Bugun
Trump Eron bilan mojaro bo‘yicha harbiy va diplomatik yo‘llarni muhokama qildi
+21°
пасмурно ветер 1.5 м/с, ЮЗ

Shimoliy Koreya AQShga yadroviy javob bilan tahdid qildi

Dunyo
121
Shimoliy Koreya AQShga yadroviy javob bilan tahdid qildi
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreya oʻrtasidagi harbiy hamkorlikka qarshi turish uchun “strategik vositalar”dan foydalanish bilan tahdid qilib, yadroviy kuchlarni koʻpaytirish boʻyicha sa'y-harakatlarini ikki baravar oshirdi. Bu haqda Newsweek'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, Pxenyan cheklangan miqdordagi qit'alararo ballistik raketalarga ega boʻlib, ular butun Shimoliy Amerika boʻylab nishonlarga zarba berishga qodir deb hisoblanadi. AQSh harbiy-havo kuchlarining yuqori martabali vakili ushbu turdagi har qanday hujum noxush oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirgan.

Shimoliy Koreya Mudofaa vazirligi axborot boshqarmasi bayonotiga koʻra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati allaqachon “KXDR xavfsizligiga tahdid soluvchi AQSh provokatsiyalarini faollashtirgan”.

Xabarda ta'kidlanishicha, yadroviy tiyib turishga asoslangan KXDR qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatini oshirish “AQSh va boshqa dushmanlarning strategik tahdidiga strategik vositalar bilan qarshi turish” uchun adolatli hamda muqarrar variantdir.

Fevral oyi boshida Yaponiyaning NHK teleradiokompaniyasi Shimoliy Koreya joriy yilda Rossiya bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dronlarni yaratishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Foto: Reuters
Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, mamlakatlar kelishuvga erishgan, unga koʻra, KXDR ommaviy ishlab chiqarish uchun bir necha turdagi dronlarni yaratish maqsadida Rossiyadan texnik yordam oladi.

Shuningdek, manbalarning ta'kidlashicha, kelishuv Shimoliy Koreya askarlarini Ukrainaga qarshi hujumlarida Rossiyaga yordam berish maqsadida yuborish evaziga tuzilgan. Shu bilan birga, suhbatdoshlar Rossiya KXDRga yadro qurolini ishlab chiqishda yordam berishni istamasligini qayd etgan.

Rossiya va KXDR hamkorligi

Rossiya va Shimoliy Koreya urush boshlanganidan keyin harbiy sohadagi hamkorlikni kuchaytira boshladi. 2024 yil iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurib, Kim Chen In bilan hujum sodir boʻlgan taqdirda bir-birini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi, shuningdek, Gʻarb sanktsiyalariga qarshi hamkorlikni oʻz ichiga olgan keng qamrovli strategik shartnoma imzolagandi.

Ukraina armiyasi Kursk viloyatida shimoliy koreyalik ikki askarni asirga olgan. Prezident Vladimir Zelenskiy 12 yanvar kuni ular soʻroqqa tutilgani aks etgan videoni e'lon qildi. Soʻroq paytida KXDR askarlari qayerdaligini bilmasligi, ularga bu faqat oʻquv mashgʻuloti deb aytilganini ta'kidlagan.

O‘xshash yangiliklar

Trump Eron bilan mojaro bo‘yicha harbiy va diplomatik yo‘llarni muhokama qildi
Trump Eron bilan mojaro bo‘yicha harbiy va diplomatik yo‘llarni muhokama qildi
Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Eron bilan bog‘liq mojaro bo‘yicha turlicha fikrlarni bildirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U yaqinda tinchlikka erishish mumkinligini
Dunyo Bugun, 18:31
FQB rahbari elektron pochtasi xakerlar tomonidan buzildi
FQB rahbari elektron pochtasi xakerlar tomonidan buzildi
AQSH Federal qidiruv byurosi rahbari Kesh Patelga tegishli elektron pochta hisobining buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu xakerlik hujumi Eron bilan bog‘liq
Dunyo Bugun, 17:28
Yaman Eron bilan ittifoqda sionistlarga raketa zarbasi berdi
Yaman Eron bilan ittifoqda sionistlarga raketa zarbasi berdi
Yaman rasmiylari Eron tomonida urushga qo‘shilganliklarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bayonotda mamlakat kuchlari “sionist dushman” deb atalgan tomonlarga bir nechta ballistik
Dunyo Bugun, 16:32
Shimoliy Koreya AQSH hududiga yetib boradigan yangi dvigatel sinovini muvaffaqiyatli o'tkazdi
Shimoliy Koreya AQSH hududiga yetib boradigan yangi dvigatel sinovini muvaffaqiyatli o'tkazdi
Shimoliy Koreya davlat axborot vositalari o'tgan kuni, ya'ni mart oyining yigirma to'qqizinchi sanasida takomillashtirilgan reaktiv raketa dvigatelining muvaffaqiyatli sinovdan
Dunyo Bugun, 16:10
Eron Hurmuz bo'g'ozi orqali o'tish uchun majburiy to'lov joriy etmoqda
Eron Hurmuz bo'g'ozi orqali o'tish uchun majburiy to'lov joriy etmoqda
Eron hukumati Hurmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan tijorat kemalari uchun majburiy to‘lov tizimini rasman joriy etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hozirda bu to‘lovlar orqali xavfsizlik va
Dunyo Bugun, 15:59
Eron Dubaydagi Ukraina dron omborini yo'q qildi
Eron Dubaydagi Ukraina dron omborini yo'q qildi
Eron rasmiylari Dubay shahrida joylashgan va Ukrainaga tegishli dronlar uchun maxsus mo'ljallangan omborni yo'q qilganini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Islom inqilobi
Dunyo Bugun, 15:23