Bugun
«Augsburg» «Kyoln»ni mag‘lub etib, 9-o‘ringa ko‘tarildi
+4°
переменная облачность ветер 2.4 м/с, СЗ

Putin Ukraina energetika obyektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi

Dunyo
113

Putin Ukraina energetika obyektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi
AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqoti yakunlandi. Kreml ma’lumotiga ko‘ra, ikki davlat yetakchilari Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha batafsil va ochiq fikr almashishdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining tinch yo‘l bilan mojaroni hal etishga bo‘lgan qat’iy intilishini tasdiqladi. U, shuningdek, Amerika bilan birgalikda muammoni har tomonlama, barqaror va uzoq muddatli hal qilish yo‘llarini ishlab chiqishga tayyorligini bildirgan. Putin, shuningdek, Rossiyaning xavfsizlik manfaatlarini inobatga olish zarurligini alohida ta’kidlab, mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etish kerakligini qayd etdi.

AQSH prezidentining 30 kunlik sulh joriy etish tashabbusi orqali Rossiya, bir qator muhim masalalarni ko‘tardi. Ular orasida butun front bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatishga samarali nazoratni ta’minlash, Ukrainadagi majburiy safarbarlikni to‘xtatish va Qurolli kuchlarning qayta qurollanish jarayoniga chek qo‘yish zarurati bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Ukraina rejimining kelishuvlarga rioya qilishga qodir emasligi bilan bog‘liq jiddiy xavflarga ham e’tibor qaratildi. Ushbu xavflar ilgari erishilgan kelishuvlarni sabotaj qilish va buzishga qaratilgan. Bundan tashqari, Kursk oblastida tinch aholiga qarshi sodir etilgan terrorchilik hujumlariga alohida urg‘u berildi.

Rossiya tomoni shunga qo‘shimcha ravishda, Ukrainaga chet el harbiy yordamini va razvedka ma’lumotlarini taqdim etishni to‘liq to‘xtatish kerakligini ta’kidladi. Donald Trampning Kursk oblastida qurshovda qolgan ukrainalik harbiylarning hayotini saqlab qolish to‘g‘risidagi murojaatiga javoban, Putin Rossiya tomoni gumanitar tamoyillarga amal qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Agar Ukraina Qurolli kuchlari askarlari taslim bo‘lsa, ularga munosib muomala kafolatlanishini va bu Rossiya qonunlari va xalqaro huquqqa muvofiq amalga oshirilishini ta’kidladi.

Telefon muloqoti davomida Tramp 30 kun davomida Ukraina energetika obyektlariga zarba bermaslik bo‘yicha kelishuv taklifini ilgari surdi. Putin esa bu tashabbusni ijobiy qabul qilib, Rossiya harbiylariga tegishli buyruq berdi. Shuningdek, Qora dengiz akvatoriyasida kemalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Trampning ilgari surgan tashabbusini amalga oshirish g‘oyasiga ham konstruktiv yondashish bildirildi. Buning aniq tafsilotlarini qo‘shimcha ishlab chiqish maqsadida muzokaralar boshlashga kelishildi.

Vladimir Putin, shuningdek, Rossiya va Ukraina tomonlari o‘rtasida 175-175 formatida asirlar almashinuvi bo‘yicha ham ma’lumot berdi. Insonparvarlik ishorasi sifatida, Rossiya tibbiyot muassasalarida davolangan 23 nafar og‘ir yarador ukrainalik harbiy Ukraina tomoniga topshiriladi.

E’tiborli holat shundaki, Putin va Tramp ikki tomonlama formatda Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha ish olib borishni davom ettirishga qaror qilishdi. Bu jarayonda AQSH prezidentining yuqoridagi takliflari ham inobatga olinadi. Rossiya va AQSH ekspert guruhlari tashkil etilishi kutilayotganiga ishora qilindi.

Muloqotning yakunlari bo‘yicha, ikki prezident xalqaro kun tartibidagi boshqa masalalar, jumladan, Yaqin Sharq va Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatni ham muhokama qildilar. Mojaroli hududlardagi vaziyatni barqarorlashtirish, yadro qurolining tarqalishini oldini olish va global xavfsizlik masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi qo‘shma sa’y-harakatlar amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Muloqot davomida Rossiya va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiyot va energetika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar ham ilgari surilgan. Bundan tashqari, Putinning AQSH va Rossiya xokkeychilari ishtirokida NHL va KHL doirasida o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etish tashabbusi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Vladimir Putin va Donald Tramp Ukraina mojarosini mustahkam tinchlik bilan yakunlash haqidagi fikrga qo‘shildi, bu ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadi.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy fuqarolariga Eronga safar qilish tavsiya etilmadi
Xitoy fuqarolariga Eronga safar qilish tavsiya etilmadi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Konsullik ishlari departamenti o‘z fuqarolariga Eronga safar qilishdan vaqtincha tiyilishni tavsiya qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qaror 27-fevral kuni
Dunyo Kecha, 22:05
Orol tubida saksovul ekilib, ekologiya tiklanmoqda
Orol tubida saksovul ekilib, ekologiya tiklanmoqda
25-fevral kuni "Orol maktabi" ishtirokchilari BMT Taraqqiyot dasturining "Yashil Orol dengizi" tashabbusi doirasida Orol dengizining qurib qolgan hududida saksovul ko‘chatlarini
Dunyo Kecha, 21:35
O‘zbekiston Pokiston va Afg‘onistonni tinchlikka chaqirdi
O‘zbekiston Pokiston va Afg‘onistonni tinchlikka chaqirdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuvlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rasmiy bayonotda chegara hududidagi
Dunyo Kecha, 21:06
WEF prezidenti iste’foga chiqdi: sabab "Epshteyn ishi"
WEF prezidenti iste’foga chiqdi: sabab "Epshteyn ishi"
Davosda o‘tkaziladigan Jahon iqtisodiy forumi (WEF) prezidenti o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar berdi. Ma’lumotlarga
Dunyo Kecha, 13:38
Pokiston “Tolibon”ga qarshi keng ko‘lamli amaliyot boshladi
Pokiston “Tolibon”ga qarshi keng ko‘lamli amaliyot boshladi
Pokiston Afg‘onistondagi “Tolibon” harakatiga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BBC xabariga ko‘ra, Pokiston harbiylari Kobul va Qandahor shaharlarida
Dunyo Kecha, 12:22
Qozog‘istondagi portlash: 7 o‘lik, 19 jarohat
Qozog‘istondagi portlash: 7 o‘lik, 19 jarohat
Qozog‘istonning Aqmola viloyati, Burabay tumanidagi Shchuchinsk shahrida joylashgan “Osh markazi” ovqatlanish maskanida sodir bo‘lgan portlash va undan keyingi yong‘in og‘ir oqibatlarga olib keldi.
Dunyo Kecha, 11:15