qarshi “Olimpiko”dagi faoliyati davomida eng zoʻr oʻyinini oʻtkazdi. Aleksis Salemakersga golli pas uzatdi va oʻzi ham raqib darvozasini ishgʻol qilib, amalda oʻyin taqdirini hal etdi.

Jamodoni doim qoʻlida boʻlgan va ketishga tayyor turgan Shomurodov oʻziga berilgan kichik imkoniyatlardan unumli foydalanib, endi oʻrinbosar tamgʻasidan qutilib, “Roma” murabbiylari va muxlislari ishonchini qozondi", - deb yozmoqda Corriere dello Sport gazetasi.

Darhaqiqat, Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlar – A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasida 23 marotaba maydonga tushib, toʻrtta gol va uchta assist muallifi boʻldi.

O‘xshash yangiliklar

Laporta Xavini oilaviy hayot va ishni muvozanatda ushlay olmaganlikda aybladi
Laporta Xavini oilaviy hayot va ishni muvozanatda ushlay olmaganlikda aybladi
Barselona futbol klubi prezidenti Joan Laporta yaqin kelajakda bo'lib o'tadigan saylovlar oldidan tashkil etilgan rasmiy debatda o'zining sobiq murabbiyi Xavi Ernandesga nisbatan
Sport Bugun, 11:11
Neymar 2026 Jahon chempionatiga tayyorgarlikda muhim qadam tashladi
Neymar 2026 Jahon chempionatiga tayyorgarlikda muhim qadam tashladi
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelgusi yili bo'lib o'tadigan 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida dastlabki kengaytirilgan tarkibni
Sport Bugun, 10:40
O'zbekistonlik hakamlar Yaponiya va Koreya klublari bahsini boshqaradi
O'zbekistonlik hakamlar Yaponiya va Koreya klublari bahsini boshqaradi
O'zbekistonlik futbol hakamlari xalqaro maydonlarda o'zlarining keng ko'lamli tajribasi va mahoratini muntazam ravishda namoyon etib kelmoqdalar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bugun
Sport Bugun, 10:20
Infantino futbol jahon chempionati geosiyosiy vaziyatga qaramay o'tkaziladi
Infantino futbol jahon chempionati geosiyosiy vaziyatga qaramay o'tkaziladi
FIFA prezidenti Janni Infantino yaqin kelajakda bo'lib o'tadigan yirik futbol musobaqasi haqida mulohazalarini bildirib, 2026 yilda Amerika Qo'shma Shtatlari, Meksika va Kanadada
Sport Bugun, 10:15
Sobiq futbolchi PSJning bugungi holatini achinarli deb baholadi
Sobiq futbolchi PSJning bugungi holatini achinarli deb baholadi
Fransiyaning PSJ futzal klubi hozirda o'z tarixidagi eng og'ir va sinovli davrlardan birini boshdan kechirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jamoa o'z uyida Monako klubiga qarshi
Sport Bugun, 10:01
Latsio jamoasi Sassuoloni maglub etib muhim g'alaba qozondi
Latsio jamoasi Sassuoloni maglub etib muhim g'alaba qozondi
Italiya oliy futbol ligasining so'nggi turida Rim shahrida o'tgan bahs muxlislar uchun haqiqiy sport dramasi bo'lib qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Latsio va Sassuolo jamoalari
Sport Bugun, 09:22