Bugun
Stels samolyotlar Eron osmonida infraqizil sensorlar orqali aniqlandi
+17°
облачно с прояснениями ветер 2.5 м/с, С

Kriviy Rihdagi hujumda 56 kishi yaralandi, uylar va mashinalar vayron bo‘ldi

Dunyo
128
Kriviy Rihdagi hujumda 56 kishi yaralandi, uylar va mashinalar vayron bo‘ldi
2025 yil 4 aprel, juma kuni Rossiya Kriviy Rig shahriga yangi raketa zarbasini amalga oshirdi. Hujum oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, ulardan 9 nafari bola. Bu haqda Kriviy Rig mudofaa kengashi raisi Aleksandr Vilkul shu kuni tun yarimda ma’lum qildi. Hujumda yana 56 kishi jarohat olgan.

Bir nechta manbalarga ko‘ra, raketa "Magellan" restorani yaqinida portlagan.

Dnipropetrovsk viloyati ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning aytishicha, shaharda 20 ga yaqin ko‘p qavatli uy, 30 dan ortiq mashina, ta’lim muassasalari va umumiy ovqatlanish joylari zarar ko‘rgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujumga munosabat bildirdi: «Rossiya har kuni zarba beradi. Har kuni odamlar halok bo‘lmoqda. Buning sababi faqat bitta – Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishni istamayapti va biz buni ko‘rib turibmiz. Butun dunyo ham shunga guvoh. Har bir raketa, har bir dron Rossiyaning urushni davom ettirish niyati borligini isbotlaydi», – deb yozdi u. Zelenskiyga ko‘ra, zarba turar joylar mavjud hududga berilgan.

Bundan bir kun oldingi hujumda kamida 4 kishi halok bo‘lgan, yana 14 kishi yaralangan edi.

O‘xshash yangiliklar

Stels samolyotlar Eron osmonida infraqizil sensorlar orqali aniqlandi
Stels samolyotlar Eron osmonida infraqizil sensorlar orqali aniqlandi
Zamonaviy harbiy aviatsiyada stels tushunchasi ko'pincha noto'g'ri tushuniladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ko'pchilik bu texnologiya samolyotni mutlaqo ko'rinmas qiladi
Dunyo Bugun, 12:56
Economist jurnali Erondagi keskinlik Trampni zaiflashtirishi mumkinligini aytdi
Economist jurnali Erondagi keskinlik Trampni zaiflashtirishi mumkinligini aytdi
Britaniyada nashr etiladigan va butun dunyo siyosatini chuqur tahlil qiluvchi mashhur Economist jurnali Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp haqida muhim tahririyat maqolasini
Dunyo Bugun, 12:21
Tramp Eronga quruqlikdan askar yuborishni hozircha rejalashtirmayapti
Tramp Eronga quruqlikdan askar yuborishni hozircha rejalashtirmayapti
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi quruqlikda harbiy amaliyot o'tkazish uchun amerikalik askarlarni yuborishni hozircha rejalashtirmayotganini ochiq bayon
Dunyo Bugun, 00:20
Eron hududida AQShning F-35 qiruvchisi o'qqa tutildi
Eron hududida AQShning F-35 qiruvchisi o'qqa tutildi
Amerika Ovozli va tasvirlangan CNN axborot agentligining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Amerikaning zamonaviy F-35 qiruvchi samolyoti Eron hududi ustida jangovar missiya
Dunyo Bugun, 00:01
Eron Xayfa neft zavodiga raketa zarbasi berdi
Eron Xayfa neft zavodiga raketa zarbasi berdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat yana bir bor keskinlashib ketdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eron qurolli kuchlari tomonidan Isroilning shimoliy qismida joylashgan Xayfa shahri yo‘nalishiga raketa
Dunyo Kecha, 22:20
Tailandda yuz bergan halokat natijasida bir o'zbekistonlik vafot etdi
Tailandda yuz bergan halokat natijasida bir o'zbekistonlik vafot etdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida avtobus ishtirokidagi jiddiy yo'l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu voqeadan jabr ko'rganlar orasida O'zbekistonning
Dunyo Kecha, 15:41