Bugun
Portu Rugani transferi uchun Juventus bilan muzokara qiladi
+30°
ясно ветер 3.1 м/с, Ю

Xitoy krossoveri Dongfeng 580’ning salbiy jihatlari ma'lum boʻldi

Avto
107

Xitoy krossoveri Dongfeng 580’ning salbiy jihatlari ma'lum boʻldi
Avtoekspert Sergey Zinovev xitoylik Dongfeng 580 krossoverining toʻrtta kamchiligi haqida gapirdi.

Unga koʻra, 1.8 litrli dvigatel Toyota 1ZZ-FE’ning modifikatsiyasi boʻlib, butunlay alyuminiydan yasalgan va moy sarfini oshirishi hamda ayrim sensorlarning ishlamay qolishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, 1.5 litrli motor bilan jihozlangan versiyadagi Punch VT3 variatori ishonchsiz boʻlib, tez-tez ta'mirtalab boʻladi. Ba'zi hollarda u hatto 50 ming kmgacha etib bormay ishdan chiqishi mumkin.

Shunga qaramay, eng oddiy komplektatsiyadagi mashinada ham kalitsiz kirish tizimi, adaptiv kruiz-kontrol va parkovka yordamchisi mavjud. Avtomobilning yurish sifati ham yomon emas.

Bundan avval Sergey Zinovev Changan CS35 Plus krossoverining ijobiy jihatlarini sanab oʻtgan edi.

Unga koʻra, 1.6 litrli atmosferli dvigatel toʻgʻridan-toʻgʻri yoqilgʻi purkash tizimiga ega. Koʻpchilik avtomobillar Aisin TF-73SC gidravlik avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan boʻlib, u juda ishonchli deb hisoblanadi. Mutaxassisning fikricha, bu kombinatsiya eng yaxshilaridan biri.

Ekspertning ta'kidlashicha, avtomobil 80-100 ming km masofaga etguncha hech qanday jiddiy muammoga duch kelmaydi, faqat elektronika vaqt-vaqti bilan nosozliklarga uchrashi mumkin. Mashinaning osma tizimi mustahkam, farlarining yorugʻligi ham yuqori sifatli.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Joriy yilning 27 aprel sanasida Toshkent shahrida ko‘cha futboli bo‘yicha o‘ziga xos va qiziqarli formatda o‘tkazilgan Red Bull Four 2 Score xalqaro turnirining milliy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Sport 15:28, 28-04-2025
Dunyodagi eng noodatiy avtomobillar (foto)
Dunyodagi eng noodatiy avtomobillar (foto)
Avtomobil sanoati yillar davomida hayratlanarli ixtirolarga boyib bormoqda. Noodatiy avtomobillarni ishlab chiqarish uchun esa nafaqat zamonaviy texnologiya, balki chuqur muhandislik va dizaynerlik
Avto 08:03, 25-03-2025
Toyota’ning eng qadri saqlanuvchi modeli aniq bo‘ldi
Toyota’ning eng qadri saqlanuvchi modeli aniq bo‘ldi
Toyota RAV4 o‘tgan yili 1 million 80 ming dona sotilib, dunyodagi eng ko‘p sotilgan krossoverlardan biri bo‘ldi. Ammo bu uni qayta sotishda eng likvid mashina deya olmaymiz, deb Daily-motor.ru xabar
Avto 14:30, 2-04-2025
Xitoyda 2024 yilning eng sifatli avtomobillari aniqlandi: yetakchi brendlar ma’lum bo‘ldi
Xitoyda 2024 yilning eng sifatli avtomobillari aniqlandi: yetakchi brendlar ma’lum bo‘ldi
Voyah Free. Xitoyda 2024 yilda sotilgan avtomobillarning sifat reytingi e’lon qilindi. Ushbu reytingda mashinalarning sifati turli nuqsonlar va buzilishlar soni bo‘yicha baholandi. Bunda har bir
Avto 16:48, 28-04-2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
2024 yilda global miqyosdagi avtomobillar sotuvi 88,2 million donani tashkil etdi. Bu 2023 yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘p. Xo‘sh, o‘tgan yili avtomobil sanoatida qanday o‘zgarishlar yuz bergan? LMC
Avto 17:57, 23-03-2025