Bugun
Electronic Arts 55 milliard dollarga xususiylashtirildi
+3°
ясно ветер 5.1 м/с, В

"Dunyodagi eng kamtar prezident": Xose Muxika 89 yoshida vafot etdi

Dunyo
42
"Dunyodagi eng kamtar prezident": Xose Muxika 89 yoshida vafot etdi
13 may kuni Urugvayda milliy motam ruhiyati hukm surdi – mamlakatning sobiq prezidenti, butun dunyoda «eng kamtar rahbar» sifatida tanilgan Xose Muxika 89 yoshida olamdan o‘tdi. Muxika bu yil 20 may kuni 90 yoshni qarshi olgan bo‘lardi.

Muxikada saraton kasalligi 2024 yilda aniqlangan. O‘sha paytda u o‘z holati haqida ochiqcha ma’lumot berib, davolanishdan hech qanday dramatizmsiz voz kechishini e’lon qilgandi. 2025 yil boshida esa metastazlar sababli terapiyani to‘xtatishga qaror qilgan. Buni u jamoatchilik oldida – har doimgidek, tiniq va shijoatli so‘zlar bilan bayon qilgandi.

Xose Muxika so‘ngi kunlarigacha o‘zining kichik ferma xonadonida, xayvonotlar bag‘rida hayot kechirdi. U hech qachon prezidentlik saroyida yashamadi, davlat maqomi uchun davlat mablag‘ini isrof qilmadi va prezidentlik maoshini ham asosan ehtiyojmandlarga ehson qilib bordi.

Qamoqdan to mamlakat rahbarligigacha
Xose Muxikaning hayoti – voqelikdagi roman. Siyosiy faoliyatini radikal so‘l qarashli «Tupomaros» harakatida boshlagan. U harbiy diktaturaga qarshi faol kurash olib borgan. Faoliyati sabab bir necha marta hibsga olingan va hatto umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo u bu murakkab yo‘ldan o‘tib, 14 yillik qamoqdan keyin yangi hayotni boshlagan.

Ozodlikka chiqqach, u siyosiy hayotga qayta qadam tashladi – avvaliga deputat, so‘ngra senator va qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida faoliyat yuritdi. 2009 yildagi saylovda g‘alaba qozonib, Urugvay prezidentiga aylandi.

"Kambag‘al prezident"ning boy merosi
Muxika rahbarlik qilgan besh yil ichida Urugvay iqtisodiyoti barqaror rivojlandi, kambag‘allik darajasi ancha pasaydi, ijtimoiy adolat va inson huquqlari masalalarida katta islohotlar amalga oshirildi. Uning faoliyati dunyodagi ko‘plab siyosatchilar uchun ibrat namunasi sifatida ko‘rsatildi.

Prezidentlik muddati tugagach, u Senatga qaytdi, lekin ko‘p o‘tmay, rasman nafaqaga chiqdi va o‘z ixtiyori bilan davlatdan har oylik to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlardan voz kechdi.

Muxikaning so‘nggi so‘zlaridan biri: «Men boy emasman, lekin baxtliman. Menda kam narsa bor, lekin shukronam katta» degan ibora bo‘ldi. U bu gapi bilan ham millionlab insonlarga hayot falsafasini o‘rgatib ketdi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Electronic Arts 55 milliard dollarga xususiylashtirildi
Electronic Arts 55 milliard dollarga xususiylashtirildi
Saudiya Arabistonidan kelgan sarmoyadorlar konsorsiumi va AQShning yirik xususiy investitsiya fondlari dunyoga mashhur videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi Electronic Arts (EA) kompaniyasini sotib olish
Dunyo Bugun, 20:13
Donald Tramp Toqayevga ramziy kalit va qalpoq sovg‘a qildi
Donald Tramp Toqayevga ramziy kalit va qalpoq sovg‘a qildi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayevga Oq uyning ramziy kaliti va o‘z imzosi tushirilgan beysbol qalpog‘ini sovg‘a qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 19:38
Amsterdamda sun’iy intellekt yordamida firibgar qo‘lga olindi
Amsterdamda sun’iy intellekt yordamida firibgar qo‘lga olindi
Amsterdam shahrida sun’iy intellekt yordamida firibgarlik sxemasini amalga oshirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Niderlandiya politsiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 34 yoshli
Dunyo Bugun, 19:26
Isroil G‘azodan chiqmaydi: Xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Isroil G‘azodan chiqmaydi: Xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Isroil Mudofaa vaziri Isroil Katzning ma’lum qilishicha, xavfsizlik sabablariga ko‘ra Isroil harbiylari G‘azo sektoridan to‘liq chiqib ketmaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Vazirning so‘zlariga
Dunyo Bugun, 18:32
Xitoy AQShni yadroviy qurollarni kamaytirishga undadi
Xitoy AQShni yadroviy qurollarni kamaytirishga undadi
Xitoy AQShni yadroviy qurollarni kamaytirishga chaqirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu chaqiriq Pentagonning Xitoy harbiy qudrati haqida e’lon qilgan hisobotidan so‘ng yangradi. Hisobotda Xitoy
Dunyo Bugun, 18:10
Greta Tunberg Londonda namoyishda hibsga olindi
Greta Tunberg Londonda namoyishda hibsga olindi
2025-yil 23-dekabr kuni Shvetsiyalik ekologik faol Greta Tunberg Londonda o‘tkazilgan namoyishda Britaniya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum qilinishicha,
Dunyo Bugun, 17:54