Bugun
Luis Enrike PSJning Chelsi ustidan qattiq g‘alabasi haqida
+17°
пасмурно ветер 3.2 м/с, СЗ

Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi

Dunyo
145

Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi
Germaniyada bank xodimi ishdan bo‘shab, tovuqlarni ijaraga berish biznesini yo‘lga qo‘ydi, deb yozmoqda Bild.

59 yoshli Ryudiger Gertner besh yil oldin hayotini tubdan o‘zgartirdi — u bankdagi ishini tashlab, tovuqlarni ijaraga berish bilan shug‘ullana boshladi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘oya unda bolaligida paydo bo‘lgan.

«Oilamizda doim tovuq boqilardi. Ushbu jonzotlarni kuzatish odamga xotirjamlik bag‘ishlashini payqab qoldim. Bu hissiyotni boshqalar bilan ham bo‘lishgim keldi», — deydi u.

Erkak o‘z ishini to‘rtta tovuq va xo‘rozdan boshlagan bo‘lsa, hozirda 20 ta parrandaga egalik qilmoqda.

«Mening qizlarim — ularni shunday atayman, juda ishonuvchan — quchoqlashishni yaxshi ko‘radi va odamlarga o‘rganib qolgan», — deydi Ryudiger.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tovuqlar ijarasiga kutilmaganda talab oshgan. «Ko‘plab mijozlar uchun tovuqlar haqiqiy antidepressantga aylangan — yolg‘izlikni quvadi va quvonch bag‘ishlaydi», — deya ta’kidlaydi Gertner.

Biznes sxemasi quyidagicha: Gertner mijozlarga ko‘chma voler bilan tovuqlarni olib boradi va ularga yo‘l-yo‘riq o‘rgatadi. To‘rtta parrandani ikki haftaga ijaraga olish 220 yevroni tashkil etadi — bu vaqt davomida ular qo‘ygan tuxum mijozniki bo‘ladi. Ijtimoiy muassasalar uchun chegirmalar taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Tailandda avariyada o‘zbekistonliklar halok va jarohatlandi
Tailandda avariyada o‘zbekistonliklar halok va jarohatlandi
Tailandning mashhur sayohat joylaridan biri bo‘lgan Phuket orolida yuzaga kelgan yo‘l-transport hodisasi bir oilani chuqur qayg‘uga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 18 mart kuni sodir bo‘lgan
Dunyo Bugun, 18:38
Eron razvedka vaziri Isroil zarbasida halok bo‘ldi
Eron razvedka vaziri Isroil zarbasida halok bo‘ldi
Eron razvedka vaziri Ismoil Xatib Tehronda Isroil aviazarbasi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xatib Eronning eng nufuzli rahbarlaridan biri bo‘lib, marhum diniy rahbar Ali
Dunyo Bugun, 18:14
Qozog‘iston bayrog‘i dunyoning eng chiroyli bayrog‘i deb topildi
Qozog‘iston bayrog‘i dunyoning eng chiroyli bayrog‘i deb topildi
Reddit foydalanuvchilari tomonidan tashkil etilgan “Dunyo bayroqlari turniri” onlayn musobaqasining yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston bayrog‘i dunyodagi eng chiroyli davlat bayrog‘i deb tan olindi. Bu
Dunyo Bugun, 16:59
Eron dengizchilari AQSh hujumida halok bo‘ldi dafn marosimi o‘tkazildi
Eron dengizchilari AQSh hujumida halok bo‘ldi dafn marosimi o‘tkazildi
Bugun Eron 84 dengizchisining dafn marosimi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 4 mart kuni Eronning “Dena” esminesi Hindistondan harbiy paraddan qaytayotganda Shri Lanka oroli yaqinida
Dunyo Bugun, 16:16
Tramp ma’muriyati Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni ko‘rib chiqmoqda
Tramp ma’muriyati Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni ko‘rib chiqmoqda
Donald Tramp ma’muriyati Moskva bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Politico nashri ma’lumot berdi. Nashrning
Dunyo Bugun, 15:41
Isroil va AQSh Eron rahbarlarini nishonga oldi
Isroil va AQSh Eron rahbarlarini nishonga oldi
Isroil tomonidan “Basij” qo‘mondoni general G‘ulomrizo Sulaymoniy hamda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Lorijoniy yo‘q qilingani haqida xabarlar tasdiqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 15:20