Bugun
Hafta davomida yomg‘irli ob-havo kutilmoqda
+11°
пасмурно ветер 1.7 м/с, З

Shov-shuvli bayonot: Leonardo da Vinchi sharq olimlarining ilmiy merosidan ilhomlangan

Dunyo
115
Shov-shuvli bayonot: Leonardo da Vinchi sharq olimlarining ilmiy merosidan ilhomlangan
Mario Teddi – italiyalik olim.
Mario Teddi: «Leonardo da Vinchi o‘zining ko‘plab ixtirolarida sharq olimlarining ilmiy merosiga tayangan – bu shubhasiz haqiqat!».

Italiyalik mashhur olim Leonardo da Vinchi merosi bo‘yicha taniqli mutaxassis, dizayner, raqamli san’at ustasi Mario Teddi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Mehmon Islom sivilizatsiyasi markazining ulug‘vorligidan hayratda qoldi:

«Italiyadagi uchrashuvimiz chog‘ida Islom sivilizatsiyasi markazi direktori meni O‘zbekistonga taklif qildi. Men Markaz haqida tasavvurga ega edim, lekin uni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, ulug‘vorligi va go‘zalligidan hayratga tushdim. Ayniqsa, me’moriy uslub, interer dizayni, noyob ravoqlar va badiiy bezaklar uni islom sivilizatsiyasi tarixidagi eng buyuk madaniy loyihalardan biriga aylantiradi. Ishonchim komilki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi ushbu loyiha jahon miqyosidagi o‘xshashi yo‘q megaloyihaga aylanadi», — dedi italiyalik olim.

Ma’lumot uchun, Mario Teddi multimedia va muzey ta’limi bo‘yicha yetakchi mutaxassis bo‘lib, Milandagi Leonardo da Vinchi fan va texnologiya muzeylari loyihalari bilan tanilgan. Bundan tashqari, dasturlash, 3D grafikalar, videoo‘yinlar, virtual reallik va mul’timedia ilovalari yaratish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirgan. U Leonardo da Vinchi merosi, qadimiy texnologiyalar va ularning zamonaviylikka ta’siri bo‘yicha taniqli tadqiqotchi hisoblanadi.

Mario Teddi uchrashuvda Leonardo da Vinchi va Mikelanjelo kabi G‘arb Renessansi olimlari Markaziy Osiyo allomalarining ilmiy merosidan foydalangani, O‘zbekistonda yetuk o‘zbek olimlari kashfiyotlaridan ilhomlangan Leonardo da Vinchiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etish rejalashtirilgani haqida eslatib o‘tdi.

Leonardo da Vinchi Monaliza asarini yaratish jarayonida
«Bunga ishonmasligingiz mumkin, ammo Leonardoning eng buyuk ixtirolaridan ba’zilari Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi buyuk o‘zbek olimlarining asarlariga asoslangan. Maqsadimiz – islom ilm-fanining Yevropa rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatganini dunyoga namoyish etish va bu kashfiyotlarni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etish. Misol uchun, Beruniyning kitoblarida keyinchalik Leonardo da Vinchi tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab g‘oyalarni topish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, da Vinchi qadimgi matematika va geometriyani o‘rgangan va bu bejiz emas! Zero, zamonaviy matematika asoslari aynan sizlarning zaminingizda dunyoga kelgan. Bu xalqingizning tarixiy faxri va biz bu kashfiyotlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida jonlantirish niyatidamiz», — deya ta’kidladi Teddi.

Italiyalik olim Markaz ekspozitsiyalarida o‘zbek olimlarining ilmiy merosidan ilhomlangan Mikelanjelo asarlari namoyish etilishidan mamnunligini bildirdi va ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Beruniy, Xorazmiy va boshqa buyuk allomalarning asarlari Uyg‘onish davriga qanday ta’sir ko‘rsatganini namoyish etish maqsadida «O‘zbekiston buyuk allomalari va Mikelanjelo» ekspozitsiyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, Mario Teddi bilan uchrashuvda Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini multimedia texnologiyalari yordamida boyitish, shuningdek, tashrif buyuruvchilarga islom ilm-fani va san’ati muhitiga chuqurroq kirib borish imkonini beradigan raqamli muzey ekspozitsiyalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuvda Turkiyaning muzey ishi va media sohasida katta tajribaga ega «Outdoor Factory» kompaniyasi rahbari Sinan Turaman, Germaniyaning media sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassisi Tomas Myullerlar ham ishtirok etishdi. Loyihaga yaqindan yordam berishga, hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirib o‘tishdi.

Shuningdek, Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash direksiyasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov ham o‘z fikrlarini bildirib, jonajon o‘lkamiz tarixi, madaniyati va ilm-fani ravnaqi yo‘lidagi ko‘magi uchun mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi. Ularga mazkur loyihada muvaffaqiyat tilab, qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidlab o‘tdi.

«Dunyodagi madaniyat markazlarida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish allaqachon ijobiy natijalar bermoqda. Joriy yilning 29 yanvar kuni markaz faoliyati bilan tanishish chog‘ida hurmatli Prezidentimiz ushbu tarixiy makonda innovatsion texnologiyalar yordamida ilm-fanning jahon tarixiga qo‘shgan hissasini o‘rganish va namoyish etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar bergandilar. Shuning uchun biz xalqaro tajribani o‘rganmoqdamiz. Yaqinda Italiya davlatiga bo‘lgan safarimiz chog‘ida qator ekspertlar va olimlarni mamlakatimizga taklif etgan edik. Ularning tajribasidan unumli foydalanib, Markaz ekspozitsiyalarini global darajada interaktiv ta’lim, madaniy-ma’rifiy platformaga aylantirishni maqsad qilganmiz», — dedi markaz direktori Firdavs Abduxoliqov uchrashuv davomida.

Eslatib o‘tamiz, 12-16 fevral kunlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi ilmiy-ijodiy tashrif bilan Italiyada bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu safar doirasida Italiyada bir qator kutubxona, muzey vakillari, ekspertlar va kolleksionerlar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

O‘xshash yangiliklar

Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eronning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Reuters axborotiga ko'ra, u boshqaruv kengashi a'zosi sifatida ish boshladi. 67 yoshli Arafiyga
Dunyo Bugun, 16:39
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrning Asvon shahrida joylashgan Qubbat al-Hava nekropoli hududida arxeologlar muhim kashfiyotlarga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular qadimgi podsholik davriga tegishli bo‘lgan, qoya
Dunyo Bugun, 14:20
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu voqea mintaqadagi keskinlikning navbatdagi
Dunyo Bugun, 13:31
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eronda siyosiy tarixning muhim va murakkab davri boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026-yil 1-mart kuni Eron davlat axborot vositalari oliy rahbar Oyatulloh Ali Xominaiyning vafotidan so‘ng
Dunyo Bugun, 12:30
Tramp va Netanyaxu Eron masalasini muhokama qildi
Tramp va Netanyaxu Eron masalasini muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu telefon orqali muloqot o‘tkazgani rasman tasdiqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn
Dunyo Bugun, 10:41
Eron Xomanaiy vafotiga javoban qasos va'da qildi
Eron Xomanaiy vafotiga javoban qasos va'da qildi
Eron prezidenti ma'muriyati Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, Xomanaiyning o‘limi javobsiz qolmaydi. Shuningdek, Islom
Dunyo Bugun, 10:19