Bugun
Markaziy bank dollarni sotib olishda hujjat talabini kengaytirishni taklif qildi
+15°
переменная облачность ветер 2.4 м/с, СВ

Rossiya va Ukrainada G‘arb kompaniyalari hujum ostida — yangi xavflar kuchaymoqda

Dunyo
31
Rossiya va Ukrainada G‘arb kompaniyalari hujum ostida — yangi xavflar kuchaymoqda
Yaqin kunlarda Ukraina va Rossiya hududida sodir bo‘lgan havfli hujumlar xalqaro jamoatchilik e’tiborida turibdi. Rossiya harbiylari 10 iyunga o‘tar kechasi Amerikaning mashhur Boeing ayerokosmik kompaniyasining Kiyevdagi ofisini nishonga oldi. Britaniyaning Financial Times nashrining yozishicha, ushbu voqea bir necha mustaqil manbalar hamda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati (FVDT) tomonidan e’lon qilingan fotosuratlar bilan tasdiqlandi. Rasmlarda binoning jiddiy shikastlangani, yong‘inni o‘chirayotgan qutqaruvchilar va bo‘sh turgan ofis namoyon bo‘lgan.

Boeing kompaniyasining ofisi Kiyev shahrining markazida — Glubochitskaya ko‘chasida joylashgan. Aynan shu manzilda sodir bo‘lgan portlashlar va unga bog‘liq shikastlar FVDT ijtimoiy tarmoqlari hamda fotobanklarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Kiyev shahar meri Vitaliy Klichko ham mazkur hujum haqida o‘z bayonotini berdi va Shevchenkovskiy tumanidagi biznes markaziga zarba berilganini tasdiqladi.

Voqea sharhida Boeing‘ning ikki xodimi, ukrainalik rasmiylar va Ukraina-Amerika savdo palatasi prezidentining so‘zlari keltirildi: ularga ko‘ra, Rossiya zarbasi kompaniya ofisini aniq nishonga olgan va bu tasodif emas, balki aniq maqsad bilan amalga oshirilgan harakat bo‘lgan. Shu bilan birga, Boeing Ukrainadagi bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari Andrey Koryaginning ta’kidlashicha, hujumga qaramay, kompaniya faoliyatida hech qanday to‘xtalish ro‘y bermadi va ishlab chiqarish ham, xizmatlar ham uzluksiz davom ettirilmoqda.

Boeing rasmiylari hujum yuzasidan rasmiy izoh berishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, kompaniya o‘z xodimlarining xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratganini va jabrlanganlar yo‘q ekanini ma’lum qilgan. “Murakkab va xavfli sharoitlarda ham xodimlarimizning chidamliligi va fidoyiligi yuksak baholanadi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bu voqeaga munosabat bildirar ekan: “Rossiyaning Amerika kompaniyalariga qarshi hujumlari Putin ma’muriyatining AQSH va G‘arb davlatlarining tinchlikparvar sa’y-harakatlarini ochiq-oydin e’tiborsiz qoldirayotganini ko‘rsatadi. Amerika biznesi va hamkorlarini nishonga olish AQSHning Ukraina va Yevropa xavfsizligini ta’minlashda ishtirokini yanada muhimlashtiradi”, — deya ta’kidladi.

Boeing – Ukrainadagi eng mashhur va yirik Amerika kompaniyalaridan biri bo‘lib, mamlakatda mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Kompaniya asosan injiniring, texnik xizmat ko‘rsatish, xavo qurollari va mudofaa sohasida faoliyat olib boradi. Yaqinda, 2024 yilda, Boeing va Ukraina milliy “Antonov” aviasozlik kompaniyasi mudofaa loyihalari bo‘yicha strategik hamkorlik memorandumini imzolagan. 2025 yil boshida esa Boeing rahbarlari “Antonov” va Ukraina mudofaa vazirligi bilan yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qilgan edi.

