Bugun
Isroil Livan janubida katta quruqlik harbiy amaliyotini boshladi
+15°
небольшая облачность ветер 2.1 м/с, СЗ

Tramp AQSH mudofaa budjetiga rekord miqdorda mablag‘ ajratishni taklif qilmoqda

Dunyo
129
Tramp AQSH mudofaa budjetiga rekord miqdorda mablag‘ ajratishni taklif qilmoqda
AQSH hukumati mudofaa va milliy xavfsizlik xarajatlarini rekord darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Prezident Donald Tramp Kongressga taqdim etayotgan 2026 moliyaviy yili budjeti loyihasiga ko‘ra, mamlakat mudofaasi uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori 1,01 trillion dollarni tashkil etadi. Bu joriy yilga qaraganda 13 foizga ko‘proqdir, deya xabar tarqatdi Bloomberg agentligi 2 may kuni Oq uyda tayyorlanayotgan budjet loyihasi bilan tanish bo‘lgan manbaga asoslanib.

Manbaning ta’kidlashicha, AQSH mudofaa xarajatlari o‘sishini 1980 yillarda prezident Ronald Reyganning «Yulduzlar urushi» dasturi va Yevropaga yadroviy raketalar joylashtirishi bilan solishtirish mumkin. Yangi budjet loyihasiga ko‘ra, Pentagonning o‘z budjet mablag‘i 961 milliard dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich joriy yilga nisbatan 112,7 milliard dollarga ko‘p, sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyatining 2026 yil uchun rejalashtirgan budjetidan esa 84,2 milliard dollarga ko‘pdir.

AQSH mudofaa budjeti tarixda ilk bor 1 trillion dollarlik chegarani oshib o‘tishi kutilmoqda. Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich AQSH Kongressini hayratda qoldirishi mumkin. Trampning budjet rejasiga «Oltin gumbaz» nomli raketaga qarshi yangi mudofaa tizimini yaratish, yangi harbiy kemalar qurish, mamlakat yadroviy triadasini modernizatsiya qilish va harbiy xizmatchilarning maoshini 3,8 foizga oshirish kiritilgan.

Shu bilan birga, Tramp mahalliy fuqarolik loyihalari uchun ajratiladigan mablag‘larni joriy yildagi budjetga nisbatan 22,6 foizga yoki 163 milliard dollarga qisqartirishni taklif qilmoqda. Bu qisqartirishlar qayta tiklanuvchi energiya manbalari, atrof-muhit muhofazasi, irqiy tengsizlikni bartaraf etish dasturlari, shuningdek, Milliy fan jamg‘armasi, Ta’lim departamenti hamda Uy-joy va shaharsozlik departamenti doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni to‘liq qisqartirish yoki umuman to‘xtatishni o‘z ichiga oladi.

Tramp ma’muriyatining mudofaa budjetiga ajratayotgan ushbu rekord mablag‘i mamlakat xavfsizligini yanada kuchaytirish bilan bir qatorda, ichki dasturlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tramp NATO ittifoqchilaridan Eron muammosida qo'llab-quvvatlashni talab qildi
Tramp NATO ittifoqchilaridan Eron muammosida qo'llab-quvvatlashni talab qildi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp o'tgan yakshanba kuni mashhur The Financial Times gazetasiga bergan intervyusi orqali dunyo hamjamiyatini qiziqtirgan bir qator muhim
Dunyo Bugun, 10:46
Dubay aeroportida dron hujumi va yong'in bo'ldi
Dubay aeroportida dron hujumi va yong'in bo'ldi
Dubay xalqaro aeroporti yaqinida o'tgan dushanba kuni, 16 mart sanasida kuchli dron hujumi va undan keyin yuz bergan yong'in hodisasi kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Birlashgan
Dunyo Bugun, 10:25
Chivinlar insoniyat uchun eng katta xavf manbai bo'lib qoldi
Chivinlar insoniyat uchun eng katta xavf manbai bo'lib qoldi
Tabiat nafaqat gozal manzara va tinchlik manbai, balki inson salomatligi hamda hayoti uchun kutilmagan xavflar manbai hamdir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yangi e'lon qilingan
Dunyo Bugun, 08:15
Eron tarixda birinchi marta Isroilga Sejjil raketasini otib yubordi
Eron tarixda birinchi marta Isroilga Sejjil raketasini otib yubordi
Eron davlati tarixida birinchi marta Isroilga qarshi Sejjil nomli ballistik raketa ishlatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu voqea mintaqaviy xavfsizlik sohasida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyo Kecha, 23:35
Qozog'istonda yangi Konstitutsiya uchun referendum o'tkazildi
Qozog'istonda yangi Konstitutsiya uchun referendum o'tkazildi
Qozog'iston Respublikasida joriy yilning o'n beshinchi mart kuni yangi Konstitutsiya loyihasini tasdiqlash bo'yicha umumxalq referendumi o'tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Kecha, 23:06
Trampning Yaqin Sharqqa e'tibori Ukrainadagi tinchlikni xavf ostiga qoldirdi
Trampning Yaqin Sharqqa e'tibori Ukrainadagi tinchlikni xavf ostiga qoldirdi
Dunyo siyosatida kutilmagan va keskin o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Amerika Qo'shma Shtatlari boshqaruvi diqqatini Yaqin Sharqqa qaratganidan so'ng,
Dunyo Kecha, 22:49