Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

“Tinchlik kengashi”ga 19 davlat qo‘shildi: maqsadlar turlicha

Dunyo
9
“Tinchlik kengashi”ga 19 davlat qo‘shildi: maqsadlar turlicha
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tinchlik kengashi”ga hozirga qadar 19 davlat rasman qo‘shildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

E’tiborlisi, bu davlatlarning 12 tasida asosiy aholini musulmonlar tashkil etadi. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikricha, bu tasodif emas.

Mazkur mamlakatlar kengashni Yaqin Sharqda uzoq yillardan beri davom etayotgan ziddiyatlarga yechim topish vositasi sifatida ko‘rmoqda. Mutaxassisning ta’kidlashicha, musulmon davlatlari kengash orqali Isroilning Falastin va boshqa hududlardagi siyosatini cheklash, o‘z pozitsiyalarini AQSh rahbariyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish va kengash doirasida ta’sir kuchiga ega bo‘lishni maqsad qilgan.

Ya’ni, bu nafaqat yangi tashkilotga qo‘shilish, balki uni siyosiy vosita sifatida ishlatish harakati hisoblanadi. Ayni paytda Shveysariyaning Davos shahrida Jahon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yilgi forumning asosiy e’tibori Donald Trampning ishtiroki va uning global masalalarga oid chiqishiga qaratildi. Tramp o‘z nutqida Grenlandiya, Rossiya–Ukraina urushi va Yaqin Sharqdagi vaziyatga to‘xtalishi kutilgan edi.

Biroq forumning eng kutilmagan voqeasi Tramp tomonidan “Tinchlik kengashi” Nizomini imzolash marosimi bo‘ldi. Mazkur marosim oldindan ommaga e’lon qilinmagan, taklif etilgan davlatlar ham bir necha kun oldin xabardor qilingan.

Dastlab “Tinchlik kengashi” faqat G‘azo hududida tinchlikni ta’minlash va tiklashga qaratilgan vaqtinchalik loyiha sifatida taqdim etilgan edi. Ammo keyingi oylarda vaziyat o‘zgardi.

Tramp tomonidan ishlab chiqilgan yangi Nizom kengashni faqat Yaqin Sharq bilan cheklamasdan, global miqyosda faoliyat yuritadigan tuzilma sifatida shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ayrim tahlilchilar bu tashabbusni BMTga muqobil tashkilot yaratishga urinish sifatida baholamoqda.

“Tinchlik kengashi”ning maqsadi dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mojaroli mintaqalarda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish va qonuniy boshqaruvni tiklashdan iborat. Kengashning doimiy raisi sifatida Tramp belgilangan bo‘lib, u prezidentlik vakolati tugaganidan so‘ng ham ushbu lavozimda qolishni rejalashtirgan.

Hozirda kengashning ijroiya organida to‘rt nafar yuqori lavozimli shaxs bor: AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakil Stiv Uitkoff, Jared Kushner va Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bleyr. Kengash rasman tuzilgan hisoblanishi uchun kamida uch davlatning tasdig‘i kifoya qilsa-da, Tramp 49 davlatga taklif yuborgan.

Davosdagi marosimda esa 19 davlat rahbarlari yoki vakillari ishtirok etdi. Ushbu davlatlar tarkibi alohida e’tiborga molik.

Postsovet hududidan Ozarboyjon, Armaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston qatnashgan bo‘lsa, Yevropadan Vengriya, Bolgariya va Kosovo, Lotin Amerikasidan Argentina va Paragvay ishtirok etdi. Eng katta guruhni esa musulmon davlatlari tashkil etdi: Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiya, BAA, Bahrayn, Iordaniya, Pokiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar.

Shuningdek, “Tinchlik kengashi”ning Isroil vakillarisiz imzolanganini kuzatish mumkin. Bu holat Isroilning ayrim OAVlarida tanqid qilinmoqda, ayniqsa, Turkiya va Qatarning taklif etilishi e’tiroz uyg‘otgan.

Kengashning kelajakdagi samaradorligi va uzoq muddat faoliyat yuritishi haqida aniq fikr bildirish qiyin. Ayrim ekspertlar uni Trampning shaxsiy siyosiy manfaatlariga asoslangan loyiha deb hisoblamoqda.

Biroq kengashga qo‘shilgan davlatlarning maqsadlari turlicha. Musulmon davlatlari bu platformani Isroilga ta’sir ko‘rsatish va Falastin masalasini kuchaytirish vositasi sifatida ko‘rsa, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon kabi davlatlar o‘zlarining muvozanatli tashqi siyosatini saqlashni ustuvor deb bilmoqda.

Bugungi global noaniqlik sharoitida davlatlar yangi diplomatik imkoniyatlarni izlamoqda. O‘zbekiston ham Trampning “Tinchlik kengashi”ni xalqaro maydonda

O‘xshash yangiliklar

Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Jahon moliya bozorida dollar hukmronligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yirik geosiyosiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyoti
DunyoBugun, 03:50
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya hukumati 2027-yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiya va Belarus yo‘nalishidagi barcha muntazam avtobus qatnovlarini, shuningdek, mamlakat hududi orqali o‘tuvchi tranzit yo‘lovchi tashuvlarini
DunyoBugun, 03:31
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada o‘rtasidagi savdo munosabatlari misli ko‘rilmagan darajada keskinlashdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan yangi
DunyoBugun, 02:52
Serbiya prezidenti parlamentni tarqatib muddatidan oldin saylov tayinladi
Serbiya prezidenti parlamentni tarqatib muddatidan oldin saylov tayinladi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat parlamentini tarqatish va muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzolashini ma’lum
DunyoBugun, 02:09
Germaniyadagi saylovlarda o'ng qanot partiyasi tarixiy g'alabaga erishdi
Germaniyadagi saylovlarda o'ng qanot partiyasi tarixiy g'alabaga erishdi
Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal yerida o‘tkazilgan parlament saylovlari Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti hisoblangan ushbu mamlakatda jiddiy siyosiy inqirozni yuzaga keltirdi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:55
Eron Iordaniya hududiga raketa zarbalari berishi mintaqada keskinlikni oshirdi
Eron Iordaniya hududiga raketa zarbalari berishi mintaqada keskinlikni oshirdi
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat o‘ta xavfli darajaga yetdi. Eron tomonidan Iordaniya hududiga qarata 20 ta ballistik raketa uchirilishi mintaqadagi keskinlikni yangi
DunyoBugun, 01:11