Shu bilan birga, Ukraina armiyasi ham o‘z hududidan tashqaridagi harbiy obyektlarga zarba berishdan to‘xtayotgani yo‘q. Xususan, ukrain dronlari Rossiyaning Tatariston viloyati, Yelabugasiga hujum uyushtirdi — bu yerda “Shaheed” zarbdor dronlari ishlab chiqariladigan korxona joylashgan. Hujum oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, 13 kishi esa turli jarohatlar oldi. Tatariston rahbari Rustam Minnixanovning ma’lumotlariga ko‘ra, parchalangan dron avtomobil zavodi hududida yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan va jabrlanganlar orasida og‘ir ahvoldagi bemorlar bor.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi hududida, shuningdek, “Shaheed” dronlari hamda Aurus va “Sollers” avtozavodi obyektlarida ham yong‘inlar bo‘lgani ko‘rinadi. Rossiya aviatsiya xizmati (Rosaviatsiya) hujumlardan so‘ng Qozon, Ijevsk va Nijnekamsk aeroportlarida bir necha soat qat’iy cheklovlar kiritdi. Ayni vaqtda 11 ta samolyot Qozonga, uchta Ijevskka, bitta layner esa Nijnekamsk aeroportiga qo‘na olmay, zaxira aerodromlarga yo‘naltirildi.

Ushbu hodisalar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaro yangi bosqichga o‘tayotganini, G‘arb kompaniyalari, xususan Amerika biznesi va strategiyalarining xavf ostida ekanini ko‘rsatmoqda. Mudofaa, aviatsiya va texnik hamkorlik sohalarida ishlaydigan kompaniyalar uchun yangi xavflar va tahdidlar kundan-kunga ortmoqda. Bu esa, butun Yevropa va dunyo xavfsizligi uchun jiddiy xatar va yanada chuqurroq geosiyosiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Vashington Eron uchun urushni to'xtatish bo'yicha o'n besh bandli reja taklif qildi
Vashington Eron uchun urushni to'xtatish bo'yicha o'n besh bandli reja taklif qildi
Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan Eronga taqdim etilgan urushni to'xtatishga qaratilan o'n besh banddan iborat keng qamrovli reja xalqaro siyosat maydonida katta muhokamalarga sabab
Dunyo Bugun, 01:32
Tramp dunyoning yirik texnologiya gigantlarini maslahat kengashiga tayinladi
Tramp dunyoning yirik texnologiya gigantlarini maslahat kengashiga tayinladi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp ilmiy va texnologik maslahat kengashiga dunyodagi eng yirik korporatsiyalar rahbarlarini tayinladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yangi
Dunyo Bugun, 01:10
Braziliyada 118 yoshli eng ulug' inson topildi
Braziliyada 118 yoshli eng ulug' inson topildi
Braziliyaning bir qariyalar uyida tasodifan dunyodagi eng ulug' inson topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu 118 yoshli Luis Karlos dos Santosdir. U o'z yasalganidan jasoratli va
Dunyo Kecha, 23:25
Turkiya Yaqin Sharqda keng ko'lamli urushni oldini olishga harakat qilmoqda
Turkiya Yaqin Sharqda keng ko'lamli urushni oldini olishga harakat qilmoqda
Bloomberg axborot agentligining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashib borishi sharoitida faol diplomatik sa'y-harakatlarni boshlagan. Bu
Dunyo Kecha, 22:53
Eron Hormuz bo'g'ozi orqali kemalar o'tishiga ruxsat berdi
Eron Hormuz bo'g'ozi orqali kemalar o'tishiga ruxsat berdi
Xalqaro axborot vositalari taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, Eron rahbariyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi va Xalqaro dengiz tashkilotiga rasmiy yozma xabar
Dunyo Kecha, 22:17
AQSH Eron va Yaqin Sharq uchun tinchlik rejasini taqdim etdi
AQSH Eron va Yaqin Sharq uchun tinchlik rejasini taqdim etdi
Amerika Qo'shma Shtatlari Yaqin Sharqdagi uzoq davom etgan mojarolarni va qonli urushni yakunlash maqsadida Eronga keng ko'lamli tinchlik rejasini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Kecha, 21:49