Bugun
Ravshan Komilov qimmat kostyumini ijaraga bermaydi
+10°
пасмурно ветер 2.3 м/с, СЗ

Qo‘shma Shtatlar Zelenskiyni yiqitmoqchimi?

Dunyo
108
Qo‘shma Shtatlar Zelenskiyni yiqitmoqchimi?
Ukraina bilan munosabatlarda AQSHning yangi geosiyosiy manyovrlari kuzatilmoqda. Tramp jamoasining Poroshenko va Timoshenko bilan uchrashuvi Zelenskiyga signal sifatida talqin qilinmoqda. Bu fonda Ukrainada saylov ehtimoli haqida taxminlar kuchaymoqda. Shu bilan birga, Yevropa xavfsizlik arxitekturasi bo‘yicha yangi muhokamalar boshlangan – 800 milliard yetarlimi? “Geosiyosat”da tahlilchilar Shuhrat Rasul, Oybek Sirojov va Abduvali Soyibnazarov mavzu yuzasidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Tramp jamoasi vakillari Ukraina sobiq prezidenti Petro Poroshenko va sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko bilan uchrashishi sababi nimada?

Shuhrat Rasul: Biz Tramp va Zelenskiy munosabatlari sovuq ekanini bilamiz. Amerikaliklarning Yuliya Timoshenko yoki Poroshenko bilan uchrashishdan maqsadi o‘ziga xos Zelenskiyga chaqiriq, mana shu fonda ko‘plab ekspertlar Ukrainada endi saylov bo‘lishi mumkinligini aytyapti.

Lekin Poroshenko qanchalik Zelenskiyga muxolif bo‘lmasin, hozirgi vaziyatda mamlakat rahbarini qo‘llashini bildirib, urush vaqtida saylovlar o‘tkazilmagani ma’qulligini aytdi. Shu bilan birga u AQSH bilan Zelenskiyga qarshi biror harakatni muhokama qilmaganini bildirdi.

Bundan tashqari xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘lgan Valeriy Zalujniy ham mamlakat birdamligini qo‘llab, Trampning siyosatini tanqid qilib chiqdi va Ukraina birdamligini dunyoga ko‘rsatdi deyish mumkin.

Yevropa 800 mlrd dollar evaziga qayta qurollantirishdan ko‘ra NATOga shu mablag‘ni sarflagani maqbul emasmi?

Oybek Sirojov: AQSH o‘rnini bosish maqsadida xavfsizlik soyabonini yaratishga shuncha mablag‘ sarflanishi nazarda tutilyapti, undan tashqari bunday platforma uchun kamida 10 yil vaqt kerak bo‘ladi.

Har qanday sharoitda Yevropa Ittifoqi anglab yetyaptiki, xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda mablag‘ ajratish va bu boradagi imkoniyatlarni kuchaytirish kerak degan takliflar ilgari surilyapti.

Masalan, Germaniyada yangi kansler Mers chiqishlarida ham xuddi shu narsaga alohida urg‘u beryapti. Fransiya ham bu borada tashabbuslar qilayotganini ko‘rib turibmiz.

Abduvali Soyibnazarov: Yevroittifoq ichida kelishmovchiliklar bor, masalan, Vengriya va Slovakiya kabi davlatlar qaror qabul qilishda Moskvaga xayrixohligi sabab konsensusga kelolmasligi mumkin.

Iqtisodiy omillar sabab ittifoqda bo‘linish yuz berishi mumkin. Fransiya, Germaniya, Italiya kabi yirik iqtisodiy imkoniyatga ega davlatlar bunday tashabbusni qo‘llashi mumkin. Lekin o‘ylaymanki, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari Yevropa Ittifoqidan ko‘ra ko‘proq Qo‘shma Shtatlarga tayanadi va unga ishonadi. Bu nuqtayi nazardan, ular baribir Amerika Qo‘shma Shtatlarining xavfsizlik soyabonida qolish tarafdori bo‘lib ko‘rinadi.

O‘xshash yangiliklar

Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharq mintaqasidagi xavfsizlik bilan bog‘liq keskin vaziyat xalqaro logistika tizimida jiddiy uzilishlarga olib kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqida Bloomberg ma'lumot
Dunyo Bugun, 03:52
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda hokimiyat o‘tish davri rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezident Mas'ud Pizishkiyon davlat teleradiokompaniyasi orqali xalqqa murojaat qilib, muvaqqat kengash o‘z
Dunyo Bugun, 02:02
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eronning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Reuters axborotiga ko'ra, u boshqaruv kengashi a'zosi sifatida ish boshladi. 67 yoshli Arafiyga
Dunyo Kecha, 16:39
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrning Asvon shahrida joylashgan Qubbat al-Hava nekropoli hududida arxeologlar muhim kashfiyotlarga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular qadimgi podsholik davriga tegishli bo‘lgan, qoya
Dunyo Kecha, 14:20
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu voqea mintaqadagi keskinlikning navbatdagi
Dunyo Kecha, 13:31
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eronda siyosiy tarixning muhim va murakkab davri boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026-yil 1-mart kuni Eron davlat axborot vositalari oliy rahbar Oyatulloh Ali Xominaiyning vafotidan so‘ng
Dunyo Kecha, 12:30