Bugun
Rodrigo Real Madridni tark etishi mumkin
+15°
пасмурно ветер 2.5 м/с, З

Indoneziyadagi qamoqxonadan 50 dan ortiq mahbus qochib ketdi (video)

Dunyo
145
Indoneziyadagi qamoqxonadan 50 dan ortiq mahbus qochib ketdi (video)
Indoneziyaning Achex provinsiyasida joylashgan qamoqxonadan 50 dan ortiq mahbus qochib ketdi, deb xabar beradi The Telegraph.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda erkaklar panjaralar ustidan oshib, ko‘cha savdogarlari yonidan yugurib o‘tayotgan tasvirlangan. Mamlakat g‘arbida joylashgan provinsiya aholisi qochoq mahbuslarni ushlashga uringan. Rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 28 nafar mahbus ozodlikda qolmoqda.

Mahbuslar ovqat uchun navbatda turganida qochishni amalga oshirgan. Hozirda Indoneziya qamoqxonalari jiddiy muammoga duch kelgan — ularning aksariyati jinoyatchilarga to‘lib ketgan.

O‘tgan oy immigratsiya va axloq tuzatish muassasalari vaziri Agus Andrianto mamlakatdagi qamoqxonalarning 87 foizi to‘lgani haqida ogohlantirgan edi. Achexdagi voqeadan keyin vazir OAVga ushbu qamoqxona 100 kishiga mo‘ljallangani, ammo u yerda ayni vaqtda 368 nafar mahbus saqlanayotganini ma’lum qilgan.

Jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslarning aksariyati giyohvand moddalar bilan bog‘liq ayblovlar uchun qamoqqa hukm qilingan. Hozirda qochoqlarni qidirish bo‘yicha atrofdagi barcha hududlar ko‘zdan kechirilmoqda, rasmiylar ozodlikda qolayotgan mahbuslarni yangi jazodan qochish uchun taslim bo‘lishga chaqirdi.

O‘xshash yangiliklar

Moskva vokzalidagi portlash ikki kishini hayotdan olib ketdi
Moskva vokzalidagi portlash ikki kishini hayotdan olib ketdi
Bugun, 24-fevralga o‘tar kechasi Moskva shahridagi Savelovsk vokzal maydonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi
Dunyo Bugun, 16:34
Kim Chen In qizi harbiy rahbarlikda faol ishtiroqda
Kim Chen In qizi harbiy rahbarlikda faol ishtiroqda
Shimoliy Koreyada mamlakat rahbari Kim Chen Inning qizi davlat va harbiy tizimlarda faol ishtirok etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xorijiy axborot vositalarining xabar berishicha, 13 yoshli
Dunyo Bugun, 15:56
O‘zbekiston va Rossiyada qo‘ng‘izlarning 7 yangi turi aniqlandi
O‘zbekiston va Rossiyada qo‘ng‘izlarning 7 yangi turi aniqlandi
O‘zbekiston va Rossiya olimlari hamkorlikda qo‘ng‘izlarning 7 ta yangi turini aniqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ilmiy izlanishlarda Xorazm Ma’mun akademiyasi va bir nechta
Dunyo Bugun, 15:31
Afg‘onistonda erkak shifokorlarga diniy ruxsat berildi
Afg‘onistonda erkak shifokorlarga diniy ruxsat berildi
Afg‘onistonda erkak shifokorlarga ayol bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha diniy ruxsat berilgani haqida bayonot e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Afg‘oniston Aloqa vaziri Hamdulla
Dunyo Bugun, 14:56
Germaniya Ukrainada tinchlik uchun muzokaraga tayyor
Germaniya Ukrainada tinchlik uchun muzokaraga tayyor
Berlinda o‘tkazilgan Cafe Kyiv Ukraina forumi doirasida Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Ukrainada barqaror tinchlikka erishish maqsadida Moskva bilan muzokaralarga tayyor ekanini
Dunyo Bugun, 14:27
Nyu-Dehli sammiti: Sun’iy intellekt va insoniyat kelajagi
Nyu-Dehli sammiti: Sun’iy intellekt va insoniyat kelajagi
2026-yilda Nyu-Dehlida o‘tkazilgan Sun’iy intellekt ta’siri sammiti texnologiya va insoniyatning yangi bosqichga kirganini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu sammit
Dunyo Bugun, 13:46