Bugun
Ramazon hayiti 20 mart juma kuniga to'g'ri keladi
+13°
пасмурно ветер 2.5 м/с, С

2024 yilda eng ko‘p daromad olgan sportchilar ma’lum qilindi

Dunyo
135
2024 yilda eng ko‘p daromad olgan sportchilar ma’lum qilindi
Dunyoning eng yuqori daromad ko‘rsatgan 100 nafar sportchisi 2024 yil davomida maosh, mukofot va reklama shartnomalari orqali rekord darajadagi 6,2 milliard dollar ishlab topdi. Bu sport tarixi uchun ham misli ko‘rilmagan natija.

Bir yillik daromadda Krishtianu va Karri yetakchi
2024 yilda eng ko‘p maosh olgan sportchi — Krishtianu Ronaldu. Uning jami daromadi 260 million dollarni tashkil etdi. Uning ortidan esa NBA yulduzi Stefen Karri kelmoqda — 154 million dollar bilan.

Biroq, eng katta voqea hozir ringda yoki maydonda emas, balki ta’rixda qayd etildi.

Maykl Jordan — maydondan tashqaridagi mutlaq chempion
Basketbol afsonasi Maykl Jordan, faoliyatini tugatganiga 20 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, 2024 yilda 300 million dollar daromad orttirdi. Uning asosiy manbai — sport kiyimlari va poyabzal brendi orqali olinadigan to‘lovlar.

? Uning umumiy daromadi 1984 yildan buyon 3 milliard dollar, inflyatsiyani hisobga olganda — 4,15 milliard dollarga yetadi.
? Bu unga Sportico portali tomonidan tuzilgan “Barcha davrlarning eng boy sportchilari” ro‘yxatida 1-o‘rinni olish imkonini berdi.

Qolgan yetakchilar kimlar?

Eng badavlat 50lik: qaysi sport turlari vakillari ustun?
- 13 basketbolchi,
- 8 golfchi,
- 7 bokschi va poygachi,
- 5 tennischi,
- 4 futbolchi,
- 2 beysbolchi.

Ulardan 18 nafari hali ham professional sportda, qolganlari esa nafaqaga chiqqan bo‘lsa-da, brend va faol tijorat faoliyati orqali katta daromad topmoqda.

Ayollar orasida faqat bir nom — Serena Uilyams
Top-50likdagi yagona ayol sportchi — tennis afsonasi Serena Uilyams. U:
- $485 million (real qiymat),
- $660 million (inflyatsiyadan so‘ng) jamg‘argan.

Bu natija uni tennis dunyosidagi eng taniqli va daromadli ayolga aylantiradi.

Siz nima deb o‘ylaysiz — 2025 yilda qaysi sportchi ro‘yxatda yuqoriga ko‘tarilishi mumkin? Messi va Ronaldudan keyin futbolda kimlar pul mashinasiga aylanadi?

O‘xshash yangiliklar

Tailandda yuz bergan halokat natijasida bir o'zbekistonlik vafot etdi
Tailandda yuz bergan halokat natijasida bir o'zbekistonlik vafot etdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida avtobus ishtirokidagi jiddiy yo'l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu voqeadan jabr ko'rganlar orasida O'zbekistonning
Dunyo Bugun, 15:41
Qirg'iziston sobiq xavfsizlik rahbari vataniga qaytib tergovga tortildi
Qirg'iziston sobiq xavfsizlik rahbari vataniga qaytib tergovga tortildi
Qirg'izistonning sobiq xavfsizlik rahbari Kamchibek Tashiyev vataniga qaytib kelgan va hozirda tergov organlari tomonidan so'roq qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mahalliy
Dunyo Bugun, 15:20
Ukraina Lvov viloyatida Rossiya dronlari hujumi sodir bo'ldi
Ukraina Lvov viloyatida Rossiya dronlari hujumi sodir bo'ldi
Ottizin mart kuni kechqurun Rossiya harbiy kuchlarining dronlari Ukrainaning g'arbidagi Lvov viloyatiga hujum uyushtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Viloyat harbiy ma'muriyatining
Dunyo Bugun, 14:47
AQSh Eron bilan urushga tayyorgarlik ko'ryapti
AQSh Eron bilan urushga tayyorgarlik ko'ryapti
Reuters agentligining so'nggi xabarlariga ko'ra, Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp boshqaruvi Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy faoliyatni kuchaytirishga
Dunyo Bugun, 11:09
Tramp Isroilning Eron gaz koniga zarbasidan xabardor emasligini aytdi
Tramp Isroilning Eron gaz koniga zarbasidan xabardor emasligini aytdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Isroil tomonidan Eron hududida joylashgan Janubiy Pars gaz koniga amalga oshirilgan zarba haqida oldindan xabardor
Dunyo Bugun, 10:59
Eron Isroilga keng ko‘lamli raketali hujum uyushtirdi
Eron Isroilga keng ko‘lamli raketali hujum uyushtirdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eron Isroilga nisbatan keng ko‘lamli raketali hujum o‘tkazganini rasman e’lon qildi. Bu harakat Ali Larijoniyning o‘limiga
Dunyo Bugun, 00:11