Bugun
Kannavaro milliy jamoa futbolchilarini mart yig'ini uchun chaqirdi
+20°
облачно с прояснениями ветер 1.3 м/с, З

Motsart qanday ko‘rinishda bo‘lgan? Yangi tadqiqot natijasi

Dunyo
111
Motsart qanday ko‘rinishda bo‘lgan? Yangi tadqiqot natijasi
Fоtо: Daily Mail.
Volfgang Amadey Motsart (1756–1791)ning yuz tuzilishi qanday bo‘lgan? Uzoq yillik bu jumboqqa javob izlagan olimlar buyuk bastakorning tashqi ko‘rinishini tiklashdi, deb Daily Mail xabar berdi.

Motsartning aksariyat saqlanib qolgan portretlari uning vafotidan so‘ng yillar o‘tib chizilgan bo‘lib, hayoti davomida yaratilgan suratlari esa bir-biridan keskin farq qiladi.

Yuz tuzilishini tiklash bo‘yicha sud-tibbiyot eksperti Tsitseron Moraesning aytishicha, boshqa bir loyiha ustida ishlayotganida, Motsartniki ekani aytilgan bosh chanoq tasodifan uning qo‘liga tushib qolgan. Tarixiy shaxslarning yuz tuzilishi ustida 10 yildan ortiq tadqiqot olib borgan Moraes va uning jamoasi fursatdan foydalanib ishga kirishdi.

"Bosh chanoq, pastki jag‘ va ayrim tishlarning yo‘qligini aytmaganda, yaxshi saqlangan edi. Yetishmagan qismlar statistik ma’lumotlar va anatomik moslik asosida tiklandi", — dedi Moraes.

Tadqiqotchilar avval bosh chanoqni virtual tiklashdan boshlashdi, so‘ng yuzni to‘liq tiklash uchun turli texnikalar qo‘llandi. Yumshoq to‘qimalar qalinligi markerlari va yuzlab yevropalik kattalarning o‘lchamlari asosida burun, lab, quloq va boshqa qismlar aniqlandi.

"Shuningdek, anatomiya deformatsiyasi texnikasi yordamida virtual donor boshini Motsart bosh chanoqiga mosladik. Bu esa mos keluvchi yuz qiyofasini yaratishga imkon berdi", — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

O‘xshash yangiliklar

AQSHning eng zamonaviy samolyotlari Eron osmonida jiddiy talofotga uchramoqda
AQSHning eng zamonaviy samolyotlari Eron osmonida jiddiy talofotga uchramoqda
Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan kuchli harbiy to'qnashuvlar kutilmagan yo'lga tushmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Dunyoning eng qimmat va ko'rinmas deb ataladigan
Dunyo Bugun, 16:00
Tramp Eron bo'yicha harbiy amaliyot hal qiluvchi bosqichga keldi
Tramp Eron bo'yicha harbiy amaliyot hal qiluvchi bosqichga keldi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy amaliyotida asosiy maqsadlarga erishish bo'yicha hal qiluvchi bosqichga kelganini
Dunyo Bugun, 15:30
Melaniya Tramp va Lukashenko ukrainalik bolalar taqdiri haqida muzokara qildi
Melaniya Tramp va Lukashenko ukrainalik bolalar taqdiri haqida muzokara qildi
Dunyo siyosati maydonida kutilmagan, ammo insonparvarlik ruhi bilan to'la yangi tafsilotlar paydo bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Amerika Qo'shma Shtatlari birinchi xonimi
Dunyo Bugun, 14:32
Mirshaymer Eronning kuchli bo'lishini va xavflarni ogohlantirdi
Mirshaymer Eronning kuchli bo'lishini va xavflarni ogohlantirdi
Yaqin Sharqdagi urush olovlari tobora kuchayib, butun dunyo uchun xavf tug'dirishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayni paytda siyosatshunoslar va taniqli olimlar eng
Dunyo Bugun, 13:38
NATO Yaqin Sharqdagi keskinliklar ortida Iroqdan xodimlarni evakuatsiya qildi
NATO Yaqin Sharqdagi keskinliklar ortida Iroqdan xodimlarni evakuatsiya qildi
NATO Yaqin Sharqdagi keskinliklarning kuchayishi sababli Iroqdagi missiyasidan xodimlarini xavfsiz tarzda Yevropaga ko'chirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda 20 mart kuni NATOning
Dunyo Bugun, 12:39
Rossiya AQShdan Ukrainaga razvedka yordamini to'xtatishni so'radi
Rossiya AQShdan Ukrainaga razvedka yordamini to'xtatishni so'radi
Rossiya hukumati AQShga tashqi siyosat sohasida g'alati va kutilmagan taklifni yo'llagan bo'lib, bu taklif Eron bilan Ukrainadagi vaziyatni bir-biriga bog'laydi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 11:25