Bugun
Malika Ravshanova sun'iy intellekt yordamida klip yaratdi
+9°
пасмурно ветер 2.3 м/с, Ю

Seulda dahshatli yong‘in: erkak o‘z joniga qasd qilish uchun 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

Dunyo
138

Seulda dahshatli yong‘in: erkak o‘z joniga qasd qilish uchun 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida 21 qavatli turar joy binosida dahshatli yong‘in yuz berdi. Bu haqda mahalliy Yonhap agentligi xabar tarqatdi.

Hodisa natijasida bir kishi halok bo‘lgan va yana olti nafar kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Jarohatlanganlar orasidagi to‘rt kishi, yoshi 50 dan 80 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tutundan zaharlanish va nafas olishdagi qiyinchiliklar bilan kasalxonaga yetkazilgan. Ularning ikki nafari esa tutundan saqlanish uchun o‘z jonini xavf ostiga qo‘yib, binodan to‘rtinchi qavat balandligidan pastga sakrashga majbur bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inni 60 yoshli erkak ataylab uyushtirgan. U pestitsid sepish uchun mo‘ljallangan maxsus purkagichdan foydalanib, binoga o‘t qo‘ygan va o‘z joniga qasd qilgan. Erkak o‘limidan oldin qoldirgan xatda qizidan bemor bo‘lgan onasiga qarashni iltimos qilgan. Shuningdek, xat ichiga turmush o‘rtog‘ining davolanishi uchun 50 ming von (taxminan 35 AQSH dollari) qo‘yilgan edi.

Politsiya erkakning jasadini to‘rtinchi qavatda aniqlagan va uning barmoq izlari o‘t qo‘yishda ishlatilgan purkagichdagi izlarga mos kelganini tasdiqlagan.

Kuchli yong‘inni bartaraf etish uchun yong‘in o‘chiruvchilar 1,5 soatdan ortiq vaqt davomida harakat qilishgan. Hozirda hodisa bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Trampning g'alaba e'loni va Xurmoz bo'g'ozidagi haqiqiy vaziyat
Trampning g'alaba e'loni va Xurmoz bo'g'ozidagi haqiqiy vaziyat
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat kutilganidan ham keskin va murakkab holatga kelib qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oq uy rahbari g'alaba haqida e'lon qilayotgan paytda, yer
Dunyo Bugun, 08:29
Tramp dunyo kuchlarini Ho'rmuz bo'g'ozi xavfsizligiga chaqirdi
Tramp dunyo kuchlarini Ho'rmuz bo'g'ozi xavfsizligiga chaqirdi
Qo'shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp dunyoning bir qator yetakchi davlatlarini Ho'rmuz bo'g'oziga harbiy va tijorat kemalarini jo'natishga chaqirdi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 07:34
Devid Gilmur gitara dunyodagi eng qimmat asbob bo'ldi
Devid Gilmur gitara dunyodagi eng qimmat asbob bo'ldi
Afsonaviy Pink Floyd guruhining yetakchi gitarchisi Devid Gilmurga tegishli bo'lgan asbob dunyodagi eng qimmat sotilgan gitara unvoniga sazovor bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Bugun, 05:13
Ispaniyada Yaqin Sharq urushiga qarshi minglab insonlar norozilik bildirdi
Ispaniyada Yaqin Sharq urushiga qarshi minglab insonlar norozilik bildirdi
Isroniyaning dam olish kunlarida mamlakat bo'ylab keng ko'lamli norozilik harakatlari o'tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Madrid, Barselona, Sevilya va boshqa qator shaharlarda
Dunyo Bugun, 00:56
Eron tashqi ishlar vaziri Xormuz bo'g'ozi holati haqida gapirdi
Eron tashqi ishlar vaziri Xormuz bo'g'ozi holati haqida gapirdi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi so'nggi kunlarda dunyo e'tiborini o'ziga jalb qilayotgan Xormuz bo'g'ozidagi vaziyatga doir muhim tushuntirish berdi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 00:33
Efiopiyadagi jahannam eshigi deb ataladigan xavfli hudud
Efiopiyadagi jahannam eshigi deb ataladigan xavfli hudud
Tasavvur qiling: siz boshqa sayyoradasiz. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yer ostidan zaharli bug‘lar olovdek chiqmoqda, atrofda esa cheksiz cho‘l yotibdi. Bu cho‘l tuprog‘i tuz va kislotali
Dunyo Kecha, 23:42