Bugun
Saida Mirziyoyeva JST Bosh direktori bilan uchrashdi
+21°
ясно ветер 3.1 м/с, ЮЗ

Chery’dan 5 metrlik SUV: 1300 km yuradi va 5 soniyada tezlashadi

Avto
123

Chery’dan 5 metrlik SUV: 1300 km yuradi va 5 soniyada tezlashadi
Chery kompaniyasining subbrendi Exeed o‘zining eng ilg‘or gibrid modeli — Lingyun C-DM flagman krossoverini taqdim etdi, deb xabar berdi Speedme.ru.

5 metrdan uzun bo‘lgan bu model 6 va 7 o‘rinli variantlarda mavjud. 1.5 turbomotor va to‘rt elektrodvigatelga ega tizim yordamida avtomobil faqat elektrda 180 km, umumiy gibrid rejimda esa 1300 km yo‘l bosishi mumkin.

Yangi 3 pog‘onali DHT gibrid transmissiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, umumiy burama moment 920 N·m ni tashkil etadi. 0 dan 100 km/soatgacha tezlashish esa atigi 5 soniyani tashkil qiladi. Yoqilg‘i sarfi — 6,88 l/100 km.

CATL M3P batareyasi (34,46 kVt/soat) 6,6 kVtgacha tashqi quvvat uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Xavfsizlik darajasi ham yuqori — kuzovning 85 foizi yuqori mustahkamlikdagi po‘latdan tayyorlangan, 10 ta xavfsizlik yostiqchasi va 32 ta haydovchi yordamchi tizimi mavjud.

Avtomobil narxi 209 900 yuandan boshlanadi, bu esa taxminan 356 million so‘m ni tashkil qiladi. Lingyun C-DM Xitoyda eng ilg‘or gibrid SUVlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Chery Exeed Exlantix Nio akkumulyator almashtirish texnologiyasi bilan avtomobillarni taqdim etadi
Chery Exeed Exlantix Nio akkumulyator almashtirish texnologiyasi bilan avtomobillarni taqdim etadi
Chery kompaniyasining subbrendi Exeed 2025-yilning uchinchi choragida Nio tomonidan ishlab chiqilgan akkumulyator almashtirish texnologiyasi bilan jihozlangan avtomobillarni ishlab chiqarishni
Avto 08:45, 13-01-2025
Dunyodagi eng noodatiy avtomobillar (foto)
Dunyodagi eng noodatiy avtomobillar (foto)
Avtomobil sanoati yillar davomida hayratlanarli ixtirolarga boyib bormoqda. Noodatiy avtomobillarni ishlab chiqarish uchun esa nafaqat zamonaviy texnologiya, balki chuqur muhandislik va dizaynerlik
Avto 08:03, 25-03-2025
Haval Rossiyada yangi F7x krossoverini sotuvga chiqaradi: narxlari, jihozlari va innovatsion funksiyalari
Haval Rossiyada yangi F7x krossoverini sotuvga chiqaradi: narxlari, jihozlari va innovatsion funksiyalari
Haval kompaniyasi Rossiya bozori uchun yangi avlod F7x krossoverining narxlari va jihozlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Mashhur model 2025 yilning ikkinchi choragidan boshlab sotuvga chiqadi
Avto 11:01, 30-04-2025
Citroеn yangi avlod C5 Aircross krossoverini rasman taqdim qildi
Citroеn yangi avlod C5 Aircross krossoverini rasman taqdim qildi
Fransiyaning mashhur avtomobilsozlik kompaniyasi Citroеn yangi, ikkinchi avlod C5 Aircross krossoverini keng jamoatchilikka tanishtirdi. Yangi model brendinging zamonaviy uslubidagi dizayni, yangi
Avto 18:47, 29-04-2025
«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
Bugun, 21 may kuni Bilbaoda Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Angliyaning ikki jamoasi – «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» nufuz jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan yevrokubok uchun o‘zaro
Sport 16:11, 21-05-2025