Bugun
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Rossiya bilan durang o'ynadi
+18°
пасмурно ветер 3 м/с, СВ

BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilingani tasdiqlandi

Dunyo
152
BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilingani tasdiqlandi
Abu-Dabi Federal apellyatsiya sudi Isroil va Moldova fuqarosi, BAA rezidenti bo‘lgan rohib Svi Koganni «terrorchilik niyatida qasddan o‘ldirishda aybdor», deb topilgan O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qildi. Hukm 30 mart kuni Abu-Dabi Federal apellyatsiya sudi Davlat xavfsizlik palatasi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.

Amirlik ichki ishlar vazirligi avvalroq ularning ism-sharifini ochiqlagan edi: Olimboy Tohirovich – 29 yosh, Mahmudjon Abdurahim – 29 yosh va Azizbek Komilovich – 34 yosh.

Ayblanuvchilarga yordam bergan to‘rtinchi sudlanuvchi esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Jazoni o‘tab bo‘lgach, u (jasadi) BAAdan deportatsiya qilinadi. Ushbu shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekani ochiqlanmagan.

WAM axborot agentligining ma’lum qilishicha, Bosh prokuror doktor Hamad Saif Al Shamsi 2025 yil yanvar oyida to‘rt nafar ayblanuvchi qo‘lga olingani va sudga dalillar taqdim qilinganini ma’lum qilgan. Davlat xavfsizlik prokuraturasi tomonidan sudga taqdim etilgan dalillar – «sudlanuvchilarning qotillik va odam o‘g‘irlash jinoyatlarini batafsil tan olishlari, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari, o‘limdan keyingi ekspertiza xulosasi, jinoyatda qo‘llanilgan vositalar tafsilotlari va guvohlarning ko‘rsatmalari»dan iborat.

Birlashgan Arab Amirliklari qonunchiligiga ko‘ra, o‘lim jazosi hukmlari ustidan avtomatik ravishda apellyatsiya qilinadi hamda ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun Federal Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha kollegiyasiga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilinganini Kun.uz'ga tasdiqladi.

«Bu hali yakuniy hukm emas. BAAda o‘lim jazosi hukmi ustidan avtomatik ravishda apellyatsiya qilinadi va Federal Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha kollegiyasiga yuboriladi», dedi TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda. Shuningdek, TIV rasmiysi fuqarolariga o‘lim hukmi chiqarilgani yuzasidan O‘zbekistonning pozitsiyasini ochiqlamadi.

Avvalroq, hukumatdagi rasmiy manbalarga tayanib Isroil nashrlari ushbu hukm haqida xabar bergan edi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ayblanuvchilardan birining onasi bilan suhbati audiosi tarqaldi. Unda fuqaro «o‘zi va sheriklariga o‘lim jazosi tayinlangani va imkon bo‘lsa, advokat olib harakat qilish kerakligi»ni so‘ragan.

BAAda isroillik ravvinning o‘limi va o‘zbeklar masalasi

2024 yil 21 noyabr kuni BAAning Al-Ayn amirligida Isroil va Moldova fuqarosi, BAA rezidenti bo‘lgan rohib Svi Koganning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. BAA Ichki ishlar vazirligi jinoyatda gumonlab uch nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Isroil nashrlariga ko‘ra, “Mossad” gumondorlarni Eron bilan bog‘liq guruhga aloqador deb hisoblamoqda.

O‘tgan yili 25 noyabr kuni esa Dubayda mehnat qilayotgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari politsiya tomonidan olib ketildi. Politsiya holat bo‘yicha izoh bermagan, ushlab turilganlar bilan hech kim gaplasha olmagan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kun.uz'ga 6 dekabr kuni bergan izohida holat yuzasidan BAA TIVga nota yuborilgani va javob kutilayotganini ma’lum qilgandi.

Keyinroq, ularning ayrimlari qo‘yib yuborilgani, ayrimlari deportatsiya qilingani hamda yana 5 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 2024 yil 26 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroil elchisi bilan uchrashib, O‘zbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini bildirdi.

30 noyabr kuni esa Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishida uchgan O‘zbekiston fuqarolaridan 31 nafari – faqat erkaklar – amirliklar hududiga kiritilmadi. Ular Abu-Dabi xalqaro aeroportida chegaradan o‘tkazilmagan. O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi aeroport ma’muriyati va amirliklarning mutasaddi idoralari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi. Keyinroq Abu-Dabi xalqaro aeroportida qolib ketgan vatandoshlarning bir qismi O‘zbekistonga qaytarilgani xabar qilindi.

O‘tgan yili 2 dekabr kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev BAAning O‘zbekistondagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. TIV axborotiga ko‘ra, tomonlar so‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishida kuzatilayotgan qiyinchiliklar bo‘yicha fikr almashgan hamda holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olgan.

17 dekabr kuni esa tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BAA elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. Rasmiy relizda amirlikdagi o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq holat muhokama qilingani haqida ma’lumot yo‘q.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya Arabistoni AQShni Eronga qarshi urushni kuchaytirishga chaqirmoqda
Saudiya Arabistoni AQShni Eronga qarshi urushni kuchaytirishga chaqirmoqda
The Guardian nashri Saudiya Arabistoni razvedka xizmatlaridagi ishonchli manbaga tayanib muhim ma'lumotni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xabarga ko'ra, Ar-Riyod
Dunyo Kecha, 22:35
Eron Ho'rmuz bo'g'ozi orqali AQSH va Isroil kemalariga ruxsat bermayapti
Eron Ho'rmuz bo'g'ozi orqali AQSH va Isroil kemalariga ruxsat bermayapti
Eron Ho'rmuz bo'g'ozi ustidan harbiy va iqtisodiy nazoratni saqlab qolgan holda, shu yerda kechadigan harakatni sekinlik bilan tiklagan bo'lsa-da, bu imkoniyat hali barcha dunyo
Dunyo Kecha, 21:53
Eron AQSh va Isroil xodimlarini hibsga oldi
Eron AQSh va Isroil xodimlarini hibsga oldi
Eronning Tasnim axborot agentligi taqdim etgan yangiliklariga ko'ra, AQSh va Isroil qo'shma kuchlari tomonidan boshlangan harbiy amaliyotdan so'ng Eron hududida keng ko'lamli
Dunyo Kecha, 21:15
Sony Yevropada PlayStation konsollarining narxini oshirmoqda
Sony Yevropada PlayStation konsollarining narxini oshirmoqda
Sony kompaniyasi o'zining mashhur PlayStation o'yin konsollarini Yevropa bozorida sotish narxlarini oshirishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu yangilik xalqaro texnologiya
Dunyo Kecha, 20:58
AQShda birinchi marta dollar kupyurasiga prezident imzosi tushadi
AQShda birinchi marta dollar kupyurasiga prezident imzosi tushadi
Amerika Qo'shma Shtatlari Moliya vazirligi ishonchli ma'lumotlarni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakat mustaqilligining yuz beshinchi va yetmishinchi yilligi,
Dunyo Kecha, 20:33
Eron xalqini jangovar holatga safarbarlik jarayonlari boshlandi
Eron xalqini jangovar holatga safarbarlik jarayonlari boshlandi
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat so'nggi kunlar tobora taranglashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eronda keng ko'lamli safarbarlik jarayonlari boshlangani haqidagi xabarlar ommaviy
Dunyo Kecha, 19:20