Bugun
Abduqodir Husanov: “Manchester Siti”ning ishonchli himoyachisi
+12°
пасмурно ветер 1 м/с, ЮЗ

“Tottenxem” yulduzi Abduqodir Husanovga tan berdi! (video)

Sport
87
“Tottenxem” yulduzi Abduqodir Husanovga tan berdi! (video)
Angliya Premer-ligasi doirasida “Tottenxem” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuvning qahramonlaridan biri Abduqodir Husanov bo‘ldi.

Legionerimiz uchrashuv davomida raqib hujumchilariga gol urish imkonini bermadi va “shaharliklar”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Ko‘pchilikning e’tiborini o‘yindan keyin “Tottenxem” futbolchilari, xususan, jamoa sardori Son Xyon Min kelib, Abduqodirni tabriklagan va unga yaxshi fikrlar bildirgan vaziyat tortdi.

Nufuzli manbalardan biri – manchestercity.news sayti eksperti Shrinivas Sadxanand koreyalik futbolchi nega bunday qilganiga oydinlik kiritdi.

- Pep Gvardiola Husanovning “Tottenxem”ga qarshi o‘yinini yuqori baholadi. Chunki o‘zbek futbolchisi butun uchrashuv davomida yuqori darajada o‘ynadi, “Siti”ning mudofaa chizig‘idagi tayanchi bo‘ldi, raqib hujumlarini kesib qo‘ydi, mezbonlarning darvozaga xavf solishiga yo‘l qo‘ymadi.

Ayniqsa, Husanovning keng maydon bo‘ylab, katta tezlikda yugurib, bor kuchini sarflagani hammada yaxshi taassurot qoldirdi. Agar o‘zbek himoyachisi bo‘lmaganida, “Tottenxem” bitta yoki ikkita gol urishi aniq edi. Chunki ular “Manchester Siti”ga qarshi hujumlar orqali katta xavf soldi.

Husanov to‘pni mahorat bilan nazorat qilishdan tashqari, uzoq masofadan turib, Jeremi Doku va Savinoga aniq to‘p uzatish orqali ularni hujumga tashladi. Bir so‘z bilan aytganda, Husanov kechagi kunda “Siti” libosida o‘ynayotgan eng yorqin futbolchiga aylanib bo‘ldi.

“Manchester Siti” yanvarda olingan o‘yinchilarning darrov ishga kirishib ketganidan xursand bo‘lishi mumkin. Vitor Reys, Niko Gonsales va Umar Marmush orasida Abduqodir Husanov eng yaxshi tanlov bo‘lgani oydinlashib bormoqda.

Bellashuvdan keyin “Tottenxem” sardori Son Xyon Min Husanovga kelib, bosh barmog‘ini yuqori ko‘tarib, uni zo‘r o‘yin bilan tabrikladi. Son Angliya Premer-ligasida eng kuchli hujumchilardan biri sanaladi. U “Siti”ning yangi himoyachisidan o‘tish uchun ancha kuch sarflagan bo‘lsa-da, buni uddalay olmadi va oxiri Husanovning mahoratiga tan berganini ko‘rsatdi.

Statistik ko‘rsatkichlar ham hujumchi va himoyachi raqobatida Abduqodir Sondan ustun kelganidan dalolat bermoqda. Odatda, koreyalik yulduz muntazam “Manchester Siti” darvozasiga xavf solib kelgan. Bu bahsda ham hisobni tenglashtirishga yaqin keldi.

Ligada Son Xyon Minning gol urish va assist qilish qobiliyati doim yuqori baholanib keladi. Lekin bu gal Husanov o‘zaro to‘qnashuvlarda biror marotaba unga imkoniyatni boy bermadi. Shundan so‘ng, Son Xyon Min “Manchester Siti”ning yosh himoyachisi salohiyatini e’tirof etgan holda unga o‘z tilaklarini bildirishga qaror qildi va uning bu ishi “Manchester Siti” muxlislariga ma’qul kelganiga shubha yo‘q, - deb yozmoqda Shrinivas Sadxanand.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 20 yanvar kuni “Lans”dan “Manchester Siti” jaomasiga ko‘chib o‘tdi. Shundan beri legionerimiz Premer-Liga, Angliya kubogi va Yevropa Chempionlar ligasi doirasida beshta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari bitta gol ham urdi.

Husanov Angliya maydonlarida ham yuqori saviyali o‘yin namoyish qilmoqda va bugungi kunda haqiqatan Premer-liganing eng yorqin kashfiyotiga aylanib boryapti.

O‘xshash yangiliklar

«Benfika» va «Real» o‘rtasidagi bahsga tayyorgarlik
«Benfika» va «Real» o‘rtasidagi bahsga tayyorgarlik
Bugun, 2026-yil 17-fevral kuni Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi 1/16 final bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvda «Benfika» klubi Madridning «Real»
Sport Bugun, 04:31
Ronaldu "Arkadag"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
Ronaldu "Arkadag"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
"Al-Nasr" jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligi sabablarini tushuntirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Bugun, 04:17
Golovin 2026 yilda "Monako"ni tark etishi mumkin
Golovin 2026 yilda "Monako"ni tark etishi mumkin
Futbol agenti Paulu Barbosa rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovinning 2025/2026 yilgi mavsum yakunida "Monako" klubini tark etishi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 04:10
Pimenov: Rossiya uchun har qanday o‘yin foydali
Pimenov: Rossiya uchun har qanday o‘yin foydali
Sobiq futbolchi Ruslan Pimenov Rossiya terma jamoasining 2026 yil mart oyida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 03:37
Di Mariya harakatlari futbol muxlislarini ikki lagerga bo‘ldi
Di Mariya harakatlari futbol muxlislarini ikki lagerga bo‘ldi
Anxel Di Mariya yaqinda Argentinaga qaytib, futbol faoliyatini davom ettirishni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U "Rosario Sentral" jamoasida o‘ynayotgan bo‘lsa-da, uning
Sport Bugun, 03:25
Ikardi "Galatasaray" tarixidagi eng sermahsul legioner bo‘ldi
Ikardi "Galatasaray" tarixidagi eng sermahsul legioner bo‘ldi
Turkiya chempionatining 22-turida "Galatasaray" jamoasi "Eyupspor" ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yinda argentinalik hujumchi Mauro
Sport Bugun, 03:24