Bugun
O‘zbekistonda 27–28-noyabr kunlari magnit bo‘ronlari kutilmoqda
+11°
дымка ветер 1 м/с, ЮВ

Ilon Maskning «eng aqlli» chat-boti ishga tushdi (endi bepul)

Texnologiya
129

Ilon Maskning «eng aqlli» chat-boti ishga tushdi (endi bepul)
Milliarder Ilon Maskka tegishli xAI kompaniyasi sun'iy intellektga asoslangan til modeli — Grok 3 ishga tushirilganini e'lon qildi.

«Bu yuz berdi: dunyodagi eng aqlli Grok 3 sun'iy intellekt modeli endi bepul», — deyiladi X ijtimoiy tarmogʻida joylangan xabarda.

Postda chat-botga kirib foydalanish uchun havola ham koʻrsatilgan.

X Premium+ va SuperGrok pulli obuna versiyalari egalari kengaytirilgan funktsiyalardan foydalana oladilar, qolaversa, ovozli rejim va boshqa qoʻshimcha qulayliklar ularga hammadan oldin taqdim etiladi.

Bir necha kun avval Ilon Mask Grok 3 taqdim etilishidan darak berib, uni mavjud sun'iy intellekt chat-botlari orasida eng aqllisi, deya ta'riflagandi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Xiaomi yangi aqlli elektr yopinchiqni taqdim etdi
Xiaomi yangi aqlli elektr yopinchiqni taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasi innovatsiyalar sohasida yangi mahsulotni taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mijia Smart Electric Blanket nomli aqlli elektr yopinchiq sovuq fasllarda foydalanuvchilarga
Texnologiya 22:28, 28-10-2025
Xorijdagi o‘zbekistonliklarga bank ilovalarida cheklovlar qo‘yildi
Xorijdagi o‘zbekistonliklarga bank ilovalarida cheklovlar qo‘yildi
So‘nggi vaqtlarda xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar banking ilovalaridan foydalanishda qator muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayniqsa, telefon almashtirilganda yoki
Texnologiya 21:12, 28-10-2025