Bugun
Toshkentda 2026 Navro‘z bayrami keng ko‘lamda o‘tkaziladi
+18°
пасмурно ветер 3.9 м/с, СЗ

Putin va Erdo‘g‘on Rossiya-AQSH muloqoti va “Qora dengiz tashabbusi”ni muhokama qildi

Dunyo
146
Putin va Erdo‘g‘on Rossiya-AQSH muloqoti va “Qora dengiz tashabbusi”ni muhokama qildi
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya prezidenti Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish va Rossiya-Amerika munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha AQSH bilan olib borilayotgan muloqotni baholash natijalarini baham ko‘rdi. Oliy va boshqa darajalarda o‘tkazilgan aloqalarning konstruktiv tabiati ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Prezidentlar, xususan, ikki mamlakat ekspert guruhlarining yaqinda Ar-Riyodda o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijalarini va 18 martdan boshlab 30 kun davomida Rossiya va Ukraina energetika obyektlariga zarbalar berishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni muhokama qilishgan.

“Shu bilan birga, Vladimir Putin Kiyev rejimining Rossiya energetika infratuzilmasiga hujum qilish bo‘yicha davom etayotgan provokatsion urinishlariga e’tibor qaratdi”, deyiladi bayonotda.

“Shuningdek, dastlab 2022 yil iyulda Turkiya va BMT Kotibiyati vositachiligida tuzilgan, ammo amalda amalga oshirilmagan xavfsiz dengiz qatnovi va Rossiya oziq-ovqat hamda o‘g‘itlari eksporti yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha “Qora dengiz tashabbusi”ni qayta tiklash masalalari yuzasidan fikr almashildi”, deb ta’kidlanadi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘on Rossiya-AQSH muloqotini qo‘llab-quvvatlashini va Turkiya tomonining “Qora dengiz bitimi”ni ilgari surishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan.

Prezidentlar suhbat davomida turli sohalarda, jumladan energetika sohasida strategik loyihalarni ilgari surish kabi o‘zaro manfaatli Rossiya-Turkiya hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.

“Ikki tomonlama aloqalarning ijobiy sur’atda rivojlanayotgani, o‘zaro savdo hajmining ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi”, deya ta’kidlanadi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Qozog‘iston bayrog‘i dunyoning eng chiroyli bayrog‘i deb topildi
Qozog‘iston bayrog‘i dunyoning eng chiroyli bayrog‘i deb topildi
Reddit foydalanuvchilari tomonidan tashkil etilgan “Dunyo bayroqlari turniri” onlayn musobaqasining yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston bayrog‘i dunyodagi eng chiroyli davlat bayrog‘i deb tan olindi. Bu
Dunyo Bugun, 16:59
Eron dengizchilari AQSh hujumida halok bo‘ldi dafn marosimi o‘tkazildi
Eron dengizchilari AQSh hujumida halok bo‘ldi dafn marosimi o‘tkazildi
Bugun Eron 84 dengizchisining dafn marosimi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 4 mart kuni Eronning “Dena” esminesi Hindistondan harbiy paraddan qaytayotganda Shri Lanka oroli yaqinida
Dunyo Bugun, 16:16
Tramp ma’muriyati Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni ko‘rib chiqmoqda
Tramp ma’muriyati Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni ko‘rib chiqmoqda
Donald Tramp ma’muriyati Moskva bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Politico nashri ma’lumot berdi. Nashrning
Dunyo Bugun, 15:41
Isroil va AQSh Eron rahbarlarini nishonga oldi
Isroil va AQSh Eron rahbarlarini nishonga oldi
Isroil tomonidan “Basij” qo‘mondoni general G‘ulomrizo Sulaymoniy hamda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Lorijoniy yo‘q qilingani haqida xabarlar tasdiqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 15:20
Hindistonda gaz tanqisligi an’anaviy yoqilg‘ilarga qaytishni keltirdi
Hindistonda gaz tanqisligi an’anaviy yoqilg‘ilarga qaytishni keltirdi
Yaqin Sharqdagi mojaro sababli Hindistonda gaz tanqisligi yuzaga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu holat aholini yana o‘tin va ko‘mir kabi an’anaviy yoqilg‘ilarga qaytishga majbur qildi. The
Dunyo Bugun, 14:48
Eron Saudiya radar tizimlarini dronlar bilan yo‘q qildi
Eron Saudiya radar tizimlarini dronlar bilan yo‘q qildi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Saudiya Arabistonidagi Al-Qaysum aeroporti yaqinida joylashgan AN/FPS-117 radar tizimini hujum qilgan dronlar yordamida yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu
Dunyo Bugun, 14:23