Bugun
Yaqin Sharqdagi qurolli to'qnashuvlar arab davlatlarini yangi strategiyaga majbur qildi
+22°
небольшая облачность ветер 4.7 м/с, С

G‘azodagi fojia bo‘yicha surishtiruv natijalari: 15 nafar qutqaruvchining halok bo‘lishi sabablari ochiqlandi

Dunyo
131

G‘azodagi fojia bo‘yicha surishtiruv natijalari: 15 nafar qutqaruvchining halok bo‘lishi sabablari ochiqlandi
Isroil mudofaa armiyasi (SAHAL) o‘tgan oy G‘azo sektorining Rafah shahri yaqinida 15 nafar favqulodda xizmat xodimi va BMT xodimining halok bo‘lishiga «operativ tushunmovchilik» va harbiy bo‘linma tomonidan buyruqlarga amal qilinmagani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

SAHAL tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, Isroil harbiylari ushbu fojia sodir bo‘lishida bir qator jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan. Hodisaga aloqador bo‘lgan harbiy bo‘linma komandiri o‘rinbosari esa, sud jarayonida noto‘g‘ri va noto‘liq hisobot taqdim qilgani uchun lavozimidan bo‘shatilgan.

Fojia 23 mart kuni sodir bo‘lgan. O‘shanda Qizil yarim oy jamiyatining Falastin bo‘limiga qarashli tez yordam mashinalari, BMT transporti va G‘azo fuqarolik mudofaasiga tegishli o‘t o‘chirish mashinasi Isroil harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan edi. Natijada 14 nafar qutqaruvchi va BMTning bir xodimi qurbon bo‘lgan.

SAHAL bayonotiga ko‘ra, isroillik harbiylar mashinalarni dushmanning potensial tahdidi sifatida baholab, o‘t ochgan. Shu bilan birga, tergov jarayonida qurbon bo‘lganlardan 6 nafari Hamas a’zosi bo‘lgani iddao qilingan. Biroq Isroil bu iddaolarga nisbatan hech qanday isbot yoki dalil keltirmagan, garchi halok bo‘lganlarning shaxslari ochiq ma’lumotlarda mavjud bo‘lsa-da.

Hisobotda, shuningdek, hodisa sodir bo‘lgan hudud dushman nazoratidagi jangovor harakatlar zonasi ekani, komandir esa tez yaqinlashayotgan mashinalardan xavf his qilgani aytilgan. Shuningdek, tun vaqtida ko‘rish imkoniyati cheklangani sababli komandir transport vositalari tez yordam mashinalari ekanini payqamaganligiga urg‘u berilgan.

Biroq voqeadan keyin isroillik harbiylar dastlab mashinalar chiroqlarsiz va miltillovchi mayoqlarsiz harakat qilgani uchun ularga nisbatan shubha tug‘ilganini bildirgan edi. Keyinchalik qurbon bo‘lgan shifokorlarning biriga tegishli mobil telefondan topilgan video isroillik harbiylarning bu da’volarini rad etdi – kadrlarda avtomobillarning yoritish tizimi va maxsus miltillovchi mayoqlar yoqilgani aniq ko‘rinib turibdi.

Videoda mashinalarning qaysi xizmatlarga tegishliligi aniq belgilab qo‘yilgan, feldsherlar esa maxsus yorug‘lik qaytaruvchi forma kiygan. Besh daqiqalik videoda qurbon bo‘lgan qutqaruvchining oxirgi lahzalari, uning duo o‘qigani va so‘ngra Isroil askarlarining ovozi eshitilmoqda.

Halok bo‘lgan 15 nafar xodimning jasadlari voqeadan bir hafta o‘tibgina topilgan. Bu jarayonning cho‘zilishiga xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT tomonidan xavfsiz kirish uchun yo‘l tashkil etishdagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan.

Qizil yarim oy va boshqa xalqaro tashkilotlar bu hodisani mustaqil tarzda tekshirishni talab qilmoqda.

Isroil harbiylarining yuqori lavozimli ofitserlarga nisbatan chora ko‘rishi esa birinchi holat emas. O‘tgan yil aprel oyida ham World Central Kitchen gumanitar tashkiloti xodimlarining halok bo‘lishi bilan bog‘liq ishda ikki ofitser lavozimidan bo‘shatilgan edi.

Isroil Rafahdagi keng ko‘lamli harbiy amaliyotini 2024 yil may oyida boshlagan va hududda keng ko‘lamda vayronagarchiliklar sodir bo‘lgan. Yanvar oyidagi vaqtincha sulhdan keyin shaharga qaytadan minglab aholi qaytib kelgan edi. Biroq 18 martda sulh bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Isroil G‘azodagi amaliyotlarni qayta boshladi.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 7 oktyabridan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarda kamida 51 201 kishi halok bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Kolumbiyada harbiy samolyot halokatga uchradi minglab jabrlanuvchilar izlanmoqda
Kolumbiyada harbiy samolyot halokatga uchradi minglab jabrlanuvchilar izlanmoqda
Kolumbiyada Lockheed C-130 Hercules rusumli harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu samolyot Milliy armiya xizmatchilari va ekipaj a’zolari bilan xizmat
Dunyo Bugun, 10:31
Isroil Eron va Livanga qarshi harbiy zarbalarni davom ettirmoqda
Isroil Eron va Livanga qarshi harbiy zarbalarni davom ettirmoqda
Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy va siyosiy vaziyat kun sayin keskinlashib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Isroil hukumati Eron va Livandagi muhim obyektlarga qarshi olib borilayotgan
Dunyo Bugun, 10:21
Eron Yaqin Sharqda kuchli va zaif tomonlarga ega
Eron Yaqin Sharqda kuchli va zaif tomonlarga ega
Eron Yaqin Sharq mintaqasining eng ta'sirli va e'tiborni tortuvchi davlatlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq mamlakatning haqiqiy imkoniyatlari qo'shni
Dunyo Bugun, 09:28
Kim Chen In Janubiy Koreyani eng dushman davlat deb e'lon qildi
Kim Chen In Janubiy Koreyani eng dushman davlat deb e'lon qildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o'z mamlakatining Janubiy Koreyaga bo'lgan munosabatida jiddiy o'zgarish e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Korea Herald
Dunyo Bugun, 08:47
Braziliya dunyoda suv zaxiralari bo'yicha yetakchi o'rinni egalladi
Braziliya dunyoda suv zaxiralari bo'yicha yetakchi o'rinni egalladi
Dunyo aholisi soni yildan-yilga jadal oshib borayotgan bir davrda, insoniyat uchun hayot manbai bo'lgan chuchuk suv zaxiralari eng muhim strategik boylikka aylanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 08:27
Tramp Xorrmuz bo'g'ozi tez orada qayta ochilishi mumkinligini aytdi
Tramp Xorrmuz bo'g'ozi tez orada qayta ochilishi mumkinligini aytdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida strategik jihatdan juda muhim sanalgan Xorrmuz bo'g'ozi qayta ochilishi mumkinligini e'tirof etdi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 07:50